Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

5-§. Sud hokimiyati islohotlari
0 ‘zbekistonda demokratik jarayonlami chuqurlashtirishda sud 
hokimiyatini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun 
ham mamlakat mustaqillikka erishganidan so‘ng bu borada katta ish­
lar amalga oshirildi.
M a’lumki, 1991-yil 31-avgustda « 0 ‘zbekiston Respublikasi 
davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida» Konstitutsiyaviy Qonun 
qabul qilindi.
2 4 4


0 ‘zbekiston tenglar qatorida teng bo‘lib dunyo davlatlari safida 
o‘zining munosib o ‘mini egalladi.
Istiqlol tufayli nafaqat siyosiy va iqtisodiy, balki tom m a’noda 
huquqiy mustaqillikka ham erishildi. Sir emas, istiqlolga qadar res- 
publikamizdagi aksariyat qonunlar sobiq ittifoq qonunlari asosida 
qabul qilinar edi. 0 ‘z-o‘zidan ma’lumki, ularda xalqimizning o‘ziga 
xos hayot tarzi, urf-odatlari va udumlari, ma’naviy-ruhiy va axloqiy 
ehtiyojlari to‘liq aks ettirilmas edi.
Endilikda vaziyat batamom o‘zgardi. Davlatimiz mustaqillikka 
erishgan birinchi kundanoq huquqiy demokratik davlat qurmoqchi 
ekanligini va qonun ustuvorligi ta’minlanishini ma’lum qildi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyingi siyosiy, ijti- 
moiy va iqtisodiy sohadagi o ‘zgarishlar davlat mustaqilligini huqu­
qiy jihatdan mustahkamlaydigan, yangicha ij'timoiy munosabatlami 
shakllantiradigan, fuqarolaming huquq va erkinliklarini himoya qila- 
digan qonunlar yaratilishini taqozo etdi.
Shu bois 1992-yil 8-dekabrda demokratik huquqiy davlatchilik 
zaminini barpo etishning poydevori bo‘lgan 0 ‘zbekiston Respubli- 
kasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatda yangi qonunchi- 
lik tizimini barpo etish uchun asos bo‘ldi.
Konstitutsiyaning 11-moddasida 0 ‘zbekiston Respublikasida 
davlat hokimiyati tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro va 
sud hokimiyfttiga bo‘linishi belgilab qo‘yildi.
Shubhasiz, hokimiyatning bunday bo‘linishi tamoyilining Kon- 
stitutsiyada mustahkamlanishi mustaqillik tufayli erishilgan eng 
salmoqli yutuqlardan biridir. Chunki ayni shunday, umume’tirof 
etilgan, jahon tajribasida ko‘rilgan demokratik yo‘l bilangina odil 
sudlovni talab darajasida amalga oshirish, Konstitutsiyaga va inson 
huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro paktlarga, ijtimoiy adolat tamoyilla- 
riga og‘ishmay amal qilish mumkin bo‘ladi. Fuqarolaming tinchligi 
va ahilligini so‘zsiz ta’minlash qonuniylik va huquq-tartibotni mus- 
tahkamlashga zamin yaratiladi.
0 ‘tgan tarixan qisqa davrda sud hokimiyatini mustahkamlash, 
sud islohotlarini izchillik bilan o ‘tkazish masalalari hamisha davlat 
rahbarining diqqat markazida bo‘lib keldi. Jumladan, Oliy Majlis- 
ning 1995-yil 24-fevralda bo‘lib o ‘tgan birinchi chaqiriq, birinchi, 
1995-yil 21-dekabrdagi to‘rtinchi va 1996-yil 28-avgustdagi oltinchi 
sessiyalarida sud hokimiyati uchinchi, mustaqil va qaram bo‘lmagan 
tarmoq ekanligiga, odil sudlov tizimini kengaytirish va4emokratiya- 
lashtirish lozimligiga e’tibor berildi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin