ning dastlabki bosqichida sobiq Ittifoqning ko‘pgina mamlakatla-
rida aholining asosiy qismi yoppasiga qashshoqlashgan bir paytda
0 ‘zbekistonda amalga oshirilgan tadbirlar muhim ijtimoiy ahamiyat-
ga ega bo‘ldi. Odamlaming islohotlami jadallik bilan olib borishga
ishonchini kuchaytirdi.
Ayni vaqtda respublikada iste’molchilaming manfaatlarini himo-
ya qilishning mutlaqo yangi tizimiga o ‘tishga tayyorgarlik ishlari olib
borildi. Yangi tizimning mohiyati ichki narxlarni jahon narxlari daraja-
siga tez tenglashtirib olish va aholining daromadlarini shunga muvofiq
ravishda oshirishni ko‘zda tutadi. Bunday islohot sharoitida ijtimoiy
himoyaning yangidan-yangi shakllarini qidirib topishni taqozo etadi.
Jumladan, milliy valyutani muomalaga kiritish, uning ichki alma-
shuvini ta’minlash sohasida amalga oshirilgan tashkiliy va iqtisodiy
chora-tadbirlaming ko‘rilishi, ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Mamlakatda ichki bozomi, xalqimiz manfaatlarini faqat baquv-
vat milliy valyutagina himoya qilishi mumkin, degan qat’iy xulosaga
kelindi. Buning uchun milliy valyutamiz, asosan, o ‘zimizda ishlab
chiqarilgan zarur miqdordagi tovar bilan, keng eksport faoliyati hi-
sobiga to ‘plangan salmoqli valyuta-zaxiralari bilan mustahkamlan-
gan bo‘lishi kerak edi.
Milliy valyuta joriy etilgach, islohotlar birinchi bosqichining
oxirlariga kelib (1995-yil), oziq-ovqat mahsulotlarini me’yorlangan
tarzda sotishdan butunlay voz kechish va erkin narxlarga o‘tish im-
koniyati tug‘ildi.
Erkin narxlarga esa «esankirashlarsiz» o ‘tishga muvaffaq
bo‘lindi. Buni 0 ‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar birinchi bosqichi
ning muhim natijasi, deb baholash mumkin.
Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab aholining kam ta’min-
langan qismini qo‘llab-quvatlash borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar,
ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning muhim yo‘nalishlaridan biri
bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: