Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

(www.ombudsman.gov.
uz) 
qayta tiklandi. Unda Vakil institutining faoliyati, 0 ‘zbekistonda 
inson huquqlarini himoya qilish va ta’minlash haqidagi materiallar 
joylashtirilmoqda.
Inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlik ham keng rivoj- 
landi. Jumladan, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili 
tomonidan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari, aynan 
EXHT, Yevropa Ittifoqi, Germaniya Bundestagi, Germaniya Federal 
hukumatining inson huquqlari va gumanitar yordam bo‘yicha vakili, 
shuningdek, Tyuringiya oik asi (Germaniya) landtagining raisi, Ba- 
zel kantoni (Shveysariya) Ombudsmani, AQSH, Polsha, Pokiston- 
ning 0 ‘zbekistondagi elchilari, EXHTning 0 ‘zbekistondagi loyiha- 
lari Muvofiqlashtiruvchisi, Konrad Adenauer nomidagi Jamg‘arma, 
Kanada, Yaponiya elchixonalari, London universiteti vakillari va 
boshqalar bilan uchrashuvlarga bag‘ishlangan 30 ga yaqin qabul 
o‘tkazildi.
BMT tuzilmalari bilan, xususan, inson huquqlari bo‘yicha BMT 
Oliy komissarining Beshqarmasi, BMT TD, Yu NISEF, JST vako- 
latxonalari bilan hamkorlik davom ettirilmoqda.
2006-yil oktabr oyida 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj- 
lisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Nyu-York shahrida BMT 
Bosh Assambleyasining 61-sessiyasi ishida qatnashdi. A’zo davlat­
lar vakillari bilan uchrashuvlar hamda BMT BA Uchinchi qo‘mitasi 
ishida qatnashish chog‘ida 0 ‘zbekiston parlamenti Ombudsmani 
0 ‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, de- 
mokratiyalash jarayonlari to‘g ‘risida, sud-huquq islohotini amalga 
oshirishga doir chora-tadbirlar haqida axborot berdi.
2006-yil 18-22 noyabrda Karlovi Vari shahrida (Chexiya Res­
publikasi) BMT TDning Bratislavadagi Mintaqaviy Byurosi to­
monidan tashkil etilgan Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari 
ombudsmanlarining VII davra suhbati boTib o ‘tdi. Davra suhbati 
ishida Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, 
Latviya, Litva, Moldova, Rossiya, 0 ‘zbekistondan borgan om- 
budsmanlar delegatsiyalari, shuningdek, xalqaro ekspertlar ishtieok 
etdi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari 
bo‘yicha vakili davra suhbati ishtirokchilariga 0 ‘zbekiston Res-
2 4 3


publikasida fuqarolaming huquq va erkinliklarini ta’minlash ham- 
da himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar xaqida axborot 
berdi.
2006-yil 3-5-dekabrda Ombudsman 0 ‘zbekiston delegatsiya- 
si tarkibi Yevroparlamentda (Brussel shahri, Belgiya) o ‘tkazilgan 
« 0 ‘zbekistonda gender tengligi» mavzuidagi davra suhbati ishida 
qatnashdi. Davra suhbati doirasida 0 ‘zbekistonda gender tengli- 
gining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan uchta majlis o ‘tkazildi. 
Davra suhbati davomida uning ishtirokchilari 0 ‘zbekiston parlamen- 
ti Ombudsmanining mamlakatda xotin-qizlar huquqlari va manfaat- 
lariga rioya etilishini hamda ular himoya qilinishini ta’minlash soha- 
sidagi faoliyati häqida axborot oldilar.
2006-yil mobaynida Tyuringiya (Germaniya) o ‘lkasi landtagi 
raisi va Bazel kantoni (Shveysariya) Ombudsmanining tashriflari 
amalga oshirilib, ular Samarqand va Toshkent shaharlarida «Inson 
huquqlariga rioya etilishini va mazkur huquqlar himoya qilinishi­
ni ta’minlash sohasida ombudsman institutining davlat organlari va 
nohukumat tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasining dolzarb masalalari» 
mavzusida o ‘tkazilgan konferensiyalarda qatnashdilar.
EXHTning 0 ‘zbekistondagi loyihalari Muvofiqlashtiruvchisi 
Parlament Ombudsmanining doimiy xalqaro sheriklaridan biridir. 
2006-yilda « 0 ‘zbekiston Respublikasida ombudsman institutini ri- 
vojlantirishga ko‘maklashish» loyihasi doirasida parlament a’zolari 
uchun seminarlar hamda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari va 
ekspert guruhlarining a ’zolari uchun seminar-treninglar o‘tkazildi, 
rus tilida «IiäoTniäiü ieöä» kitobi nashr etildi, tajriba almashish 
maqsadida Ombudsman vakillarining Yevropa mamlakatlariga o‘quv 
safari amalga oshirildi.
Shunday qilib, 1991—2008-yillar 0 ‘zbekiston inson huquq- 
larini himoya qilish tizimining shakllanish, rivojlanish va xalqaro 
me’yorlar talablari asosida takomillashish davri bo‘ldi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin