Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Sog‘liqni saqlash
Respublikada mustaqillikning birinchi yillarida Sog‘liqni saq­
lash tizimini yangi ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlarga javob beradi- 
gan hamda zamon talablariga mos keltirish uchun tibbiy muassasalar 
tizimini qayta o ‘zgartirish, birlamchi tibbiy yordamni rivojlantirish, 
tibbiyot xodimlarini tayyorlash, onalar va bolalar sog‘lig‘ini muho- 
faza qilish, aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklaming oldini olish, tibbi­
yot muassasalarini moliyalashtirish, nodavlat xususiy tibbiy tizimni 
kengaytirish va chet davlatlar bilan aloqalami kuchaytirib, tibbiyot 
fanini rivojlantirish ishlariga alohida ahamiyat berildi.
1992-yilning mart oyida Sog‘liqni saqlash vazirligining hay’at 
yig‘ilishida respublikada Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishning 
asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi. 1996-1998-yillarga mo‘ljallangan 
majmuaviy dastur, 1999-yil 14-yanvar kuni « 0 ‘zbekiston Res­
publikasi sogiiqni saqlash tizimida boshqarishni takomillashtirish 
to‘g ‘risida» Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Mustaqillik yillarida «OITS bilan kasallanishning oldini olish 
to‘g ‘risida» (14.06.91-y.), «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘ri- 
sida» (03.07.92-y.), «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g ‘risida»
2 8 2


(29.08.96-y.), «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida» 
(25.04.97-y.), «Odamning immunitet tanqisligi virusi to‘g‘risida»gi 
(19.08.99-y.) 0 ‘zbekiston Respublikasining qonunlari qabul qilindi.
0 ‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimining aso- 
siy vazifasi sifatida kasalliklaming oldini olish, xastalami davo- 
lash, yashash muhitini sog‘lomlashtirish kabi yo‘nalishlar belgilan- 
di. Bunda xalq tabobatining boy an’analari, ilm-fan va texnikaning 
ilg‘or yutuqlari, olim va mutaxassislaming zakovat-u salohiyatiga 
suyanish ko‘zda tutildi.
1991-yilga kelib 0 ‘zbekistonda kasalxona muassasalari soni 
1370 ta edi. Kasalxonalardagi o‘rinlar soni 256,6 mingga, vrachlar 
soni 71,1 mingga yetgan edi. Sovetlar tuzumi davrida sogiiqni saq­
lash tizimi kengaygan bo‘lsa-da, lekin yerga turli xil kuchli ximikat- 
lar solinishi, paxta yakka hokimligi va boshqa ijtimoiy oqibatlar na- 
tijasida aholi orasida kasalliklar ko‘payib ketgan edi. 0 ‘zbekistonda 
har yili 8 millionga yaqin kishi xastaligi tufayli tibbiy muassasalarga 
murojaat etib, shulardan 240 ming kishi yuqumli kasalliklar (shular- 
ning 120 minggi gepatit) bilan og‘rib turdi, ayni vaqtda ulaming 70 
foizi bolalar edi. Go‘daklar orasida o ‘lim hollari bir qadar kamaygan 
bo‘lsa ham, lekin ulaming soni yangi tug‘ilgan har 1000 bola hiso- 
bidan olganda 35,5 nafarga to‘g ‘ri keldi. Har yili o‘rta hisobda 24 
ming bola bir yoshga yetmay o‘lib ketardi. Onalar o‘rtasidagi o‘lim 
ham ancha yuqori edk ya’ni tirik bola tuqqan 100 ming ayol hisobi- 
dan olganda 65,3 taga to‘g‘ri keladigan bo‘ldi. Odamlaming o‘rtacha 
umri jahonning rivojlangan mamlakatlari - Yaponiya, Shvetsiya, Bu- 
yuk Britaniya va boshqalarga qiyosan olganda 8-10-yil kam bo‘lib 
chiqdi.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng aholining salo- 
matligini muhofaza qilish muammolari qaytadan ko‘rila boshlandi. 
Bunda taraqqiyotning ekstensiv yo‘lidan voz kechib, intensiv yo‘lga 
o‘tish, ayni vaqtda sohaga mo‘ljallanadigan mablag‘ni respublika 
aholisining har bir jon boshi hisobidan ajratish; sog'liqni saqlash 
ishining asosiy taomili - profilaktik yo‘nalishni tiklash; onalar va 
bolalar muhofazasini kuchaytirish; tibbiy ta’lim tizimi va kadrlar 
siyosatini isloh qilish; mamlakatda yetarli dori-darmon va tibbiyot 
ashyolari hamda texnik vositalari ishlab chiqaradigan sanoatni vu- 
judga keltirish; sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy texnik 
bazasini yanada yaxshilash; davolash-profilaktika muassasalari- 
ni davlat tasarrufidan chiqarib, mulkchilik shaklini o ‘zgartirisJj. va 
sug‘urta tabobatiga o‘tish asosiy vazifa qilib qo‘yildi. Sog‘liqni saq­
lash ehtiyojlari uchun 1994-yili milliy daromadning 4,1% miqdorida
283


mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, 2000 yilga borib u (baholar o‘zgarishini 
ham hisobga oigan holda) 6,5-7 % ni tashkil etdi.
Bozor munosabatlariga o‘tish sog‘liqni saqlash sohasiga ham 
yangi talablar qo‘ydi. Xususan, m a’muriy-boshqarish sarf-xara- 
jatlarini kamaytirish; kasallaming bir qismini ulaming ahvoliga qa- 
rab kun-u tun emas, balki faqat kunduzgi davolanishga o‘tkazish; 
jarrohlik yordami ko‘rsatishda ish hajmining bir qismini kasalxona- 
dan poliklinikaga ko‘chirish; kasalxonalardagi kam samarali o‘rinlar 
sonini qisqartirish; shartnoma asosida bajariladigan ishlar uchun haq 
olish va boshqa choralar ko‘rildi. Tibbiyot xodimlarining mehnati- 
ga to‘lanadigan haq ham har bir xodimning qo‘shgan hissasiga va 
muassasa ishining oxirgi natijasiga b o g iiq bo‘lib qoldi.
Sog‘liqni saqlash ishining asosiy taomili - profilaktik yo‘nalish- 
dir. Shuni nazarda tutib, ambulatoriya-poliklinikalar faoliyatini ja- 
dallashtirishga, ulaming kasalliklami aniqlash sohasidagi imkoniyat- 
larini kengaytirishga, tibbiy yordam ko‘rsatishning iqtisodiy jihatdan 
foydali yangi shakllarini yaratishga, xususan, oila poliklinikalari, 
kunduzgi kasalxonalar, qatnab davo olinadigan jarrohlik markazlari, 
ambulatoriyada davolashning ixtisoslashtirilgan komplekslari, ma- 
halla kasalxonalari barpo etishga katta e’tibor berildi. Viloyatlarda- 
gi ambulatoriya-poliklinika muassasalarida, ko‘pgina kasalxonalar 
qoshida kunduzgi davolanish imkoniyatlari yaratildi. Ularda o ‘rinlar 
soni 1991 -yildagi 6,6 mingdan 1996-yilda 34,6 minggayetdi.
1996-yil 21-mayda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- 
masining № 182-sonli Qarori bilan 1996-98-yillarda qishloq ijti- 
moiy infrastmkturasini rivojlantirish va 1998-yil 10-noyabrda 
Respublika Prezidenti Farmoni bilan tasdiqlangan 2006-yilgacha 
Sogiiqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi qabul qilindi.
1991-yilda 188400 ta shifo o ‘rinlari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 
2000-yil 1-yanvar kuniga samarasiz ishlayotgan 56600 shifo o‘rinlari 
qisqartirildi. Ulaming o‘mida aholiga qulay va iqtisodiy jihatdan ar­
zón, barcha sharoitlarga ega bo‘lgan 47407 kunduzgi shifo o‘rinlari 
tashkil etildi.
Bundan tashqari 217 ambulator jarrohlik markazlari va 106 ta 
maxsus ambulator davolash komplekslari tashkil qilindi. 1999-yil 
davomida respublikada 5613744 nafar bemor tibbiy muassasalarda 
davolandi.
Birgina 1997-yilda 159 ta qishloq-tibbiyot punkti ishga tushi- 
rildi, 1,5 ming bemorga moijallangan shifoxonalar qurildi. 202 ta 
tibbiyot muassasasi qishloq tibbiyot punktlariga aylantirildi.
Aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish ko‘p jihatdan davlat sani-
2 8 4


tariya-epidemiologiya xizmati faoliyatiga bog‘liq. 0 ‘zbekistonda 
sanitariya-epidemiologiya stansiyalari va aholi o‘rtasida sog‘lom 
turmush tarzini shakllantirishning tashkiliy-metodik va muvofiqlash- 
tiruvchi ishlami olib boradigan «Salomatlik» markazlari bu vazi- 
fani amalga oshira boshladi. 1991-yili Toshkentda diagnoz qo‘yish 
bo‘yicha respublika aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi «Diagnostika» 
markazi ishga tushirildi.
Aholi sogiig'ini tekshirib turish va yuqumli hamda yu- 
qumsiz kasalliklar bilan og‘rish hollarini nazorat qilish, noqu- 
lay ijtimoiy muhit omillarini bartaraf etish, ayniqsa, atrof-muhitni 
sog‘lomlashtirish tadbirlari izchil bajarib turildi. Chunonchi, 1995- 
yil oxiriga kelganda katta yoshlilar, o‘smirlar, bolalar dispanser na- 
zoratida bo‘ldi. Ishchilarga davolash-profilaktika xizmati ko‘rsatish, 
xususan, sanatoriy-profilaktoriylar tarmog‘i kengaytirildi. Respubli­
ka «Salomatlik» markazi, uning viloyatlar va shaharlardagi shoxob- 
chalari radio va televideniye hamda matbuotdan foydalangan holda 
aholi o ‘rtasida sanitariya-gigiyenaga oid bilimlami keng targ‘ib qilib 
bordi. Toshkentda oliy va o‘rta tibbiy o ‘quv yurtlari uchun darslik 
va o‘quv qoTlanmalari, tibbiyotga oid ilmiy asarlar, vrachlar uchun 
amaliy qoTlanmalar, sanitariya maorifi bo‘yicha ommabop tibbiy 
adabiyotlar, lug‘at va maTumotnomalar nashr etadigan «Ibn Sino» 
nomidagi nashriyot ishlab turibdi. 1991-yildan ommabop «Sihat- 
salomatlik» jumali nashr etildi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin