Mavzu: Ijti



Yüklə 80,49 Kb.
səhifə1/2
tarix14.10.2023
ölçüsü80,49 Kb.
#155208
  1   2
Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiyaga ehtiyoj va


Mavzu: Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiyaga ehtiyoj va
zamonaviy jamiyat rivojining zaruriy shartlari.


Reja:
1.Ijtimoiy pedagogikaning predmeti va ob’ekti. 2..Ijtimoiy pedagogika fanlar izimidagi o’rni.
3. Ijtimoiy pedagogikaning maqsad va vazifasi. .
4.Ijtimoiy pedagogikaning boshqa pedagogik fanlardan farqi.


«Ijtimoiy pedagogika» kursi talabalarning umumpedagogik bilim darajasini kengaytirish bilan birga, ularni jamiyatdagi turli ijtimoiy munosabatlar, ma`naviy omillar, shuningdek, mazkur fanning obekti, predmeti, uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi, kategoriyalari, ijtimoiy pedagog kasbining o’ziga xos xususiyatlari kabi muammolar ustida izlanishiga undaydi.
Fanni oqitishdan maqsad - bolalarni ijtimoiylashtirish jarayonida ijtimoiy tarbiya va ijtimoiy ta’im qonuniyatlarini o’zlashtirishdir.
Fanning vazifasi - gumanitar bilishning sohasi sifatida ijtimoiy pedagogika, uning obekti, tadqiqot predmeti va asosiy kategoriyalari haqida nazariy bilimlar berish; talabalarda ijtimoiy-pedagogik tadqiqotga doir ko’nikma va malakalarni shakllantirishdani borat.
"Ijtimoiy pedagogika" o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- ijtimoiy - pedagogik faoliyatning madaniy-tarixiy an’analari; ijtimoiy-pedagogik faoliyat rivojining tarixiy omillari; pedagog, ijtimoiy-pedagog va ijtimoiy xodimning kasbiy faoliyatidagi farqlar; ijtimoiy- pedagogning kasbiy faoliyati strukturasi; ijtimoiy-pedagog faoliyati vazifalari; ijtimoiy- pedagogning kasbiy tayyorlashda uzluksiz ta’im mazmuni; O’zbekistonda ijtimoiy pedagog amaliy faoliyatining o’ziga xosliklari; maktabgacha yoshdagi bola shaxsini ijtimoiylashtirish mohiyati; bola shaxsini ijtimoiylashtirishda mikro muhitning ro’li; rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bola, nogiron bola, cheklangan imkoniyati bola tushunchalari tavsifi; imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiylashtirishdagi umumiylik va tafovutlar; imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiylashtirishning hartlari va huquqiy me’yorlari; ijtimoiy pedagogik kategoriyalar; ijtimoiy pedagogikaning tamoyillarini bo’lishi kerak;
- ijtimoiy pedagog faoliyat metodikasi va texnologiyasi; asotsial oilaga ijtimoiy - pedagogik yordamning asosiy shakllari; ijtimoiy pedagog faoliyatida ishontirish metodlari, korrektsiya, mashqlarini qo’llash; kasbiy faoliyatda sotsiologik metodlardan foydalanish; ijtimoiy pedagogik texnologiyalarini qo’llash; xavotirli oila ijtimoiy maqomini tavsiflash; xavotirli oila bilan ishlash metodlarini qo’llash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
-ota-ona vasiyligisiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat olib borish; deviant xulqli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etish va olib borish malakalariga ega bo’lishi kerak.
Ijtimoiy pedagogika nazariyasi fani mutaxassislik fani hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy (O’zbekiston tarixi, davlat va huquq asoslari, iqtisodiy nazariya, politologiya, madaniy antropologiya), matematik va tabiiy (yosh fo’ziologiyasi va gigiena), umumkasbiy (pedagogika nazariyasi, pedagogika tarixi, oila pedagogikasi, xalq pedagogikasi, umumiy psixologiya, yosh va pedagogik psixologiya), ixtisoslik
(pedagogik konfliktologiya, pedagogik valeologiya) fanlari bilan o’zaro aloqada
olib boriladi.
Kelajakda O’zbekistonni yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdan, ma`naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilish lozim. Komil inson-yyetuk shaxsning shakllanishida Kadrlar tayyorlashning milliy modeli va dasturi hal qiluvchi ro’l o’ynaydi.
Milliy model va dastur maqsad va vazifalarini amalga oshirish o’z Vataniga fidokor, istiqlol va demokratiya g’oyalariga sadoqatli shaxsni shakllantirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda qatnashadigan, ijtimoiy jarayonlarga faol ta’sir ko’rsatadigan. O’z mamlakatni taqdiri uchun ma’sul bo’lgan shaxsni tarbiyalash-Kadrlarni tayyorlash milliy dasturining bosh maqsadlaridan biridir.
Miliy istiqlol g’oyasi, o’z mohiyatiga ko’ra, xalqimizning asosiy maqsadlarini ifoda etadigan, uning o’tmishi bilan kelajagini bog’laydigan, uning asriy orzu- umidlariga yetishishga xizmat qiladigan g’oyalar tizimidir.
Milliy istiqlol g’oyasi:
• O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, demokratiya prinsplariga asoslanadi;
• Xalqning asrlar davomida shakllanib kelgan yuksak ma’naviyatini, uning an’analari va odatlarini, buyuk ajdodlarimizning umrboqiy merosini o’z ichiga oladi;
• Ezgulik, adolat va haqiqat, ozodlik va mustaqillik g’oyalarini, xalq ishonchi va e’iqodini ifodalaydi;
• Vatanning gullab - yashnashiga, Vatanda tinchlik ta’minlanishiga, xalq farovonligi oshishiga xizmat qiladi;
• Jamiyatning hamma a’zolarini, barcha aholi qatlamlarini milliy g’oya –O’z bekistonning buyuk kelajagi maqsadlariga erishishga safarbar qiladi;
• Millatidan, tili va dinidan qatiy nazar, har bir fuharoda milliy iftixor va qadr - qimmat tuyg’ularini, Vatanga muhabbatni, o’zaro hurmatni, mustaqillik g’oyasi va demokratiyaga sadoqatni tarbiyalashi kerak;
• Marifatparvarlik orqali jamoatchilik ongida taraqqiyyot, erk va milliy
istiqlol g’oyalarini shakllantiradi.
Milliy istiqlol g’oyasi har bir vatandoshimiz, uning oilasi, butun jamiyat uchun Vatan oldidagi burch va mas’uliyatini bajarishning ma`naviy mezonidir. Milliy istiqlol g’oyasi ana shu talablarga javob berganidagina quyidagi asosiy vazifalarini bajarishga qodir bo’ladi:
• Fuqaro’larning yot g’oyalardan mustaqil dunyoharashini va erkin tafakkurini, progressiv ijtimoiy ongni shakllantirish;
• Ijodiy, erkin fikrlaydigan, o’z bilimlari va kuchlariga ishonadigan shaxsni tarbiyalash;
• Odamlarning, ayniqsa yoshlarning, yuksak ozodlik va taraqqiyot ideallariga ishonchini mustashkamlash, chinakam gumanistik e’tiqodlar mustashkamlanishiga xizmat qiladigan yuksak axloqiy muhitni yaratish;
• Vatandoshlarimizning o’zligini anglashi, ayniqsa milliy iftixor va qadr - qimmat tuyg’ulari, tarixiy xotiraga sadoqat, vatanparvarlik, muqaddas qadriyatlarimizga avaylab munosabatda bo’lish tuyg’ulari o’sishiga yordam berish;
• Xalqda or -nomus va halollik, saxiylik, kamtarlik va boshqa shu kabi axloqiy fazilatlarini rivojlantirish;
• Ko’p millatli xalqimiz ongida "O’zbekiston - umumiy Vatanimiz'' degan e’tiqodini shakllantirish va rivojlantirish.
Mamlakatimiz kelajagi uchun Oliy majlisning IX sessiyasida qabul qilingan Kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dasto’rning amalga oshirilishi juda muhim ahamiyatga ega-deydi
1-Prezidentimiz I.A.Karimov. Bu dasturni bajarish uchun javobgar kishilar oldiga men quyidagi vazifalarni qo’ymoqchiman:
Ta’im tizimida mazkur tajriba qanday o’tayotganini va uning dastlabki natijalarini chuqur tahlil etib, ta’im andozalari, o’quv rejalari va dasturlari mazmuniga islohatlarning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda, ya’ni yangi avlodni kamol toptirishga qaratilgan zarur tuzatishlar kiritish darkor. Ana shu vazifalarni bajarish ijtimoiy munosabatlarni uygunlashuviga xizmat
qiladi, davrning tobora oshib borayotgan talablariga javob berishga qodir bo’lgan mutlaqo yangicha tipdagi shaxsning shakllanishini ta’minlaydi. Milliy g’oyani ro’yobga oshirish jarayonida uzluksiz ta’im tizimlarini, Ko’proq xalq pedagogikasida, o’yinlarda va shu kabilarda o’z aksini topgan progressiv milliy, ma`naviy - axloqiy qadriyatlar va me’yorlarni qayta tiklash, rivojlantirish hamda hozirgi hayotga, o’quv - tarbiya ishlariga joriy etish bilan chambarchas bog’liqdir.
Har bir insoning shaxsi ta’im, ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanadi. Natijada u ijtimoiy jihatdan ahamiyatli bo’lgan vazifalarni bajaradi, ijtimoiy ro’lni o’zlashtirib oladi, o’zining qiziqishi, qobiliyatini ijodiy mulohaza qilib ko’radi, jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirishadi va shu tariqa shaxsning ijtimoiylashuvi yuz beradi. Ijtimoiy pedagogika ma`naviy – ma’rifiy faoliyatning alohida sohasi sifatida uning ommaviyligi, barcha aholi o’rtasida milliy istiqlol g’oyalarini targ’ibot - tashviqotini keng olib borish imkoniyatini beradi.
Ijtimoiy pedagogika predmeti sa’natdan shaxsga ta’sir etadigan g’oyaviy -emostional vositalar kompleksidan keng foydalanish bilan farq qilib turadi. Ijtimoiy pedagogika O’zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham o’zoq va chuqur an’analarga ega. Shunga qaramay sovet davrida ijtimoiy pedagogika yutuqlari e’tiborga olinmadi. Bunday muammolarni shaxsga, hamkorlik an’analariga, rahm-shavqatga, milliy an’analarga befarq bo’lish holatlari bilan izoxlash mumkin. Bu ijtimoiy tarbiya sohasi mutaxassislari oldida turgan vazifalarni murakkalashtirib yuboradi. Shuning uchun ham ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yonalishda mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy- pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshharmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek, ijtimoiy- pedagogik faoliyatining ilmiy-tadqiqot bazasinni ham o’z ichiga oladi. Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda oqituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim olamning ijtimoiy kasalligini oldini olish va ma`naviy -axloqiy
og’ishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi ko’rashga nisbatan ancha osondir.
Ijtimoiy pedagogikani fan sifatidagi xususiyatlarini anglash uchun uning tadqiqot obekti xususiyatlarini o’rganmoq lozim. Shu sabab fanda tadqiqot obekti va predmeti tushunchasi mavjud. Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot obekti va predmetini tahlil qilishdan avval ijtimoiy pedagogika terminining o’ziga ahamiyat bermoq kerak. Bu termin ijtimoy va pedagogika so’zlaridan tashkil topib ularni ma’nosini o’zida jamlayadi. Bu birlik fanda differentsatsiya va integratsiya xodisalari bilan birgalikda namoyon bo’ladi.Yangi bilimlarni o’sishi ilmiy fikrlarni real hayotga tatbiq etilishi, yangi mualimmlarni yuzaga kelishi jamiyatni ilmga yoshtiyojini yo’zaga keltirish darajasi fanning differentsnatsiyasi va maxsuslashtirish tendentsiyasi ko’zatiladi.Asosiy fan mustaqil rivojlanuvchi xususiy tarmoqlarga ajratiladi. Shuningdek, bir qator muammolarni hal qilishda to’plam nuqtai nazardan bir obektni o’rganuvchi mustaqil fan birligini o’zida namoyon qiluvchi integratsiya hodisa ko’zatiladi.
Masalan: pedagogikani boshqa fanlar bilan aloqasida tadqiqotning mustaqil obektlari alohida ko’zatiladi: falsafa bilan birgalikda talim falsafa psixologiya bilan o’zaro munosabatda psixolo- pedagogika, siyosatshunoslik bilan birlikda. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. Pedagogikada keyingi vaqtda differentsiya xodisasi yetarli darajada kuchaydi. Pedagogikaning mustaqil fan sifatidagi tarmoqlari maktabgacha pedagogika, maxsus pedagogika, pro`lessional pedagogika rivojlanib, takomillashib bormoqda. Ijtimoiy pedagogika shular jumlasidandir.
Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot obyekti pedagogika o’rganadigan jarayon va voqelik bo’lib, u masalani muayyan, o’ziga xos aspektda ko’radi. Uning o’ziga xosligi esa «ijtimoiy» degan so’zda ifodalangan. Ijtimoiy pedagogikaning obyekti insonning ijtimoiylashuv jarayonidir. Xalqning boy merosi, pedagogikasidan, fan, madaniyat, jamiyat yutuqlaridan foydalanib, ijtimoiy pedagogika o’z nazariyasini, metodi va texnologiyasini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogiki davlat va jamiyat institutlarining ma`naviy ma’riy markazlari faoliyati sohasidir, bu yerda yangi qadriyatlar san’ati shakllantiruvchi va birlashtirib turuvchi faoliyat jamlanadi. «Ijtimoiy» tushunchasida odamlarning birga yashashi bilan bog’liq jarayonlar ifodalangan, ammo ularning muloqati va o’zaro aloqalari turli shakllarda bo’ladi.
Demak, pedagogika o’sib kelayotgan avlod tarbiyasi va talimi to’grisidagi fan bo’lib, ijtimoiy pedagogika esa jamiyat a’zosini tarbiyalash va unga talim berish to’g’risidagi fandir.
Ijtimoiy pedagogika jarayon va hodisalarni ma’lum spetsifik aspektda o’rganadi. Pedagogik bilimlarning bu yangi tarmog’i spetsifikasi «ijtimoiy» so’zida namoyon bo’ladi. «umuminsoniy tushuncha insonlar hayotiy faoliyati, ularning o’zaro muloqat» formalari bo’lgan narsa-hodisalarni o’zida jamlaydi. Shunday qilib, pedagogika yosh o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalovchi va talim beruvchi fan asoslari ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning jamiyat hayotiga kiritishni ta’minlaydigan aspektni tadqiq etadi.
Insonni atrofidagi muhit bilan o’zaro aloqasiga ta’siri asosida rivojlanishini uning ijtimonylashish jarayoni deb ta’kidlash mumkin.
Ijtimoiy me’yor -madaniyat qadr-qimmatlar egallashi lozim shuningdek, bu jamiyatda insonni o’z qobiliyatlarini realizatsiya qilinish, nazorat qilish ijtimoiy tajribani egallash (bilimlar qadr-qimmat xulq-atvor qoidalari jarayoni ijtimoiy hodisa deb nomlanadi. Bolani ijtimoiylashtirish murakkab va davomli hodisadir. Bir tomondan har qanday jamiyat o’zining rivojlanish yetapida ma’lum ijtimoiy, ma`naviy qadr- qimmat, o’zini tutishi, axloqiy qonun-qoidalar, me’yorlar ishlab chiqadi.
Jamiyat bir avlod shu jamiyatdagi qonun-qoidalarni egallab uning teng huquqli a’zosi sifatida yashab, faoliyat ko’rsatishni ko’zda tutadi. Buning uchum jamiyat ta’im-tarbiya me’yori orqali shaxsga ta’sir kursatadi Ikkinchi tomondan, atrofdagi olamda sodir etilayotgan turli hodisalar uning shakllanishga ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Jamiyat o’zaro munosabatda bo’lgan o’zaro harakatlanadigan xilma-xil ijtimoiy institutlarni o’zida namoyon qiladi. Shular orqali bola tomonidan ijtimoiy me’yorlarni egallash jarayoni amalga oshadi. Bulardan bazilari bolani rivojlanishi
va ijtimoiy shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi, boshqalari esa uning shaxsiy sifatlarini shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday ijtimoiy institutlar qatoriga oila,ta’im, madaniyat va din kiradi.
O’z qobiliyatini inson tomonidan jamiyatda ko’plab quydagi jarayonlarda amalga oshadi;
A) Insonlarni insonni jamiyat bilan stixiyali o’zaro munosabatda va uning hayotiy jabhalariga stixiyali ta’lim jarayonida.
B) u yoki bu kategoriyasiga davlat tomonidan pedagogika nimani o’rgatadi. Ijtimoiy pedagogika insonlarning butun egalayotganayotgan davom etayotgan amalga oshiradigan ijtimoiy tarbiyani tadqiq ta’ sir ko’rsatish jarayonida.
V) Inson rivojlanishi, uni tarbiyalash uchun qulay shart—sharoitlar yaratish. G) Inson o’zini tarbiyalashi va rivojlantirish jarayonida.
Shunday qilib, rivojlanish insonni shakllanish jarayoni, ijtimoiylashtirish- konkret ijtimoiy sharoitlar asosida rivojlantirishdir.
Inson tarbiyasi asosan oilada amalga oshiriladi. Bu holatda biz oilaviy pedagogika ob’ekti bo’lgan oilaviy xususiy tarbiyalarida muloho’za yuritamiz. Tarbiyalash diniy idoralar orqali amalga oshadi. Bunda konfessional tarbiyaga duch kelamiz. Tarbiyalash davlat va jamiyat tomonidan shu maqsadida tashkilotlar orqali yo’zaga keladi. Bu ijtimoiy pedagogika tadqiqot obekti bo’lgan ijtimoiy tarbiyalash jarayoni hususida fikrlaymiz. Ijtimoiy tarbiyalash siyosatshunoslik, ijtimoiy: jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika matnda uni ijtimoiylashtirish bilan borish oldida o’rganadi ya’ni, planeta, mamlakat maktablardagi inson tarbiyasiga ijtimoiy omillar ta’sir etish ishlab chiqarish tarbiyasida oila, ommaviy axborot vositalar, atrofda odamlar bilan muloqot o’rnini ko’rib chiqadi.
Ijtimoiy pedagogikani nima uchun o’rganish lozim: Ijtimoiy pedagogika -fanning shunday tarkibiki uning vositasida: Birinchidan inson hayotda ma’lum sabablar asosi ichida yu’zaga kelgan xodislar o’rganiladi. Ikkinchidan insonning rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishni ko’zda tutadi. Uchinchidan ta’sir etuvchi hodisalarni oldini oladi.
Ijtimoiy pedagogika o’quv predmeti sifatida ijtimoiy pedagogik faoliyat tasvirini harakterlaydigan vazifasini amalga oshiradi. Bu vazifani amalga oshirish ijtimoiy pedagogikani o’rganish jarayonida talabalar tomonidan bir qator maqsadlarni amalga oshirshni ko’zda tutadi: mal’um doiradagi nazariy bilimlarni egallash va bularni amalda qo’llash muammoni oldindan ko’rish va yechishga sub’ekt va ijtimoiy jarayonga ko’ra ijtimoiy gumanitik munosabatlarni shakllantirish.
Demak, ijtimoiy pedagogika - ijtimoiy tarbiya va bilim berish ishchanglikning o’ziga xos alohida usullarga ega bo’lgan pedagogikaning bir qismi hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogika usullari shaxsga uning o’z-o’zini shakllantirishga, tarbiyalashga, tashkil qilish va mustaxkamlashga qaratilgan bo'ladi. Ijtimoiy pedagogika nimani o’rgatadi ?
Ijtimoiy muhit, birinchidan keng ijtimoiy haqiqatlik, jamiyat davlat, ikkinchidan, bolaning shakllanishiga batafsil ta’sir ko’rsatadigan uni qurshagan atrof-muxit bo’ladi.
Ijtimoiy tarbiya- bu ko’p ma’noga ega tushunchalardir. Bu jamiyatning kelajak avlod hayolidagi g’amho’rligi, jamiyat, jamoa va boshqa odamlar tomonidan uni qo’llash, oila va hayot munosabatlarida shakllangan axloqiylik munosabatlarini o’zlashtirish va hosil qilishda, huquqiy, iqtisodiy, fuqoralik va hayotiy munosabatlarni qabul qilishda insonga yordamlashish bo’ladi.
Haqiqiy tarbiya bolaning ruxiyatini, bilim, tajriba va qiziqishini teran tushunishni talab qiladi. Muayyan yutuqqa erishishi uchun bolani o’rgatish, nazorat qilish harakterlariga tanqidiy ko’z bilan qarash,uning yashayotgan sharoitini bilish atrof-muxitning unga ta’sirini bilish zarur bo’ladi.
Ijtimoiy tarbiya insonga, uni shakllantirishda muayyan turmush sharoitlarida yutuqqa erishishda, ijtimoiy munosabatlardagi yo’nalishlarini ko'cha-ko’yda klub va maktabdan tashqari maktabdan tashhari muassasalarida amalga oshiriladi. Ijtimoiy ish termini insonga, guruhga, ularning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilashga
yordam beradigan kasbiy ishchanglikni anglatadi.
Ijtimoiy pedagogika ishchanlik- bola (o’spirimga) o’zining psixik holatini tashkil qilishni, oilada, maktabda, jamiyatda yaxshi munosabatlarni joriy etishga yordamlashishga yo’naltirilgan.
Hozirgi davrda bolani (o’spo’rinni) ijtimoiylashtirish amalga oshirilmoqda. Uni jamiyatda azob berishga, huquq buzishga, yo’lg'onchilikka alkogolchilikga, narkomaniyaga, ota-onaning qattiq qo’lliliga qarshi turishiga yordam berish kerak. Shuningdek, jamiyatda o’zini yaxshi tomonidan ko’rsatishga, o’z-o’zini tarbiyalashga, axloqiy munosabat odobini bilishga o’rgatish kerak.
Shunday qilib, ijtimoiy pedagogika asosida shaxsni tarbiyalash (jamiyatda va jamiyat uchun) bo’lar ekan, ijtimoiy pedagogikaning vazifasi erkin, ijodkor, insonlar bilan yaxshi munosabatda bo’lishga moyil, o’z sog'ligi va vaqti uchun javobgarchilik xissini sezadigan fuqorani shakllantirishdan iboratdir.
Ijtimoiy pedagogikaning obekti davlat, ijtimoiy va shaxsiy ta’lim muassasalaridagi talim va tarbiyadir.
Hozirgi sharoitda bu ijtimoiy pedagogikaning nazariy va amaliy munosabatlari: bolalarni ijtimoiy tomonidan muxofaza qilish har xil tarbiya va talim muassasalari, oila, pedagogik jamoalarning bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy ishchangligining nazariy va metodik masalalari hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogika tarbiya jarayonida oila tarbiyasining xususiyatini, milliy, dini va jamoa tarbiyasining o’ziga xosligini hisobga oladi. Ijtimoiy pedagogikaning faoliyati (funksiyasi):
1. Bolaning (o’spirinning) axvolini, oiladagi, maktabdagi, mahalladagi, jamoadagi munosabatini ziddiyatli sharoitlarini o’rganishdan iborat.
2. Og’ir sharoitga tushgan bolaga yordam berish. Inqirozdan chiqish yo’lini, variantlarini topish, og’ir haroitlarida uni qo’llab-quvatlash.
3. Bolani qurshagan muxit va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillarning va ijtimoiy tarbiyaning ahvolini bilish, talqin qilish.
4. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy tarbiyani talqin qilish umumiylashtirish va tashviqot qilishni amalga oshiradi.
5. Ijtimoiy pedagog bolaning muammolari bilan mashshur bo’lgan mutaxassislar tashkilotlarning harakatlarini yo’naltiradi.
6. Ijtimoiy pedagogika har xil ijtimoiy tarbiya muammolarini tadqiqot qilishni va har xil pedagogik markazlarining ishlarini talqin qiladi va tashkillashtiriladi.
Shunday qilib, ijtimoiy pedagogika funksiyalari (faoliyati) quyidagilardan iborat:
-tarbiyaviy.-ijtimoiy huquqiy,-ijtimoiy- davolovchi. Tarbiyaviy faoliyat bolani kurshagan atrof-muxitga kiritish uni ijtimoiylashtirish jarayonidandir. Uning tarbiya va ta’lim jarayonida moslashishidan iborat bo’ladi.
Ijtimoiy-huquqiy davlatning bolalarga g’amxo’rligini, ularni huquqiy himoya qilishni anglatadi. Ijtimoiy davolovchi faoliyat- majrux bolalar, jismoniy yoki psixik jihatdan kamchiligi bor bolalar bilan o’tkaziladigan ta’lim- tarbiyaviy ishlar bo’lib, bunda pedagog asosiy ijtimoiy faoliyatini bajaradi.
Ijtimoiy pedagogikaning amaliy masalalari shundan kelib chiqadi:

1. Bola ongida olijanoblik, adolatlilik yaqinlariga barcha tirik jonzodga hurmat qilish tushunchalarini tarbiyalash.


2. Inqirozdan chiqish (mustaqil ravishda), hayotning maqsadi va mazmunini aniqlash.
3. Qurshagan atrof (muxitni odamlarning jismoniy va dini o’zgachaligini, jamiyatdagi huquq va vazifani xis qilishni rivojlantirish).
4. O’zining obro’sini erkinligini ishonchini rivojlantirish.

5. Bolaga insonlar bilan o’z tengqurlari bilan qanday munosatda bo’lish ko’nikmasini singdirish.


6. Insonlar orasidagi harama-qarshilikni shaxs va jamiyatdagi ziddiyatlarini yechishda axloqiy va huquqiy me’yorlarga asoslanish kerakligini tushunishga o’rgatish. Ushbu amaliy vazifaning mazmuni shuki har bir narsaga shurmat bilan
harash, o’z hayotini tashkil qilishga o’rgatish, bilish qiziqishlarini rivojlantirish, o’zining shaxsiy imkoniyatlaridan foydalanishga o’rgatishga iboratdir.
Ijtimoiy pedagogika predmeti va ob’ekti- Ijtimoiy pedagogika fan sifatida
pedagogikadan ajralib chiqdi. Uni o‘rganilish jarayoni va ko‘rinishi pedagogika fani tomonidan o‘rganadigan, biroq o‘ziga xosligi aniq bir sohani o‘rganish jihatdan tadqiq qilinadi. Pedagogika fani bu yangi tarmog‘ining o‘ziga xosligi “ijtimoiy” so‘zida namoyon bo‘ladi.
“Ijtimoiy” tushunchasi (lotincha socialis – umumiy, jamoatchilik) insonlarning birgalikdagi hayoti bilan bog‘liq bo‘lib, ularning muomala va bir-biriga ta’sirining turli xil shakllari birlashtiradi.
Pedagogika – bu fan sifatida o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi va ta’limi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika ‘sa tarbiya va ta’limning bolalar hayotining jamiyatdagi o‘rnini belgilab beradi. Bu jarayon bolaning jamiyatga “kirishi”, ularning ma’lum bir ijtimoiy tajribaga ‘ga bo‘lishi (bilim, boylik, o‘zini tutish qoidalari, yo‘naltirish) sotsiyalizatsiya (ijtimoiylashuv) deb yuritiladi.
Bolaning ijtimoiylashuvi – juda uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi. Har qanday jamiyat shunga intiladiki, har bir bola ma’lum ijtimoiy va ahloqiy qadriyatlar tizimiga, shu jamiyat me’yor va qoidalariga ‘ga bo‘lishi, shu jamiyatda yashash uchun, teng huquqli a’zosi bo‘lishga intiladi.
Jamiyat o‘zining qurilishiga ko‘ra turli xildagi o‘zaro bog‘langan va o‘zaro ta’sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut – insonlar jamiyatdagi hayotining tarixan murakkab shaklda tashkil etilganligi va tartibga solinganligini o‘rganadi. Xuddi ana shular orqali bola jamiyat me’yorlari va ahloq qoidalarini o‘zlashtiradi. SHunday ijtimoiy institutlarni ijtimoiylashgan institut deb nomlash mumkin va bularga oila, talim, madaniyat va din kabilar kiradi.
Oila – ijtimoiylashishning etakchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy bilimni ‘gallaydi, ahloqiy mohirlik va ko‘nikmani oladi, ma’lum baho va yuksak maqsad qilishni o‘zlashtiradi, hayotida nima kerak bo‘lsa shu jamiyatdan oladi.
Talim – talim orqali bola bu jamiyatga hukmronlik qilayotganlarni baholay oladi. Ta’limda bilim olish jarayonida, u nafaqat rivojlanadi, balki jamiyatdagi hayotga moslashadi.
Madaniyat – bu shunday ijtimoiy institutki, insoniyat o‘zi uchun yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni tanlaydigan maskan. Bolaga uning shakllanish jarayonida adabiyot, musiqa, rasm, ommaviy axborot vositalari va boshqalarning ta’siri tegadi.
Din – ijtimoiy institut sifatida murakkab ijtimoiy ko‘rinishga ‘ga. Bir butunicha tizimda alohida tasavvur, sezgi, ibodat harakatlari, tashkilotlar va sig‘inuvchilarning turli xil birlashmalari mavjud. Doimiy axloqiy qadriyatlar, islom, xristian (yaqinlarga sevgi va g‘amxo‘rlik, halollik, chidamlilik, yaxshilik, mehr-muruvvatlilik va b), diniy bayram va an’analar, diniy musiqa va boshqalar bolaning jamiyatdagi ahloqiy me’yorlari ta’sir ‘tishi mumkin.



Yüklə 80,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin