ning eng muhim omili va asosini tashkil etganini alohida ta’kidlash
zarur. Bu borada, aw alo respublika va aholi ehtiyojini, birinchi nav-
batda yoqilg‘i-energetika
resurslari, iste’mol va oziq-ovqat mahsu-
lotlariga bo‘lgan talabni ishonchli tarzda qondirishdek dolzarb hayo-
tiy vazifa turar edi.
Mustaqillikning dastlabki kunidanoq, yurtimizda yoqilg‘i-
cnergetika va g‘alla mustaqilligiga erishish muhim strategik vazifa
sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Bu o ‘rinda aw alo, neft va gaz kon-
densati bo'yicha aniqlangan ulkan sanoat zaxiralariga ega bo‘lganiga
qaramasdan, ilgari iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyojini qondi-
rish uchun yiliga 6-7 million tonna neft va
neft mahsulotlarini chet-
dan keltirish va buning uchun katta miqdordagi valyuta resurslarini
sarflashga majbur bo‘lar edi.
Bu jiddiy muammoni hal etish maqsadida qisqa fursat ichida
0 ‘zbekistondagi uglevodorod xomashyosini qazib olish va qayta
ishlash bo‘yicha maqsadli dasturlar qayta ishlab chiqildi va amalga
oshirildi. Yangi neft-gaz konlarini aniqlash, neft va tabiiy gazni qa
zib olish uchun zarur bo‘lgan
investitsiyalar topildi, jumladan, xorij
sarmoyasi jalb etildi. Buxoroda neftni qayta ishlaydigan yangi za-
monaviy zavod barpo qilindi. Farg‘ona va Oltiariqdagi neftni qayta
ishlash zavodlari modemizatsiya va rekonstruksiya qilindi, ulaming
barqaror va ishonchli faoliyat ko‘rsatishi
uchun shart-sharoit yara-
tildi.
*
Shuningdek, o ‘zining ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyati-
ga ko‘ra o‘xshashi bo‘lmagan Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi kabi
noyob inshoot barpo etildi. Ushbu korxonada tayyorlanayotgan su-
yultirilgan gaz, turli markadagi polietilen va boshqa mahsulotlarga
nafaqat mamlakatimiz, balki chet ellarda
ham talab katta ekanini
qayt etish lozim.
Mustaqillik yillarida ana shunday yirik korxonalaming qurilishi
va rekonstruksiya qilinishi natijasida hozirgi vaqtda yurtimizda neft
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1990-yilga nisbatan 3 barobar
ortdi. Bugungi kunda 0 ‘zbekiston bu borada mamlakatning va aho-
lining o ‘sib borayotgan ehtiyojlarini ta’minlash bilan birga,
eksport
hajmini ham ko‘paytirishga erishdi.
Asaka va Samarqand shaharlarida avtomobil zavodlari barpo
etilgani tufayli mustaqillik yillarida avtomobillar soni keskin oshdi
va har yuz oilaning avtomobil bilan ta’minlanish darajasi 6 barobar
o‘sdi. 0 ‘z-o‘zidan ayonki, respublikamizda benzin va y*>qilg‘i moy-
lash mahsulotlariga boigan talab ham shunga mos ravishda o ‘sib
bormoqda.
13 - 0 ‘zb ek isto n tarix i, 3.
385
Aynan neft va neft mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish hi-
sobiga bugun respublikamizning rivojlanayotgan sanoati va aholi-
ning keskin o‘sib borayotgan mana shunday
talab va ehtiyojlarini
ta’minlashga erishilmoqda.
2008-yil 9-fevral kuni Vazirlar Mahkamasida 2007-yilda res-
publikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008-yilda
islohotlami yanada chuqurlashtirishning ustuvor vazifalarini belgilab
olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘ldi.
Unda Prezident I. Karimov shu mavzuda ma’raza qildi. Majlis-
da qayd qilindiki, 2007-yilda iqtisodiyotning yuqori barqaror o‘sish
sur’atlari va makroiqtisodiy barqarorligi ta’minlandi, iqtisodiyotni
tarkibiy o‘zgartirish, ishlab chiqarishni modemizatsiya qilish, texnik
va texnologik jihatdan yangilash ishlari davom ettirildi.
Mamlakat-
ning yalpi ichki mahsuloti 9,5 foizga o‘sdi, sanoat mahsuloti ishlab
chiqarish hajmining o ‘sish sur’atlari 12,1 foizni, qishloq xo‘jaligi
bo‘yicha - 6,1 foizni, qurilish ishlari bo‘yicha - 15,7 foizni, chakana
tovar aylanmasi bo’yicha - 21,0 foizni, pullik xizmatlari ko‘rsatish
bo‘yicha - 20,6 foizni tashkil qildi. Davlat budjeti profitsit bilan ijro
etildi, inflatsiya darajasi tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichdan osh-
madi.
Qishloq xo‘jaligini isloh qilish bo‘yicha aniq maqsadga
yo‘naltirilgan ishlar natijasida fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishining asosiy shakliga aylandi. Qishloq bozor infra-
tuzilmasi amalda yangidan barpo etildi, qishloq xo‘jaligi
ishlab chi-
qarishini tashkil etish va rag‘batíantirish sifat jihatdan yangi tamo-
yillar asosida olib borildi, tarmoqni boshqarish tamoyillari va tizimi
o ‘zgarmoqda.
Shuningdek,
Dostları ilə paylaş: