masida bilvosita soliqlaming ulushi umumiy daromadlarga nisbatan
olganda 1991-yildagi 0,7 foizdan 1995-yilda 49,3 foizgao‘sdi. 1996-
yilda butun daromadning 50 foizdan ko‘prog‘ini aksizlar, G‘G ‘S va
bojxona bojlari ko‘rinishida belgilash mo‘ljallangan edi.
1995-yil yakunlariga ko‘ra davlat budjetining to‘g‘ri (daromad)
solig‘idan daromadi 38,5 foizni, shundan korxonalar foydasidan
olinadigan soliqlar daromadining 28,6 foizini, aholi daromadidan
olinadigan soliq 9,9 foizni va jismoniy shaxslaming tadbirkorlik
faoliyati daromadi solig‘i esa 0,3 foizni tashkil etdi. Yalpi milliy
mahsulotda davlat daromadlari va xarajatlarini umumiy qisqartirish,
davlatning iqtisodiyotga aralashuvini bosqichma-bosqich cheklash
bozor prinsiplarining amalga oshirilishiga tamomila muvofiqdir.
Shunday qilib, bozor islohotining o‘tgan besh yilida davlat budjeti
daromadlarining YIMdagi ulushi 49,1 foizdan 37,2 foizga, xarajat-
laming ulushi esa 52,7 foizdan 40 foizgacha kamaydi.
Strukturaviy qayta qurishning davlat tomonidan qo‘llab-
quwatlanishi imtiyozli soliq va kredit siyosati yuritishdagi yordam-
da ham, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlariga to‘g ‘ridan to‘g ‘ri mab-
lag‘ ajratish ko‘rinishida ham amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyotga
joriy va kapital xarajatlar uchun solinadigan mablag‘larining 1996-
yilda kutilayotgan o‘sishi 13,65 mlrd. so‘mni tashkil etadi.
Ijtimoiy xarajatlar ulushi umumiy xarajatlaming 50 foizi dara-
jasida barqarqrlashdi, bu hoi ijtimoiy ahamiyatga molik tarmoqlar
rivojlanishini va aniq maqsadga qaratilgan ijtimoiy to‘lovlami oshi-
rish yo‘li bilan aholining muhtoj qatlamlari va guruhlarining davlat
tomonidan qo‘llab-quwatlanishini ta’minlaydi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda iqtisodiyotni barqarorlashti-
rishga qaratilgan muhim tadbirlardan biri bu pul muomalasini mus-
tahkamlash, valuta munosabatlarini tartibga solish bo‘ldi.
Prezident I. Karimov 1993-yil 7-mayda 0 ‘zbekiston Respubli-
kasi Oliy Kengashi sessiyasida nutq so‘zlarkan,
Dostları ilə paylaş: