Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«jamiyatimiz
tuzilmalarida muvozanatni saqlaydigan kuchli ommaviy, jamo­
at birlashmalari boim as ekan, davlat hokimiyatining barcha
bo‘g‘inlarida o‘zboshimchalik, voluntarizm, avtoritar tafakkur
va boshqaruv apparatining korrupsiyasi singari illatlar paydo
boim asligiga jiddiy kafolat ham bo‘lmaydi», -
deydi. 
»*>
Beshinchidan, 
demokratiya va muxolifat xususida. Ma’lumki, 
bizning muxolifat haqidagi tushunchalarimiz hali-hamon jo ‘n va
223


sodda. Chunki, biz uchun muxolifat yangi davming mahsuli sifati- 
da istiqlol arafasidagina tilimizda paydo b o id i. Buning o‘ziga xos 
omillari bor. Jumladan, qadimda Sharq davlatchiligida adolat tamo- 
yillarining ustun turganligi, qonun oldida barchaning tengligi, davlat 
va fiiqaro o‘rtasidagi munosabatlaming nihoyatda sodda, ayni paytda 
samimiy tizimi mavjudligi butun jamiyatda har tomonlama barqaror- 
likka asos boigan. Qolaversa, muxolifat tushunchasi umuman jahon 
davlatchiïigi tajribasida ham XX asr «ixtirosi» sifatida demokratik 
jarayonlaming tobora chuqurlashishi sharoitida vujudga kelgan ho- 
disadir.
Muxolifat mavjud siyosiy kuchlami taroziga solib turadigan, 
jamiyat taraqqiyoti muvozanatini saqlab turadigan, uning ravnaqi 
yangidan-yangi tamoyillarini ishlab chiqishga da’vat etadigan ijobiy 
voqelik. Biroq, biz ana shu voqelikning haqiqiy mazmunini kashf 
etolganimiz yo‘q.
Ochig‘ini aytganda bizda hozirgacha muxolifat boim agan va 
hozircha yo‘q. 1980-yillaming oxiri va 90-yillaming boshlarida de- 
mokratiya o‘yinlari avj olgan paytda bir guruh kishilar o‘zlarini turli 
tomonga urishdi. Ulaming ayrimlari shon-shuhrat va amalga intilish 
orzu-istagida bo‘lsa, bir qismi yuqori partiyaviy kurslarda ishlab
uning imtiyozlaridan foydalangan va keyinchalik ana shu imkoni- 
yatlardan quruq qolib, oldingi kiborona hayotini qo‘msab qolgan 
kishilar edi. Ularga ergashganlar esa hayotdan norozi boigan, tur- 
mushda o ‘z o ‘mini topolmagan, jamiyatga nimadir berishdan ko‘ra 
undan ko‘proq narsa olishga ishtiyoqmand boiganlardir. Umuman 
olganda muxolifat deb atalgan bu guruhlami muxolifatchilar emas, 
balki hayotdan norozilar, deb atash mumkin. Bundaylar esa, taassuf- 
ki, har qanday sharoitda, har qanday jamiyatda va hatto eng rivoj- 
langan mamlakatlarda ham mavjud. Bu tabiiy hodisa. Chunki, mav­
jud siyosat, tartib-qoidalar, qonunlar qaysidir jihati bilan cheklangan 
boiadi. Ular aholi barcha tabaqasining talab-ehtiyojlarini to ia qam- 
rab ololmaydi. Qisqa qilib aytganda, tartib-intizomning chegarasi 
bor, ehtiyojlar esa nihoyasizdir. Ana shu holatning o ‘zi qonunlami 
doimo takomillashtirib, qo‘shimchalar bilan boyitib borishni taqo- 
zo etadi. Demak, hech qachon mukammal demokratik hayot mav­
jud boim aydi. U doim füqarolar talabi, hayot ehtiyoji va yangidan- 
yangi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta’sirida o‘zgarib, rivojlanib, boyib 
boraveradi.
Prezident I. Karimov muxolifat tushunchasi xususida gapirar 
ekan, 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin