Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

birinchidan, 
shaxsning huquqlari va erkinliklari;
ikkinchidan, 
jamiyatning moddiy va m a’naviy boyliklari;
uchinchidan, 
davlatning Konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, 
hududiy yaxlitligidan iboratdir.
Tarixga nazar solsak, fuqarolari haq-huquqsiz, jamiyatining 
moddiy va m a’naviy boyliklari poymol qilingan, suvereniteti va o‘z 
hududini qo‘riqlay olmagan har qanday tuzum oxir-oqibatda inqiroz- 
ga yuz tutgan. 

Sobiq tuzum davrida milliy xavfsizlik haqidagi masalani o‘rtaga 
qo‘yishning o‘zi aqlga sig‘masdi. Chunki bunday sohani qonun bi-
303


lan tartibga solishdan davlat manfaatdor emas edi. Qonun esa de- 
mokratik prinsiplarga to‘liq javob beradi hamda maqsadga erishish 
uchun har qanday vositadan hazar qilmaydigan eski totalitär aqidani 
qat’iyan rad etadi. Uning qator moddalarida ta’kidlanganidek, milliy 
xavfsizlikni ta’minlashdagi har qanday faoliyat faqat Konstitutsiya
Qonun va xalqaro huquq normalariga asoslangan boiishi kerak.
«Milliy xavfsizlik to‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qo- 
nuni mamlakatimizda o‘ta murakkab va serqirra ijtimoiy munosabat- 
lami tartibga solish uchun mo‘ljallangandir.
M a’lumki, XX asming so‘nggi yillari jahon taraqqiyotida buri- 
lish yasadi. Bu mavjud ikki siyosiy tuzum o‘rtasidagi raqobatning 
yo‘qolishi, yangicha ijtimoiy-siyosiy jarayonlaming vujudga keli- 
shi bilan bevosita bogiiq. Jumladan, sobiq Ittifoqning tarqalishi ja ­
hon siyosatida shaklan va mazmunan yangi bosqichni boshlab berdi. 
Mafkuraviy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan ikki qarama-qarshi blök 
ta’sirida shakllangan qurollanish poygasi, harbiy zo‘ravonlik, milliy 
xavfsizlik tushunchalari butunlay o ‘zgara bordi.
Ko‘pchilik xalqaro tashkilotlar ham ana shu ikki tuzum siyosa- 
ti, ulaming o ‘zaro raqobati avj oigan davrlarda vujudga kelgan va 
mazkur ijtimoiy siyosat jarayonlari qobig‘idan chiqib ketolmayotgan 
edi. Ular o ‘z mavqeini saqlab turishga va ta’sirini o‘tkazish o ‘miga 
ko‘proq, hech bo‘lmaganda, ikki qarama-qarshi tomonning muvoza- 
natini muvofiqlashtirib turishgagina qodir edi, xolos. Shuning uchun 
ham mazkur tashkilotlaming faoliyati birmuncha sust, yuzaki tartib- 
qoidalar doirasida qolib ketgan edi.
Shunday sharoitda xalqaro huquqiy me’yorlar va boshqa bir qa­
tor qonun-qoidalami qaytadan ko‘rib chiqish, yangicha qarashlar va 
yangicha tafakkur asosida umumjahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlar 
yo‘nalishini butunlay yangi o ‘zanga burib yuborish lozim edi. Buni 
Prezident I. Karimov 0 ‘zbekiston rahbari sifatida his qila oldi va ja ­
hon siyosiy maydonida har tomonlama asoslangan xavfsizlik tamo- 
yillarini o ‘rtaga tashladi.
0 ‘zbekiston o ‘z mustaqilligining tarixan juda qisqa davrida ja ­
hon siyosatiga salmoqli ta’sir o ‘tkazdi. Jahon siyosati yo‘nalishlarida 
uning o‘ziga xos tamoyillari, yondashish usuli, ijtimoiy-siyosiy ja ­
rayonlar borishini yo‘naltirib turishdagi uslubi vujudga keldi. Buni 
qo‘shni mamlakatlardagi vaziyat bilan qiyoslash asosida yaqqolroq 
ko‘rish mumkin.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin