Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


I.  Karimov  «O‘zbekiston YXHTning asosiy tomoyillaridan biri



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

I. 
Karimov 
«O‘zbekiston YXHTning asosiy tomoyillaridan biri
boigan xavfsizlik yaxlitligini to‘la qo‘llab-quwatlaydi.
Xavfsizlikning, shu jumladan Yevropa Xavfsizligining che-
garasi yo‘q. Shunga asoslanadigan bo'lsak, bizning nazarimizda
YXHTning o‘rni va ahamiyati agar joiz bo‘lsa mas’uliyati, Yev­
ropa doirasi bilan chegaralanib qolmasligi kerak, balki, uning
tashqarisidan kelayotgan mavjud xavfni ham hisobga olishi lo-
zim.
Bu Markaziy Osiyo mintaqasining jug‘rofiy strategik holla-
rini, uning salohiyatini ulkan xomashyo va insoniy resurslarini,
shuningdek, tez rivojlanadigan bu mintaqada sodir bo‘layotgan
xavfsizlik uchun xavf-xatarni hisobga olgan holda YXHT bu
yerda o‘z faoliyatini yanada kuchaytirishi tarafdorimiz», 
- de- 
gan edi.
1995-yil 1-mayda Prezident Islom Karimov « 0 ‘zbekiston Res- 
publikasining milliy xavfsizlik kengashi to‘g ‘risida» Farmon qabul 
qildi. Ushbu Farmonga ko‘ra, birinchi chaqiriq 0 ‘zbekiston Respub- 
likasi Oliy Majlisi birinchi sessiyasining qarorlariga muvofiq mil­
liy xavfsizlik masalalari bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va 
muvofiqlashtirish lozim, deb topildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida milliy xavfsizlik 
kengashi, xavfsizlikni ta’minlash sohasida davlatning ichki va tashqi 
siyosati masalalari bo‘yicha maslahat organi tashkil etildi.
Shubhasiz, yuqoridagilar 0 ‘zbekistonda milliy xavfsizlikni 
ta’minlash va barqarorlikni saqlab turishning ishonchli omili bo‘lib 
xizmat qildi.
Ayniqsa, 0 ‘zbekistonda bugungi kunda milliy xavfsizlik, ijti- 
moiy-siyosiy barqarorlikning ta’minlanishini Prezident I. Karimov 
tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosat natijasi, deb bil- 
moq kerak.
312


SSSR nomi bilan bog‘liq bo‘lgan «sovuq urush» siyosati bar- 
bod bo‘lgach, insoniyat hayotiga tahdid soladigan, uni tanazzulga 
olib boradigan, olamshumul taraqqiyot yo‘lini bo‘g ‘adigan yangi 
omillar vujudga kelishi mumkinligini, bu tabiiy ekanligini, inson 
tafakkuri va uning fe’l-atvoridan kelib chiqadigan mantiqiy hodi- 
saligini birinchi b o iib 0 ‘zbekiston rahbari Islom Karimov ayt- 
gan va uni dunyo minbaridan turib o‘rtaga tashlagan edi. 0 ‘sha 
paytlarda kimlardir bu g‘oyalarga ishonmadi, kimlardir shunchaki 
yo‘l-yo‘lakay aytilgan gap sifatida qabul qildi. Biroq hayot haqi- 
qati achchiq va shafqatsiz, vaqt - berahm hakam. U bor haqiqatni 
ko‘rsatdi-qo‘ydi!
0 ‘zbekiston rahbarining BMT, YXHT va boshqa bir necha 
o‘nlab tashkilotlar minbarlaridan turib, shuningdek, davlat tashrif- 
lari chog‘idagi uchrashuvlar va suhbatlarda mintaqaviy mojarolar, 
xalqaro terrorizm xavfi xususida bildirgan butunlay yangi g ‘oyalari 
keyinroq, ya’ni 1997-yili yaxlit strategik konsepsiya - « 0 ‘zbekiston 
XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, taraqqiyot kafolatlari va 
barqarorlik shartlari» nomli asar sifatida dunyoga keldi. Jahon ja- 
moatchiligi e’tirofini qozongan ushbu kitob jahon siyosatida favqu- 
lodda yangilik sifatida qabul qilindi va dunyoning bir necha o ‘nlab 
mamlakatlarida taijima qilinib, nashr etildi.
Prezident Islom Karimov ushbu asarida Yer yuzidan «sovuq 
urush» vasvasasi yo‘qoldi, biroq endi mamlakatlararo, minta­
qaviy nizolar, ma’lum bir hududlar o‘rtasidagi kelishmovchilik- 
lar butun dunyo taqdirini belgilaydigan ulkan xavfga aylanishi 
mumkin, degan tashvishni bildirgan edi. Afg‘oniston voqealari va 
Tojikistondagi xunrezliklar misolida gapirib, bunday salbiy ho- 
disalar Yer sharining turli mintaqalarida turli shakllarda va turli 
maqsadlarda yuz berishi mumkinligini, bular qanday shaklda va 
maqsadlar yo‘lida vujudga kelmasin inson va insoniyat, odam va 
olam taqdiriga tajovuz ekanligini, u bilan mutlaqo murosa qilib 
bo‘lmasligini ko‘rsatib o ‘tgan edi.
Darhaqiqat, Afg‘onistonda urush boshlangan kunlari tug‘ilgan 
chaqaloq bugun navqiron yigit bo‘lib voyaga yetdi. Uning ko‘rgani 
o ‘lik, qon, jarohat va yovuzlik boidi. Jajji qo‘llari o‘lik ushlab, 
tetapoya oyoqlari bilch-bilch qon bosib o ‘sdi. Maktab ko‘rmadi, 
m a’rifat nima bilmadi, kitob o ‘qimadi, qalam ushlamadi! Ushlaga- 
ni - o ‘q-dori, qurol-yarog‘, o ‘ylagani - yovuzlik bo‘ldi! Hayotda 
hundan battar jaholat bormi? Jaholatning mezonlari, 
0
‘J^hovlari, 
miqyoslari, chegaralari bormi? Kim uni belgilay oladi? Agar bu­
tun millat farzandlari yillar mobaynida shu alpozda tug‘ilsa-yu
313


shu alpozda tarbiyalansa, millat taqdiri, uning istiqboli qanday 
bo‘ladi? Kim bunga javob bera oladi? Tarix oldida, millat oldida
o ‘tmish ajdodlari va kelgusi avlod oldida, umuman kelajak oldi­
da kim o‘zini ko‘rsata biladi va qanday javob beradi? Prezident 
Islom Karimovning yuqoridagi gaplarida xuddi ana shunday ach- 
chiq va hayotiy haqiqat yotadi.
Ana shu xulosalardan kelib chiqib, 0 ‘zbekiston rahbari bundan 
bir necha yil oldin 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin