tatbiq etish yuzasidan ham tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bi
lan o‘zaro hamkorlik qilish chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Bu borada yana shuni aytish kerakki,
davlatimizning iqtisodiy
salohiyati osha borgani sari uning xalqparvarlik siyosati yanada ku-
chayib bordi. 1995-yil 20-dekabrda qabul qilgan «Aholining omo-
natlardagi va davlat sug‘urtasi bo‘yicha pul mablag‘larini indeksatsi-
ya qilish to‘g ‘risida»gi Farmoni ana shunday insonparvar siyosatning
yorqin dalili bo‘ldi. Farmonga binoan 1992-yilning yanvariga qadar
jam g‘arma bankiga pul qo‘ygan millionlab fuqarolaming mablag‘lari
qaytarib berildi. Farmon asosida Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror
qabul qildi. Mazkur Farmon va qaror vatanimizda yashayotgan bi-
ronta keksa-yu yoshni befarq qoldirmadi.
5
milliondan ortiq omonatchilar, o‘z pullarini qaytarib oladigan
bo‘ldi.
Shuni alohida aytish kerakki, Mustaqillikning birinchi kunidan
boshlab, hukumatimiz ijtimoiy hayotni
yaxshilashga qaratilgan har
bir chora-tadbimi o ‘z vaqtida amalga oshirib, xalq oldida bergan
va’dasini qat’iy ravishda bajarib keldi.
Indeksatsiyalangan pul mablag‘larining 1996-yil 1-iyuldan fu-
qarolarga qaytarila boshlagani ham ushbu insonparvar siyosatning
yorqin namunasidir.
1994-yilga kelib aholining real pul daromadi mamlakat bo‘yicha
1989-yilga nisbatan qariyb 2 barobar pasayib ketdi.
1997-99-yillarda davlatning daromad
siyosati mamlakat umu-
miy iqtisodiy rivojlanishi darajasini hisobga oigan holda aho-
li daromadini ko‘paytirish, inflatsiya darajasini tushirish, qishloq
xo‘jaligidagi
islohotlami chuqurlashtirish, tadbirkorlikning barcha
turlarini, o‘rta va kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan.
Ijtimoiy himoya siyosatini izchil va tadrijiy rivojlantirish orqali
keyingi yillarda ham diqqatga loyiq ko‘rsatkichlarga erishildi. Buni
quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: