Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


«Inson ozod va hur tugMladi va shunday yasha-



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«Inson ozod va hur tugMladi va shunday yasha-
shi lozim, 
- dedi Islom Karimov. -
Buning uchun esa u ana shu
oliy ne’matni asray va ardoqlay bilishi kerak. Xalqimiz ruhan
to‘la qayta uyg‘ongan taqdirdagina bu qadriyatlar hayotimiz-
dan mustahkam o‘rin oladi».
Ushbu uchrashuv chog‘ida jam g‘arma faoliyatini yanada jon- 
lantirish, uning «Hurriyat» nomli yangi gazetasini nashr etish, milliy 
matbuot markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalar 
ham ko‘rilib chiqildi.
0 ‘zbekiston Respublikasida 2008-yil holatiga 967 ta ommaviy 
axborot vositasi: ulardan 681 ta gazeta, 189 ta jumal, 4 axborot 
agentligi, 51 ta telestudiya, 14 ta radiostudiya bundan tashqari 49 ta 
kabel televideniyesi, 464 ta elektron axborot vositasi yoki Internet 
faoliyati ko‘rsatib turibdiki, bu mamlakatimizda OAVlami faoliyat 
yuritishi uchun, fuqarolaming axborot olish, axborot uzatish, so‘z va 
e’tiqod erkinligini amalga oshirishlari uchun yaratilganligidan dalo- 
lat beradi.
Prezident I. Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Se- 
natining 2005-yil 28-yanvardagi qo‘shma sessiyasidagi ma’ruzasida 
0 ‘zbekistonda demokratik yangilanishlar jarayonini chuqurlashtirish 
va fuqarolaming erkinliklarini ta’minlashning g ‘oyat muhim sharti 
boigan ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun demokra­
tik andozalami joriy etish bo‘yicha aniq va izchil choralami amalga 
oshirish zarurligiga alohida e’tibor berdi. 
«Bu boradagi asosiy vazi-
fa - mamlakatimizda islohotlarni chuqurlashtirish jarayonining
muhim tarkibiy qismi bo‘lmish matbuot, televideniye, radio fao­
liyatini yanada liberallashtirish, ularning mustaqilligi va erkinli­
gini ta’minlashdan iborat», 
deb alohida uqtirdi.
Mazkur ma’ruzada belgilangan vazifalami amalga oshirish 
yuzasidan Prezident I. Karimov 2005-yil 10-martdagi «Jamiyatni 
demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni islohot etish va mo- 
demizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturi 
to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Qaror bilan «Ommaviy axborot vosi- 
talari faoliyatini demokratlashtirish sohasidagi islohotlaming ustuvor 
yo‘nalishlarini amalga oshirish Konsepsiyasi» tasdiqlandi. Boshqa-
2 6 2


cha qilib aytadigan bo‘lsak bu - sohaga oid qonunchiligimiz baza- 
sini xalqaro demokratik andozalar asosida qayta ko‘rib chiqish va 
mustahkamlash vazifasi belgilangan muhim Konsepsiyadir.
Shu bilan birga bir qator yangi m e’yoriy hujjatlar ham qabul qi- 
lindi. Jumladan:
- OAV vakillarini vakillik va ijro organlarida doimiy akkredita- 
tsiyadan o‘tkazish vositasida jumalistlaming davlat idoralarining fao- 
liyatidan xabardor bo‘lib turish, vaqtida kerakli axborotlar olish ham- 
da ulami tezkorlik bilan jamoatchilikka yetkazish imkonini beradi;
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida hamda fuqaro- 
laming o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlarining brifinglar 
o‘tkazish tartibi bir tomondan davlat organlarining jamoatchilik bi­
lan aloqalarini mustahkamlaydi, ikkinchi tomondan ulaming faoliya- 
ti ustidan jamoatchilik nazoratini o ‘matishga asos bo‘ladi;
- 0 ‘zbekiston respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va ja- 
miyat qurilishi akademiyasi qoshida «Ommaviy axborot vositalari 
xodimlarining malakasini oshirish kurslari»ning tashkil etilishi jur- 
nalistlarimiz, OAV rahbarlarini, jumalistikamizning saviyasini oshi­
rish, jumalistlaming sohaga oid zamonaviy texnologiyalami joriy 
etish, tezkorlik, xolislik, dadillik tamoyillarini qo‘llashni o ‘rganishga 
sharoit yaratadi. Eng muhimi sohaning kadrlar tarkibini kuchaytirish 
imkoniyatini kengaytiradi;
- «Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quwatlash va rivojlan- 
tirish sohasiga mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlar hamda jismo- 
niy shaxslaming mablag‘larini jalb etish tartibi»ning ishlab chiqili- 
shi bir tomondan hozirda iqtisodiy muhtoj lekin vatanparvar ruhdagi 
OAV qaddini tiklashga, erkin va samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun 
qonuniy asos bo‘lib xizmat qiladi, ikkinchi tomondan bu sohada 
boqimandalik, qaramlik, sotqinlik, xiyonat kabi illatlaming oldini 
olishga imkon yaratadi;
- milliy axborot bozorida haqiqiy raqobatni hosil qilish, mono- 
poliya yoki yakka hokimlikka yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rildi.
M e’yoriy hujjatlar OAVni ro‘yxatdan o'tkazishni birmuncha 
soddalashtirish, axborot mahsulotlarini monitoring qilish, tahririyat- 
laming xato va kamchiliklarini o ‘z vaqtida ko‘rsatib, ulami qonun- 
buzarlik illatlaridan saqlab qolish, shu bilan birga jumalistlaming o ‘z 
kasbiy faoliyatlarini qonun talablariga mos ravishda amalga oshirish 
uchun mas’uliyatlarini kuchaytirishni ham nazarda tutadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 16-noyábrdagi 
Farmoni bilan « 0 ‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vo­
sitalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi»
263


tashkil topdi. Undan ko‘zda tutilgan maqsad mamlakatimizda musta- 
qil, o ‘zini o‘zi ta’minlaydigan, zamonaviy demokratik talablarga ja- 
vob beradigan, mulk shaklidan qat’i nazar, har qanday bosma omma- 
viy axborot vositalarini shakllantirish jarayonini qo‘llab-quwatlash, 
ulaming moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkam- 
lashga ko‘maklashishdan iborat qilib ko‘rsatildi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin