Birinchidan, muallif tasaw urida «Fuqarolik jamiyati - ijtimoiy
makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini
kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha yordam beradi».
Demak, jamiyatda eng aw alo qonun ustuvor bo‘lishi, barcha-
ning qonun oldida tengligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Ana
shunda fuqarolaming huquq va erkinliklari to‘la ta’min etilishiga
imkon yaratiladi. Har qanday kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmaydi va
inson hayoti to ‘la kafolatlanadi.
Demokratiya siyosiy yoki huquqiy hodisagina emas, ayni paytda
u yuksak ma’naviyat, boy madaniyat, shaxs kamoloti bilan bogTiq
bo‘lgan, har bir fuqaro ma’naviy-axloqiy va ruhiy holatini belgilay-
digan oliy qadriyat. Muallif demokratik jarayonlami chuqurlashtirish
xususida gapirar ekan, demokratiya erkinliklarini, jamiyat ma’naviy
qiyofasini va shaxs ozodligini ana shunday yaxlit holda, bir butun
jonli organizm shaklida tasaw ur etadi.
Ikkinchidan, demokratiyani chuqurlashtirish omillaridan biri
sifatida ko‘ppartiyaviylik haqida alohida to‘xtaladi va o ‘z fikrini
aniq, lo‘nda qilib o*rtaga tashlaydi. Hech qachon partiyalar soni de
mokratiya ko‘lamini, miqyosini, darajasini va qadriyatlarini belgi-
lay olmasligini ko‘rsatib beradi. Turli ijtimoiy guruhlar manfaatini
himoya qila oladigan turli partiyalar va boshqa jamoat tashkilotla-
ri o‘z Nizomi doirasidagina o ‘z a ’zolari manfaatini himoya qilishi
mumkin, xolos. Biroq, umumiy manfaat - xalq, jamiyat, mamla-
kat manfaati singari eng oliy va eng qimmatli ehtiyojlar ham bor-
ki, bu barcha siyosiy partiyalaming umumiy yig‘indisidan, turli va
xilma-xil qarashlaming uyg‘unligidan kelib chiqadi. To ana shunga
erishilmas ekan, demokratiya shunchaki rusumga aylanib qolavera-
di. Ana shunday nuqtai nazardan
«Partiyalaming paydo boiishi, ularning soni, dasturi, yo‘l-yo‘riqlarining o‘ziga xosligi va ho-