to ‘rtinchidan,
qo‘shinlar tarkibini yanada maqbul holga kelti-
rish, ulaming tashkiliy-tarkibiy tuzilmasini, Qurolli Kuchlami bosh-
qarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ishlami izchil davom
ettirish. Bu yo‘nalishdagi eng muhim vazifa - jangovar harakatlar
chog‘ida muvaffaqiyatga erishishning hal qiluvchi shartlaridan biri
bo‘lgan birlashma va qismlaming tezkor harakatlanish imkoniyati va
harbiy tayyorgarligini oshirishdan iborat;
beshinchidan,
harbiy xizmatchilar va ulaming oilalarini ijtimo-
iy himoya qilish, yy-joy va maishiy sharoiti, tibbiy xizmatdan foyda-
lanish imkoniyatini yaxshilash kabi aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan
ishlami yanada kuchaytirish davlatimiz va jamiyatimizning asosiy
vazifasi bo‘lmog‘i lozim.
0 ‘z-o‘zidan ayonki, bu vazifaning ahamiyati va mohiyati 2007-
yilning yurtimizda «Ijtimoiy himoya yili», deb e ’lon qilingani bilan-
gina bog‘liq emas, albatta. Ushbu masalaning muhimligi va dolzarb-
ligi shundaki, hozirgi murakkab va tahlikali davrda har tomonlama
yaxshi tayyorlangan, yetarli darajada ta’minlangan va ijtimoiy himo-
yalangan, qudratli Qurolli Kuchlargina xavfsizlik va barqarorlikning,
chegaralarimiz daxlsizligi va mamlakatimiz hududiy yaxlitligining,
bir so‘z bilan aytganda, xalqimiz tinch va osoyishta hayotining mus-
tahkam tayanchi va ishonchli kafolati bo‘la oladi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar qatorida mamlaka-
timizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, uning barqarorligi
va xavfsizligini ta’minlashda Qurolli Kuchlarimizning shakllantiri-
lishi g‘oyat muhim ahamiyat kasb etdi.
^
Sobiq SSSR parchalanganidan keyin yuzaga kelgan sharoitda,
qurolli kuchlarda boshqamv, intizom va tartib amalda yo‘qotilgan,
361
mamlakat xavfsizligiga ichki va tashqi tahdidlar kundan kunga ku-
chayib borayotgan bir vaziyatda Mudofaa vazirligini, uning organla-
ri va joylardagi qo‘mondonlik tuzilmalarini shakllantirish o ‘z vaqti-
da qabul qilingan yakka-yu yagona to‘g ‘ri qaror bo‘ldi.
Kadrlar eng aw alo, ofitserlar tarkibini saqlab qolish va mustah-
kamlash, armiya saflarini milliy kadrlarimiz bilan to‘ldirish, ular-
ning tayyorgarlik va qayta tayyorgarlikdan o‘tishini ta’minlash, eng
muhimi, mamlakatimizdan jangovar texnika va qurollar olib chiqib
ketilishining oldini olish o ‘ta muhim ahamiyatga ega edi.
Keyinchalik, mintaqamizdagi tez sur’atlar bilan o ‘zgarib bora
yotgan ijtimoiy-siyosiy va harbiy vaziyatdan kelib chiqqan holda,
armiyani isloh qilish bo‘yicha yangi prinsiplar negizida Qurolli
Kuchlami barpo etish va tashkil qilishga asoslangan, xavfsizlikka
tahdid soladigan real xavf-xatarlami nazarda tutadigan uzoq mud-
datga mo‘ljallangan dastur shakllantirildi.
Ushbu dastumi amalga oshirish jarayonida milliy armiyamiz
tashkiliy jihatdan yangicha tarkibiy tuzilishga ega bo‘ldi, qisqa mud-
datda harbiy okruglar, chegaraviy mintaqalar tashkil etildi, Qurolli
Kuchlami boshqarishning butun tizimi, birlashma va qismlaming
tarkibi va joylashuvi qayta ko‘rib chiqildi, qo‘shinlarning moddiy-
texnika bazasini mustahkamlash, ulami zamonaviy qurol-yarog‘ bi
lan ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, o‘ta muhim jangovar topshiriqlami bajarish-
ga yo‘naltirilgan Maxsus operatsiyalar bo‘yicha kuchlaming bo‘lin-
malari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Terrorizmga qarshi kurash kor-
pusi tuzildi. Bu bo‘linmalar ehtimol tutilayotgan dushmanning har
qanday tajovuzkorona harakatlariga qarshi munosib zarba berishga
qodir ekani Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarining
tog‘li tumanlariga suqilib kirgan xalqaro terrorchilaming jangari
to‘dalarini yo‘q qilish bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalarda
namoyon bo‘ldi.
Ayni paytda muddatli harbiy xizmatning bir yilgacha qisqarti-
rilgani, qo‘shinlaming sifat tarkibini yaxshilash va ulaming safini
to‘ldirish tartiblarining takomillashtirilgani, zamonaviy qurol-aslaha
bilan ta’minlangani, safarbarlik-chaqimv rezerv xizmatining joriy qi-
lingani, shartnoma-kontrakt asosidagi xizmatga o‘tish jarayoni amal-
da yakunlangani armiyamiz qiyofasini, uning mazmun-mohiyatini
qayd etish zarur.
Serjant va ofitser kadrlami tayyorlashning axborot va komp-
yuter texnologlyalariga, zamonaviy ilm-fan va texnika yutuqlariga
asoslangan samarali tizimi tashkil etildi.
3 6 2
Harbiy xizmatchilami va ulaming oilalarini ijtimoiy himo-
ya qilish, zarur turarjoy va maishiy sharoit bilan ta’minlash bora-
sida ham ko‘p ishlar qilindi. So‘nggi besh yilning o ‘zida harbiy
unvonlar bo‘yicha maoshlar, harbiy xizmatdan bo‘shagandan keyin
to‘lanadigan nafaqalar miqdori ikki barobardan ziyod oshirildi.
Bugun to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, Vatanimiz-
ning xavfsizligi Qurolli Kuchlarimiz tomonidan ishonchli tarzda
ta’minlanmoqda, armiyada xizmat qilish 0 ‘zbekiston fiiqarosi uchun
nafaqat konstitutsiyaviy burch, balki nufuzli kasblardan biriga, tom
ma’nodagi shon-sharaf ishiga aylanib bormoqda.
Armiya xizmatini o ‘tayotgan yigitlarimiz harbiy mutaxassilik-
lami puxta egallash bilan birga jismoniy va ma’naviy jihatdan chi-
niqib, irodasi toblanib, qat’iy hayotiy pozitsiyasi shakllanmoqda,
Vatan himoyasi y o iid a doimo tayyor turadigan mard va jasur inson-
lar b o iib kamol topmoqda.
*>
**>
363
|