lat budjetidan qo‘shimcha ravishda 10 milliard so‘mdan ortiq mab-
lag‘ ajratishni talab qiladi. Buning hisobidan yil davomida yana 100
ming kam ta’minlangan oila oylik moddiy yordam olish imkoniga
ega bo‘ladi. Ayni vaqtda moddiy yordam to‘lash muddati ikki bara-
var - 3 oydan 6 oygacha uzaytirildi.
2008-yilda 0 ‘zbekistonda ijtimoiy maqsadlar uchun davlat bud
jetidan ajratiladigan mablag1 laming
umumiy hajmi barcha budjet
xarajatlarining 55 foizini tashkil etadi, bevosita kam ta’minlangan
oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish uchun esa budjetning 9 foizga
yaqin qismi (460 milliard so‘m) sarflanadi. Bu ko‘rsatkich ushbu
maqsadlar uchun xarajatlar umumiy budjetining 2 foizdan 5 foiz-
gachasini tashkil etadigan MDHning boshqa davlatlari va dunyoning
ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlaridagiga qaraganda ancha yuqo-
ridir. 2008 yilda hammasi bo‘lib oilalaming 28 foizini ijtimoiy na-
faqalar va moddiy yordam to’lovlari bilan ta’minlash
nazarda tutil-
moqda.
Shuningdek, Farmonda ehtiyojmand oilalarga davlat tomonidan
ijtimoiy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini amalga oshirishda fuqa-
rolaming o ‘zini o‘zi boshqarish organlari rioya etishi lozim boigan
asosiy tamoyillar yanada takomillashtirildi. Bu, awalambor, ijtimo
iy adolat, xolislik va oshkoralik tamoyillariga qat’iy amal qilish,
moddiy yordamni haqiqiy ehtiyojmand oilalarga berish,
ajratilgan
mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishdan iborat.
Pensionerlar, *yolg‘iz qariyalar va nogironlarga ijtimoiy yor
dam ko‘rsatish xizmati xodimlarini moddiy va m a’naviy rag‘bat-
lantirishga katta e’tibor berilgan. Farmonda tibbiy-ijtimoiy muassa-
salar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish fondi miqdorini 15 foizdan
25 foizgacha oshirish, «Muruwat» bolalar intemat-uylari tarbiyachi-
lari, o‘quv-yordamchi xodimlar va sanitarlar ish haqini o‘rtacha 10
foizga ko‘paytirish belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, nogiron bolalar
bilan olib boriladigan o ‘quv-tarbiya ishlari sifatini oshirish maqsadi-
da «Muruwat» intemat-uylari tarbiyachilari uchun ish me’yori 3 ba-
ravar, ya’ni har bir tarbiyachi uchun 15-18 nafar boladan 5-6 nafar
bolaga kamaytirildi, bu esa xalqaro me’yorlarga to‘liq javob beradi.
Bundan
tashqari, 2007-yildan boshlab
nogironlarga uyda xiz-
mat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlar va pedagoglarga jamoat trans-
portida yo‘l haqi xarajatlari uchun har oyda 12420 so‘mdan 18630
so‘mgacha kompensatsiya to‘lash joriy qilinadi. Bu maqsadlar uchun
2007-yilda budjetdan qo‘shimcha 2 milliard so‘mdan ziyod mablag4
ajratildi.
Yolg‘iz fuqarolar, qariyalar va nogironlarga ijtimoiy xizmat
281
ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida Farmonda qariyalar va nogi-
ronlar uchun intemat-uylari, urush va mehnat faxriylari sanatoriylari,
nogironlar reabilitatsiya markazlarining moddiy-texnika ta’minotini
yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan. Bu ehtiyojlar
uchun, aw al ko‘zda tutilgan mablag‘larga qo‘shimcha ravishda, 9,5
milliard so‘m, shu jumladan budjetdan 5,2 milliard so‘mdan ortiq,
budjetdan tashqari manbalar hisobidan esa 4,3 milliard so‘m ajratil-
gan.
Bundan tashqari, «Mehribonlik» uylari va ixtisoslashgan
maktab-intematlami kapital ta’mirlash, jihozlash va ularga maxsus
transport sotib olish uchun avval ko‘zda tutilgan moliyalash hajm-
lariga qo‘shimcha ravishda budjetdan 8,2 milliard so‘m ajratish
mo‘ljallanmoqda.
Xullas, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining amal-
ga oshirilishi aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchay-
tirishni ta’minlaydi, qo‘shimcha ijtimoiy himoya choralariga muh-
toj kam ta’minlangan oilalar va fuqarolaming
farovonligini oshirish
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi hamda «Ijtimoiy himoya yili» Dav-
lat dasturi chora-tadbirlarini to iiq amalga oshirishda muhim omil
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: