Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«Ayni zamonda, mavjud konstitut-
siyaviy hokimiyatni kuch bilan ag'darishni maqsad qilib olgan
partiya va harakatlar, shuni aniq aytishimiz kerak, taqiqlab
qo‘yilishi kerak. Respublika chegaralari daxlsizligi va xavfsiz-
ligiga qarshi kurashuvchi, fashizm, irqchilik, zo‘ravonlik, mil-
liy va diniy nizolarni targ‘ib etuvchi, demokratik erkinliklar va
xalq ma’naviyati asoslariga tajovuz etuvchi har qanday partiya
va jamoat harakatlari qonunga xilof deb e’lon qilinishi shart».
Shu bilan birgalikda, Prezident 
«kelajakda jamivatimizda qan­
day partiyalar tuzilmasin, ularning soni qancha bo‘lmasin, qaysi
partiya oldiga qanday vazifa qo'vilmasin - ular o‘z maqsadlari-
ga, o‘z g‘oyalarini amalga oshirishga saylovchilarning ovozini,
ya’ni ishonch-e’tiborini qozonibgina erishishi mumkin.
Boshqacha aytganda, odamlarni har xil baqiriq-chaqiriqlar
bilan maydon-u ko‘chalarga chorlamasdan, ularning tinchli-
gi, totuvligi, ijtimoiy barqarorlikni buzmasdan, adolàtli saylov
2 0 2


orqali hokimiyat organlariga vakillarini o‘tkazish, o‘ziga va-
kolat olish, tuman, shahar, viloyat, respublika kengashlarida
0
‘zlari bergan va’dalarni, dasturlarini amalga oshirishga kuch-
g‘ayratini bag'ishlash, saylovchilar oldida olgan vakolatlarini
o‘z muddatida mas’uliyat bilan ado etish - partiyalar faoliya-
tining bosh yo‘nalishi bo‘lishi lozim», 
- deb, qat’iy va adolatli 
g‘oyani ilgari surdi.
Saksoninchi yillaming ikkinchi yarmida sobiq SSSR hududida 
junbishga kelgan siyosiy vasvasalar va demokratiya o‘yinlari natijasi 
sifatida 0 ‘zbekistonda «Erk» demokratik partiyasi, «Birlik» xalq ha- 
rakati vujudga kelgan edi. Ular o‘z maqsad va intilishlari bilan mav- 
jud siyosiy rejimga, u yetmish yil mobaynida alq boshiga keltirgan 
kulfatlarga qarshi edi. Mazkur guruhlar ma’muriy-buyruqbozlik usu- 
liga asoslangan davlat boshqamviga, yakkahokimlik va g'oyaviy hu- 
kumdorlik egariga minib olgan kommunistik mafkuraga qarshi holda 
faoliyat ko'rsatdilar.
Biroq, bu faoliyat konstruktiv harakat, hukumat darajasiga 
ko‘tarilgan siyosiy nufuz va aql-idrok ko‘rigi sifatida emas, balki 
dahanaki janglar, ehtirosli shiorbozliklar, ibtidoiy hayqiriqlar shakli- 
da dunyoga keldi. Bu jamiyat hayoti uchun ham, xalq hayoti uchun 
ham jiddiy xavf tug‘dirdi.
Har qanday sharoitda ham demokratiyaga sog‘lom munosabatda 
bo‘lish, demokratiyani yuksak ma’naviyat, aql-idrok mezoni, siyo­
siy yetuklik va tom ma’noda xalq manfaatlari yo‘lidagi noyob ho- 
disa ekanligini anglamoq zarur. Ana shu xulosalardan kelib chiqib 
va mustaqillikning dastlabki yillarida 0 ‘zbekistonda yuzaga kelgan 
og‘ir ijtimoiy-siyosiy vaziyat, jazavalar, bo‘hronlar oqibatlarini hi- 
sobga olib Prezident I. Karimov mamlakat Oliy Kengashining 1993- 
yil 2-3-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan X sessiyasida shunday degan edi: 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin