verenitetini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy barqarorlikni
ta’minlash tamoyillari o ‘rtaga tashlandi. Bir qator xalqaro tashkilot-
lar bilan hamkorlikni mustahkamlash yo‘li tutildi. Milliy xavfsizlik
masalasidagi davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo‘ljallangan
strategiyasi ilk bor mamlakat Oliy Majlisining 1995 yil 24-fevralda
bo‘lib o‘tgan birinchi sessiyasida Prezident I. Karimov tomoni-
dan aniq va batafsil yoritib berildi. Unda j ahonda yuz bergan yan-
gi siyosiy-iqtisodiy voqelikdan so‘ng, davlatlararo munosabatlar
muxoliflikka emas, balki xalqaro huquqiy
me’yorlarga
mos yangi
tartibotga asoslangan bo‘lishi kerakligi to‘g ‘risidagi g‘oya ilgari
surildi. Milliy xavfsizlikning keng qamrovli konsepsiyasini ishlab
chiqish, uning huquqiy asosini belgilovchi qonunlar yaratish zarurli-
gi ko‘rsatib berildi.
Ana shu ko‘rsatmalardan kelib chiqib mamlakatimizda ilk
marta 1996 yil 24-aprelda Oliy Majlisning beshinchi sessiyasida
m a’qullangan to‘rt bo‘lim, yigirma sakkiz moddadan iborat bo‘lgan
«Milliy xavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi muhokama qi-
lindi. Milliy xavfsizlik tizimini shakllantirish, milliy xavfsizlikni
ta’minlash borasidagi vazifalar va ulami amalga oshirish prinsiplari-
ni huquqiy normalarda belgilab beradigan, butunlay yangicha hujjat
sifatida ko‘rib chiqildi. 1997 yil avgust oyida Oliy Majlisning IX
sessiyasida 0 ‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsep-
siyasi qabul qihndi.
Xorij tajribasida milliy xavfsizlik deganda ko‘proq davlat xavf-
sizligi tushuniladi. Bu borada ham 0 ‘zbekiston o‘ziga xos yo‘liga
ega. Chunonchi, masalaga bunday yondashuv milliy xavfsizlik mu-
ammosining mohiyatini birmuncha toraytiradi. To‘g‘ri, milliy xavf-
sizlikda harbiy va davlat xavfsizligi masalalari asosiy o‘rin tutadi.
Biroq, milliy xavfsizlik deyilganda faqat ana shulaming o‘zigina
tushunilmaydi. Mamlakatimizning hayotiy muhim manfaatlari loyi-
hada belgilanganidek,
Dostları ilə paylaş: