Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


«Dunyo qariyb yuz yil davomida unutib qo‘ygan



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«Dunyo qariyb yuz yil davomida unutib qo‘ygan
jug‘rofiy siyosiy makon bugungi kunda o‘zining yangi sifatini
ko‘rsatmoqda va bu siyosiy sharoitda kutilmagan o‘zgarishlarni
keltirib chiqaradi. Ayni paytda bugungi kunda ko‘pgina mamla-
katlarning siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini jalb etayotgan Mar­
kaziy Osiyo uiarning tashqi siyosat y o ii strategiyasini shakllan-
tirishda muhim va hal qiluvchi unsur bo‘lib qolmoqda», 
- dedi.
Darhaqiqat Markaziy Osiyoda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlar, uning siyosiy-jugYofiy o‘mi, iqtisodiy va ma’naviy imko- 
niyatlari jahon hamjamiyatini istiqbolga yangicha munosabatlar bi­
lan qarashga, dunyo ahlini o ‘ziga ham, olamga ham tiyrakroq nazar 
tashlashga majbur etmoqda. Prezident I. Karimov ta’kidlaganidek, 
«biz yashayotgan dunyo torgina emas, juda murakkab ekanligini id- 
rok qilmasdan turib bu muammolami hal qilish ancha qiyin». Bu 
bilan u endi biz yashayotgan olam xuddi hozirgacha o‘ylaganimiz 
singari jo ‘n, oddiy emasligini, bu juda keng va rang-barang, niho- 
yatda murakkab va ziddiyatli dunyo haqida shunchaki fikr yuritib 
bo‘lmasligini anglashga, har bir davlat arbobining kundalik tashvishi 
butun olam va odamlar tashvishi bilan bog‘liqligini unutmaslikka 
chaqirmoqda.
3 0 8


Qariyb yuz yil mobaynida bir xil tarixiy, ijtimoiy-siyosiy ja- 
rayonlar ta’sirida yashab, olam ahli, jumladan siyosatdonlar ham 
qariyb bir xil fikrlashga o ‘rganib qolishgan edi. G ‘arb-u Sharq 
o‘rtasidagi dahanaki janglar, ikki qarama-qarshi siyosiy tuzum va 
mintaqalararo zo‘ravonlik jazavalari avj oigan yillarda dunyo taq- 
diri ham, Yer shari istiqboli ham, olam-u odamlar tashvishi ham 
ba’zan unutilganday edi. Ular nuqul qandaydir siyosiy nufuzlar, 
olamga egalik qilish da’volari, ma’naviy ustuvorlik dard-u o ‘ylari 
bilan yashashardi. Hayot esa odamlar turmushi, ulaming kechinma- 
lari hamma vaqt, hamma narsadan baland ekanligini ko‘rsatib berdi.
0 ‘zbekiston rahbarining jahon siyosatiga ta’siri, uning o ‘ziga 
xos novatorlik kuchi shundaki, quruqlikning qariyb ikkidan birini 
egallagan juda keng mintaqada - sobiq Ittifoq va Osiyo mamlakat- 
lari rahbarlari o‘rtasida g‘oyat o ‘ktamlik va uddaburonlik bilan eski- 
cha qarashlar qobig‘ini sindirib tashladi. Olamga, hayotga, dunyo- 
ning murakkab va chigal jarayonlariga nihoyatda tiyrak nigoh bilan 
qaradi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1995-yil 15-16-sentabrda 
Toshkentda o‘tkazilgan seminar-kengashida so‘zlagan nutqi ana shu 
qarashlar va yangicha tafakkuming mahsuli bo‘ldi. 1997-yil sentabr- 
da esa «Markaziy Osiyo - yadrosiz zona» nomli xalqaro konferensi- 
ya o‘tkazildi.
0 ‘zbekiston rahbari har qanday mojarolar oldini olishning yagona 
yo‘li - donishmandlik, aql-idrok, masalalarga tiyraklik bilan qarash, 
chuqur mushohadakorlik, turli qarama-qarshi guruhlar va doiralaming 
bir stol atrofida to‘planib, hamjihatlikda fikrlashib olish hamda eng 
to‘g‘ri, eng oqilona va adolatli mulohazalarga mard bo‘lib yon berish 
ekanini uqtirdi. Bu jahon taraqqiyotida muhim bosqich boiadigan va 
yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlaming sifat o‘zgarishiga olib 
keladigan voqelikdir. Chunki, uzoq yillar mobaynida shakllangan 
davlatlararo xudbinlik kayfiyati, zo‘ravonlik va tazyiqga asoslangan 
hukmronlik, do‘q-po‘pisa yo‘li bilan ayrim mamlakatlar ravnaqiga 
to‘sqinlik qilish ruhiyati hamon mavjud. Tamoyilga aylangan bun- 
day nuqsonlarga barham berish, muzokaralarda faqat umumjahon 
manfaatlariga tayanish fazilatlarini kuchaytirmay bir narsaga erishib 
boim aydi. Ana shunday xulosalardan kelib chiqib Prezident I. Kari­
mov quyidagi tamoyillami o ‘rtaga tashlaydi:
- nizolami bartaraf qilishning bosqichma-bosqichligi;
- barcha manfaatdor tomonlaming muzokara jarayonida ishtirok 
etishi;
- tomonlaming bir-biriga yon berishi va murosa yo‘li bilan bir- 
biri tomon yaqinlashuvi;
3 0 9


- bu jarayonda BMT, YXHT, IHT va boshqa xalqaro tashkilot- 
laming faol ishtirok etishi va homiylik qilish;
- har bir mamlakat hududiy yaxlitligining saqlanishi;
- qay shaklda bo‘lmasin, tashqaridan ta’sir o‘tkazish va arala- 
shuvga yo‘l qo‘yilmasligi;
- mahalliy mojarolar zonalariga qurol yetkazib berishni 
qat’iyan taqiqlab qo‘yish.
Ko‘rinib turibdiki, 0 ‘zbekiston rahbarining jahon hamjamiyati 
diqqatiga havola etayotgan bu tamoyillari xavfsiz dunyoga inti- 
lishning eng to‘g ‘ri yo‘lidir. Ayni paytda, dunyo taqdiriga befarq 
qaraydigan, insoniyat tashvishidan qalbi jarohatlanmagan insonni 
topish qiyin. Zotan, yerning u burchidan otilgan o ‘q sayyoramiz- 
ning bu burchagida yashayotgan odam hayoti uchun xavfsiz ekan- 
ligiga hech kim kafolat bermaydi. Chunki, bu ikki shaxs o‘rtasidagi 
kelishmovchilik singari oddiy hodisa emas, balki davlatlararo, min- 
taqalararo zo‘ravonlik bo‘lib, Yer yuzining xohlagan nuqtasiga xavf 
solishi, mamlakatlaming siyosiy, huquqiy daxlsizligini, suverenite- 
ti va to‘la mustaqilligini inkor etishdan tortib, inson huquqlarini 
poymol etishi, uning yashash huquqidan mahrum etishi hech gap 
emas. Ayniqsa, tayoq va tosh bilan qilinadigan urushlar davrida 
emas, qit’alararo tezuchar ommaviy qirg‘in qurollari, inson zurriyo- 
ti va jamiki tiriklikka xavf-xatar soluvchi biologik yaroqlar asrida 
yashayotganimiz nazarda tutilsa, uning mazmun-mohiyati yana ham 
chuqurroq anglanadi, yorqinroq ko‘zga tashlanadi.
0 ‘zbekiston rahbari tasawuridagi xavfsiz dunyo xatardan bu- 
tunday xoli bo‘lgan, hech qanday shubha va qo‘rquvga asos qolma- 
gan tarzda yashash kabi eng oliy qadriyatdir. Shuning uchun ham 
u xavfsizlik deganda yoki milliy xavfsizlik tushunchasini belgila- 
yotganda faqatgina harbiy soha bilan chegaralanmay, uning siyo­
siy, iqtisodiy, m a’naviy va harbiy bo‘lmagan boshqa jihatlarini ham 
anglashga da’vat etadi. Bu siyosiy-iqtisodiy islohotlaming samara- 
dorligini to‘la-to‘kis ta’minlashdan tortib, narkobiznes va terrorizm, 
mintaqaviy va umumjahon hamkorliklaming turli sohalarigacha 
bo‘lgan rang-barang olamning rang-barang muammolariga kengroq 
qarashni talab etadi. Bulaming barchasi xalqaro tashkilotlar, ayniq­
sa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Ham- 
korlik Tashkiloti, Islom Konferensiyasi Tashkiloti, Mustaqil Davlat- 
lar Hamdo‘stligi singari nufuzli tashkilotlar faoliyatini kuchaytirish, 
ulaming o ‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish - zarurat ekanligini 
ko‘rsatib beradi.'
0 ‘zbekiston rahbarining mamlakatda amalga oshirilayotgan is-
3 1 0


lohotlar singan xalqaro siyosat va milliy xavfsizlik masalasiga ham 
o'ziga xos yondashuvi bor. Jumladan u:
- davlat siyosatini har bir oila, har bir shaxs tinchligidan tor- 
tib butun mamlakat, mintaqalararo va qit’alararo munosabatlami 
yaxlit, bir butun holda his qiladi. Eng insonparvar siyosatni eng 
tinchliksevar siyosat bilan uyg‘un holda tushunadi va ana shu 
mushtarak tushunchalaming tantanasi uchun kurashadi;
- jahon siyosatining eng ilg‘or tajribalarini o‘z vaqtida 
o‘rganadi, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borishini to‘g‘ri kuzatadi, 
to‘g‘ri tushunadi, to‘g ‘ri baholaydi. Ulami tahlil etishda adashmaydi. 
Shuning uchun dunyo siyosatchilari uni e’tibor bilan tinglashadi, har 
bir taklifning yangiligiga va o‘ziga xosligiga qiziqish bilan qarashadi 
hamda yuksak baholashadi;
- vaqt o‘tgani sari odamlar ruhiyati yangilana boradi. Bunday 
ma’naviy-ruhiy o‘zgarishlar bevosita jahon siyosatini ham yangicha 
mazmun bilan boyitadi. Bu - tabiiy hodisa. Ana shu holatlami o ‘z 
vaqtida anglab, zamonaviy mulohaza yuritish asosida davlat boshqa- 
ruvi va jahon siyosati yo‘nalishlarini isloh qila borish, ulami yangi 
o‘zanga burish, yangicha shakl va mazmun bilan boyitish fazilati 
siyosatchi uchun noyob iste’doddir. Prezident Islom Karimov esa 
o‘zining ana shu xislatlari bilan jahon siyosatdonlari orasida yuksak 
mavqega ega bo‘lmoqda.
Darhaqiqat? XXI asr har bir davlat rahbaridan faqat o‘z mam- 
lakati va xalqi doirasidagina emas balki tor «mahalliy» doiralardan 
keng dunyoviy maydonga chiqishni, mamlakatning kundalik tash- 
vishlariga o‘ralashib qolmaslik, olam minbarlaridan turib dunyo 
kengliklariga nazar tashlashni va shu asosda dunyoviy muammolar 
hamda xalqaro masalalami hal etishning umuminsoniy va Yer kur- 
rasining istiqboliga daxldor bo‘lgan keng miqyosli fikrlash tarzini 
taqozo etadi. Bulaming barí yangi dunyo va yangi yuz yillikning ja­
hon siyosatiga olib kirayotgan g‘oyat insonparvar, hayotiy va ezgu- 
likka tayangan, dunyo siyosatining yangi madaniyat darajasini belgi- 
lay digan omillaridan biri.
Prezident Islom Karimov dunyoviy jarayonlami doimiy ravishda 
kuzatadi. Olis istiqbolga katta umid va ishonch bilan qaraydi. Ayni 
paytda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borishini, ulaming 
kelib chiqish manbalarini ancha oldindan his qiladi va ulaming na- 
tijalarini, salbiy yo ijobiy xulosalarini ko‘plardan oldinroq ilg‘aydi, 
oldinroq qarorga keladi. Bulaming barí uning keng qamrwvli tafak- 
kur egasi ekanligini, voqealarga donishmandlik bilan yondashishi- 
dan darak. Shu nuqtayi nazardan 0 ‘zbekiston rahbari I. Karimov-
311


ning 1996-yil 2-3-dekabr kunlari Lissabonda YXHTga a’zo davlatlar 
boshliqlari uchrashuvida ko‘targan dolzarb masalalari jahonda yangi 
xavfsizlik modelini yaratishga qo‘shilgan munosib hissa bo‘ldi.
I. Karimov ushbu uchrashuvda faqat Yevropadagina emas, 
balki butun dunyoda vaziyat va kuchlar nisbatining tez o‘zga- 
rayotgani yangi mustaqil davlatlaming maydonga chiqayotgani
hozirgi davrda xalqlar va davlatlar barqarorligini ta’minlash XXI 
asr bo‘sag‘asida xavfsizlikning yangi modelini ishlab chiqish 
uchun yangi yondashuvlami izlashni qat’iyan taqozo qilayotganli- 
gini alohida ta’kidladi.
Xavfsizlik masalasida 0 ‘zbekiston munosabatini bildirar ekan,

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin