Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


«Iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«Iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay,
bundan keyin ham harbiy salohiyatni ta’minlash uchun - zarur
mablag‘ ajratishni davom ettiraveradi».
0 ‘zbekiston Qurolli Kuchlari qat’iy, bosqichma-bosqich reja 
asosida, tasdiqlangan dasturga muvofiq shakllana bordi. U mamlaka- 
timiz davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini mustahkam himo- 
ya qilinishini ta’minlaydigan darajada kuch-qudratga ega.
0 ‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari o‘z faoliyatini:
- qonun ustunligi;
- markazlashgan boshqaruv va yakkaboshchilik;
- doimiy jangovar va safarbar holatdagi tayyorgarlik;
- fiiqarolaming umumiy harbiy majburiyati;
- kollektiv xavfsizlik tizimini barpo qilish;
- harbiy intizomga rioya qilish;
- partiyasizlik;
- harbiy xizmatchilar va ulaming oila a’zolarini ijtimoiy va 
huquqiy himoya qilishni ta’minlash asosida tashkil qiladi va amalga 
oshiradi.
Umuman 0 ‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari - bu 
harbiy tuzilmalar, harbiy o ‘quv yurtlari va boshqa harbiy qismlardan 
iborat, davlat tomonidan tashkil qilingan va ta’minlangan bo‘lib, ular 
urush va harbiy mojarolaming oldini olish, 0 ‘zbekiston Respubli­
kasining davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, aholining tinch 
hayot kechirishini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgandir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlatni himoya qi- 
lishda butun mudofaa tizimining asosini tashkil etuvchi yadro hisob- 
lanib, o‘z tarkibiga quyidagilami oladi:
- Quruqlikdagi qo‘shinlar;
- harbiy-havo va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari;
- Maxsus qo'shinlar;
- Milliy gvardiya brigadasi;
- chegarä va ichki qo‘shinlar;
- Milliy xavfsizlik xizmati;
3 4 2


- Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa vazirliklarga, idora- 
larga qarashli harbiy qismlar.
Qumqlikdagi qo‘shinlar Qurolli Kuchlarining eng ko‘p sonli 
turi bo‘lib, boshqa qo‘shin turlarining birgalikdagi harakati bilan 
tajovuzni qaytarish, zarur bo iganda esa dushmanni tor-mor qilishga 
moijallangan.
Harbiy havo va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari - Qurolli 
Kuchlarining manyovrli turlaridan biri. Ular quruqlikdagi jang may- 
donida boiayotgan yirik operatsiyalaming borishi va yakuniga ta’sir 
qilish, mamlakat havo chegaralarini qo‘riqlash, quruqlikdagi va ha- 
vodagi dushmanga zarba berish imkoniyatiga ega. Undan tashqari 
0 ‘zbekiston Respublikasi hududini, uning havo chegaralarini, eng 
muhim davlat va sanoat obyektlarini hamda qo‘shin guruhlarini havo 
hujumidan ishonchli mudofaa qilish vazifasi yuklatilgan.
Milliy gvardiya 0 ‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 
tarkibiy qismidir. Bu gvardiya 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1992-yil 23-yanvardagi qaroriga binoan, respubli- 
ka Qurolli Kuchlari qismlari negizida tuzildi. Milliy gvardiyaning 
asosiy vazifasi 0 ‘zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti va 
hududiy yaxlitligi hamda fuqarolaming Konstitutsiyaviy huquq va 
erkinliklarini muhofaza etishdir. Gvardiya tarkibi fuqarolami majbu- 
riy harbiy xizmatga chaqirish va armiya xizmatiga o‘z ixtiyori bilan 
borishni birgalikda muvofiqlashtirish asosida to‘planadi. Gvardiya 
zimmasiga bir qancha o‘ziga xos vazifalar, jumladan, davlat tanta- 
na marosimlarida ishtirok etish yuklatilgan. Shu maqsadda gvardiya 
tarkibida faxriy qorovul rotasi tuzilgan. Shuningdek, gvardiya zim­
masiga alohida muhim davlat obyektlarini qo‘riqlash vazifalari ham 
yuklatilgan.
Maxsus qo‘shinlar esa jangovar harakatlami operativ ta’minlash 
masalalarini hal etish uchun mo‘ljallangan.
1999-yilgacha chegara qo‘shinlari Milliy xavfsizlik xizmati 
tarkibida bo‘lishgan. 1999-yil 13-yanvar 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Farmoniga binoan 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat 
chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita tashkil etildi.
Ushbu Farmon asosida 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat chega­
ralarini himoya qiluvchi Qo'mita davlat boshqaruvining markaziy 
organi hisoblanib, chegaraga doir siyosatni amalga oshirishni Davlat 
chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlashni tashkil etishni ta’minlash 
belgilab berildi. 
*►
Ichki qo‘shinlar Ichki Ishlar vazirligi tarkibida tashkil qilingan. 
Ulaming asosiy vazifalari militsiya organlari bilan birgalikda shahar-
343


larda, aholi yashaydigan joylarda, toifalangan xalq xo‘jaligi korxo- 
nalarida va boshqa jamoat joylarida jamoat tartibini saqlash, fuqaro- 
laming huquqiy va qonuniy manfaatlarini hi moya qilish, tashkilotlar, 
idoralar, muassasalami jinoyatchilikdan va boshqa jamiyatga qarshi 
harakatlardan muhofaza qilishga qaratilgan.
Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va 
boshqa vazirliklar hamda tashkilotlar harbiy tuzilmalarining asosiy 
vazifasi milliy xavfsizlikni ta’minlashning o ‘ziga xos vazifalarini 
bajarish, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlaming oldini 
olish, ulaming oqibatlarini tugatish va inson hayotini ta’minlovchi 
xalq xo‘jaligi korxonalarini qo‘riqlash hisoblanadi.
Qurolli Kuchlami joylashtirish (dislokatsiya) 0 ‘zbekiston Res- 
publikasi hududlari, chegaralari va havo bo‘shliqlarining mustahkam 
mudofaasi umumiy strategik maqsad asosida ta’minlashdan kelib 
chiqib belgilanadi va harbiy doktrina talablariga muvofiq strategik 
va operativ reja asosida, shuningdek, qo‘shinlami jang oldidan safar- 
bar qilish rejalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Armiya mamlakat budjetidan ajratiladigan mablag4 hisobiga 
ta’minlanadi. Har yili mudofaaga ajratiladigan mablag4 miqdori Oliy 
Majlis tomonidan tasdiqlanadi. Qurollar, harbiy texnika, butlovchi 
qismlar va boshqa ashyolami ishlab chiqarish, yetkazib berish va 
ta’mirlash, mudofaani zarur oziq-ovqatlar bilan ta’minlash, shuning­
dek, mudofaa manfaatlariga xizmat qiluvchi ilmiy-tadqiqot, tajriba- 
konstruktorlik va qurilish ishlarini amalga oshirish, rivojlantirish va 
saqlash to‘liq hajmda davlat buyurtmasiga kiritiladi.
Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga oshiradi. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvo­
fiq Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoni 
hisoblanadi. «Mudofaa to‘g ‘risida»gi Qonunga muvofiq, Prezident 
mamlakat mudofaa qobiliyatini ta’minlash, qurolli tajovuz bo‘lgan 
hollarda davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va Mustaqilligini hi- 
moya qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar qabul qiladi, mudofaa 
vazirini tayinlaydi. Qurolli Kuchlaming qurilish, ulami strategik 
qo‘llash rejasi, shuningdek, safarbarlik rejasini tasdiqlaydi. Qurolli 
Kuchlarga jangovar harakatlami olib borish to‘g‘risida qaror qabul 
qiladi va buyruq beradi.
Qonunchilikda Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, Mudofaa va­
zirligi, boshqa vazirlik va idoralar, davlat hokimiyati mahalliy or- 
ganlari va boshqarmalaming mudofaa sohasidagi vakolatlari, shu­
ningdek, korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolar majburiyatlari 
aniq belgilab berilgan. Masalan, mudofaa harbiy qurilish, harbiy xiz-
3 4 4


matchilar va ulaming oila a ’zolarini ijtimoiy-huquqiy himoyalash 
masalalari bo‘yicha qonun aktlarini amalga oshirishda parlament na- 
zoratini o ‘matish Oliy Majlis zimmasiga yuklatilgan.
Vazirlar Mahkamasi 
vakolatlariga 
mudofaani ta’minlash 
bo‘yicha o ‘ziga bo‘ysunadigan barcha tuzilmalar faoliyatiga rahbar- 
lik qilish, Qurolli Kuchlarni qurollar, harbiy texnika va boshqa mod- 
diy vositalar bilan ta’minlash, mudofaa va Qurolli Kuchlar ehtiyoji 
uchun moddiy texnika resurslari, oziq-ovqat, kiyim-kechak va bosh­
qa buyumlaming hajmini, harbiy va muqobil xizmatga chaqirilishi 
lozim bo‘lgan respublika fuqarolarining soni hamda ularning harbiy 
va muqobil xizmatni o‘tash tartibini belgilash, harbiy majburiyatli 
va harbiy xizmatga chaqirish hamda haqiqiy muddatli xizmatdagi 
harbiy xizmatchilami zaxiraga chiqarish, harbiy majburiyatlilar- 
ni yig‘ilishga chaqirish, safarbarlik va harbiy xizmatdan bo‘shatish 
to‘g ‘risida qarorlar qabul qilish kabilar kiradi.
Mudofaa vazirligi Qurolli Kuchlar davlat boshqaruvining 
markaziy organi hisoblanadi. Vazirlik Qurolli Kuchlarining ahvo- 
li va kelgusidagi taraqqiyotiga, jangovar tayyorgarlik va intizom- 
ga to‘liq javobgar. U mudofaa sohasi va harbiy qurilishda ishlab 
chiqilgan davlat siyosatining Qurolli Kuchlarda amalga oshirilishi- 
ni ta’minlaydi. Mudofaa rejalari va konsepsiyasi loyihasi, Qurol­
li Kuchlaming qurilishi va taraqqiyoti, qurollar va harbiy texnika 
taraqqiyotining davlat dasturlari, mudofaa ehtiyojlari uchun ajra- 
tiladigan mablag'lar bo‘yicha takliflami ishlab chiqadi va Vazirlar 
Mahkamasi muhokamasiga taqdim etadi. Mudofaa va harbiy qurilish 
sohalarida ilmiy tadqiqotlar tashkil qiladi va o ’tkazadi, harbiy texni­
ka va boshqa ashyolar yaratish, ishlab chiqarish va ta’mirlash uchun 
davlat buyurtmalarining bajarilishini nazorat qiladi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari harbiy islohot- 
ning ikkinchi bosqichini amalga oshirish ishlarini olib bormoqda. 
Harbiy islohotning birinchi bosqichida (1992-1996-yillarda) qism va 
bo'linmalar, harbiy o‘quv yurtlari va muassasalarini isloh qilishning 
tartibi aniqlangan. Tegishli safarbar etuvchi rejalar, kerakli qonunlar 
ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Shuningdek, kadrlami o‘qitish va 
tarbiyalashning tugal tizimi yaratilgan.
Harbiy islohotning ikkinchi bosqichida esa Qurolli Kuchlarni is­
loh qilishni nihoyasiga yetkazish, yangi tashkiliy tizimga to‘la o‘tish, 
qo’shin turlari va xillari boshqaruvining yuksak darajasiga erishish, 
jangovar tayyorgarlikda va harbiy kadrlar kasb mahotatlarini oshi­
rishda yanada yuqori sifatli natijalami qo‘lga kiritish yoilarida faol 
ish olib borilmoqda.
345


Masalan, harbiy kasbni tanlovchi yoshlar uchun Toshkent, Sa- 
marqand, Farg‘ona va Urganch shaharlarida harbiy mutaxassislik- 
larga yo‘naltiruvchi litseylar faoliyat ko‘rsatmoqda, Harbiy litsey 
tinglovchilari ikki yil mobaynida harbiy ko'nikma to‘plab, o'zlari 
tanlagan qo‘shin turlari bo‘yicha Oliy harbiy bilim yurtlariga y o i 
oladilar.
Toshkent umumqo‘shin komandirlari, Samarqand avtomobil- 
chi komandir - muhandislar, Chirchiq tankchi komandir - muhan- 
dislar, Jizzax aviatsiya oliy harbiy bilim yurtlari, Toshkent aloqa- 
elektrotexnika institutining maxsus fakulteti Qurolli Kuchlarimiz 
saflariga turli mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali ofitser kadr- 
lar tayyorlab beradigan Oliy harbiy ilm o'chog'iga aylangan.
Qurolli Kuchlarimizga oliy qo'mondonlik tarkibini tayyorlayot- 
gan harbiy Akademiyaning ochilishi O'zbekiston va Markaziy Osiyo 
mintaqasi uchungina muhim voqea boTib qolmay, u xalqaro ahami- 
yatga molikdir. Mamlakat Prezidenti, Qurolli Kuchlari Oliy Bosh 
qo‘mondoni Islom Abdug‘aniyevich Karimov Akademiyaning ochi- 
lishiga bag‘ishlangan tantanada nutq so‘zlar ekan, jumladan shunday 
dedi: 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin