Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


«SSSR parchalanib ketganidan so‘ng



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«SSSR parchalanib ketganidan so‘ng
eng dahshatli «voqea 0 ‘zbekistonda yuz berishi lozim edi.
Lekin, bunday bo‘lmadi. Karimov birorta ham xatoga yo‘l
qo‘ymadi.
Karimovning mitinglarni taqiqlab qo‘yishi qirg‘izlar, to-
jiklar bilan o‘zaro munosabatlardagi murakkab vazifalarni hal
etish kabi juda to‘g‘ri ish edi. Uning kolxoz va sovxozlar rah-
barlarini saylash emas, balki tayinlash to‘g‘risidagi taklifi ham
o‘rinli edi. Agar shunday qilinmaganida oxir-oqibat qanday
bo‘lishini bilish qiyin edi. Karimov musulmon mamlakatlari bi­
lan munosabatlarni ham zargarlarga xos noziklik bilan yo‘Iga
qo‘ydi... Bularning hammasi Islom Karimovning ulug‘ligini bel-
gilaydigan sifatlardir».
Mustaqillik osonlik bilan qo‘lga kiritilmadi. Kurashlar va izti- 
roblar turmushimizdagi qator qiyinchiliklar va muammolar bilan bir- 
ga qorishib ketdi. Ichki va tashqi g ‘animlar bilan olishib, mustaqillik 
himoya qilindi. 0 ‘tgan davr xalqimizni ko‘p narsaga o ‘rgatdi.^ndi u 
o‘z istiqboliga va istiqloliga qat’iy ishondi.
Mustaqillikning o‘tgan davri xalqimizni ko‘p narsalarga 
o ‘rgatdi. Butunlay yangi tarixiy sharoitlarda butunlay yangi tajri- 
balar dunyoga keldi. Bu tajribalar « 0 ‘zbek modeli» sifatida jahon 
demokratik jarayonlarini boyitmoqda.
213


0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 23-fevralida 
bo‘lib o‘tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Prezident Islom 
Karimov mamlakatda demokratik jarayonlami chuqurlashtirish, 
inson huquqlarini kafolatlash, eng insonparvar, adolatli fuqarolik 
jamiyatini shakllantirish xususida gapirar ekan « 0 ‘zbekiston XXI 
asr ostonasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraq- 
qiyot kafolatlari» dasturini ishlab chiqish zaruriyati haqida alohida 
to‘xtalgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay ana shu keng tarmoqli dastur 
Prezidentning o ‘z tashabbusi bilan yaratildi. « 0 ‘zbekiston XXI asr 
bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqi- 
yot kafolatlari» deb nomlangan yirik ilmiy, nazariy, tahliliy asar 
0 ‘zbekiston davlat siyosatining bosh dasturi sifatida dunyoga keldi.
Muallif demokratik jarayonlami chuqurlashtirish, fuqarolik ja- 
miyati asoslarini shakllantirish xususida gapirar ekan, dunyo muam- 
molarini, dunyo tajribalarini, insoniyat taraqqiyoti davrida to‘plangan 
ijobiy xulosalami chuqur o‘rganadi va unga o‘ziga xos baho beradi. 
Jumladan, u bugun jahon siyosatida har qanday zo‘ravonlik va kuch 
ishlatishdan, har qanday qurol-yaroq va tazyiqlardan ustun keladigan 
tafakkur dunyoga kelayotganini, endi yoqavayronlik, portlatish va 
qirg‘inbarot keltirishlar ibtidoiy hodisa ekanligini, «zo‘r bo‘lsang 
o ‘zingni aqling bilan ko‘rsat» qabilida ish ko‘rsatish vaqti kelganli- 
gini boshqalardan ko‘ra tezroq angladi, boshqalardan ko‘ra chuqur- 
roq tushundi. Endi borgan sari ochiqlik, yuzma-yuz turib fikrlashish, 
muammolami muzokaralar yo‘li bilan hal etish va ana shu ayovsiz 
muzokaralar paytida sog‘lom aql-idrok tantanasiga erishish zarurli- 
gini ko‘rsatib bermoqda.
Prezident Islom Karimov mazkur kitobda mustamlakachilik va 
irqiy kamsitishlaming yo‘q qilinganligini, sotsializm va kommu- 
nistik mafkuraning zo‘ravonlik da’volari barbod etilganligi, jahon 
xaritasida yangi mustaqil davlatlaming paydo bo‘lganligi, mintaqa- 
lararo munosabatlarda muvozanatning o ‘zgarib ketganligi, aniqroq 
qilib aytganda, jahon taraqqiyotida Osiyo qit’asi mamlakatlari roli- 
ning oshib borayotganligi XXI asr ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining 
o‘zgarib borishiga sabab bo‘lishini chuqur tahlil etadi.
Muallif nazarida demokratik taraqqiyotning turli qadriyatlari, ta- 
moyillari va me’yorlari takomillashib, bir-birini boyitib ommabop 
tus olmoqda. Endi ana shu qadriyatlar yer yuzining turli mamlakat- 
larida turli xalqlar va millatlaming yagona, umuminsoniy, umum- 
bashariy qadriyatlariga aylanmoqda. Zotan, inson yer yuzining qaysi 
burchagida yashamasin, u eng avvalo insonligini tushunmog‘i lozim, 
inson kabi yashashga haqli. 0 ‘zbekiston siyosati nazarida jahon ta-
216


raqqiyoti va demokratiya jarayonlari ana shunga asoslanmog‘i lo- 
zim.
Kitobda demokratik jarayonlarai chuqurlashtirish, fuqarolik ja- 
miyatini shakllantirish borasida fikr yuritilar ekan, quyidagilar mu- 
him omil sifatida ko‘rsatib beriladi:

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin