Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«hayot bor ekan, davlat,
el-yurt bor ekan, o‘zing tug‘ilib o‘sgan, ota-bobolarning xoki
3 5 7


yotgan, ertaga farzandlari kamol topadigan tuproqning har
bir qarichini muqaddas bilib, uni himoyalash, zarur bo‘lsa bu
yo‘lda jon fido etishga tayyor turish kerak». 
Shu fikrlar bilan 
0 ‘zbekiston Qurolli Kuchlarini shaxsiy tarkibi yurtimiz tinchligi, 
xalqimiz omonligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ko‘z qorachig‘idek 
asrab yurishibdi va abadiy asraydilar.
0 ‘zbekiston Qurolli Kuchlari ayni paytda zamonaviy harbiy 
tajribalar asosida shakllanib bormoqda. Milliy xavfsizlik konsepsi- 
yasiga asoslanib, Markaziy Osiyo mintaqasida tez sur’atlar bilan 
o‘zgarib borayotgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni hisobga oigan hol- 
da, yuzaga kelayotgan tahdid va xatarlaming har tomonlama chu- 
qur tahlili va Qurolli Kuchlami barpo etishning mutlaqo yangi prin- 
siplari negizida armiyamizni isloh qilish bo‘yicha uzoq muddatga 
mo‘ljallangan Dastur yaratildi. Bundan bosh maqsad - ixcham
tezkor va harakatchan, zamonaviy qurol-yaroq va texnika bilan 
ta’minlangan, strategik va taktik vazifalami samarali hal eta oladi- 
gan, sarhadlarimiz daxlsizligi, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni 
buzishga qaratilgan har qanday yovuz harakat va xurujlami bartaraf 
etish va ularga munosib zarba berishga qodir bo‘lgan kuchli armiya- 
ni yaratishdan iborat edi.
Qurolli Kuchlarimiz va ulaming asosiy jangovar boiinm a- 
larining prinsipial nuqtayi nazardan mutlaqo yangicha tashkiliy- 
tarkibiy tuzilmasi joriy etildi. Bo‘limlar, rotalar, polklar, yordam- 
chi boshqaruv punktlari va shu kabi yetarli samara bermaydigan 
boiinm alar tugatildi. Bu o‘zgarishlar o‘z navbatida armiyamiz va 
uning qismlarining yuqoridan quyigacha bo‘lgan qurilishini tubdan 
qayta tashkil etish, ulaming harakatchanligi va tezkorligini, jangovar 
imkoniyatlarini kuchaytirish, eng muhimi, barcha darajadagi koman- 
dirlaming mustaqilligini ta’minlash va mas’uliyatini oshirish imko- 
nini beradi.
Shu bilan birga, o‘ta muhim jangovar topshiriqlami bajarishga 
yo‘naltirilgan Maxsus operatsiyalar bo‘yicha kuchlaming qismlari 
tashkil etildi. 0 ‘ziga xos alohida tayyorgarlik tizimiga ega bo‘lgan, 
zamonaviy qurol-aslahalar bilan ta’minlangan ushbu boMinmalar 
ehtimol tutilayotgan dushmanning har qanday tajovuzkorona xatti- 
harakatlariga munosib zarba berishga qodir qudratli kuch sifatida 
shakllandi. Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari tog‘li 
hududlariga suqilib kirgan xalqaro terrorchilaming jangari to‘dalarini 
yo‘q qilish bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalar buning yaqqol 
tasdig‘idir.
Ayni paytda muddatli harbiy xizmatning bir yilgacha qisqarti-
3 5 8


rilgani, qo‘shinlaming sifat tarkibini yaxshilash va ulaming safini 
to‘ldirish tartiblarining takomillashtirilgani, zamonaviy qurol-aslaha 
bilan ta’minlangani, safarbarlik-chaqiruv rezerv xizmati joriy etilga- 
ni, shartnoma-kontrakt asosida xizmat o ‘tash jarayoni amalda yakun- 
langani armiyaning qiyofasini, uning mazmun-mohiyati va jangovar 
qobiliyatini tubdan o‘zgartirdi.
Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini keskin oshirish, 
armiyada sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, professional 
tayyorgarlik darajasini yuksaltirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega 
bo‘lgan serjantlar tayyorlash maktablari barpo etildi va ular zamo­
naviy jangovar-o‘quv bazalari bilan ta’minlandi. Bugun serjantlar 
tarkibi armiyainizning tom m a’nodagi tayanch ustuniga askarlaming 
ustozi, ofitserlaming eng yaqin yordamchisiga aylanib bormoqda.
Mustaqillik yillarida barcha bo‘g ‘indagi komandirlaming yuqori 
professional qobiliyati va malakasini ta’minlash, ulaming intellektu- 
al saviyasini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan ofitser kadrlar 
tayyorlash tizimi yaratildi. Bu esa Qurolli Kuchlar tarkibini sifat ji- 
hatidan butunlay o'zgartirish va ulami bugungi kun talablariga javob 
beradigan, puxta tayyorgarlikka, zamonaviy fikrlash qobiliyatiga ega 
bo‘lgan komandirlar bilan to‘ldirish imkonini bermoqda.
Hozirgi kunda Qurolli Kuchlar saflarida xizmat qilish 0 ‘zbe- 
kistonning har bir fuqarosi uchun nafaqat konstitutsiyaviy burch, 
balki mamlakatîtnizda orzu qilishga sazovor kasbga aylandi.
Keyingi vaqtda, xususan 2005-2006-yillarda xorijiy mamlakat- 
lar, birinchi galda Rossiya Federatsiyasi bilan harbiy-texnik hamkor- 
lik sohasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Qo‘shinlarimizning 
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, harbiy xizmatchilar va ular 
oila a’zolarining moddiy, ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash 
masalasi ham doimiy e ’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda.
Ana shu vuksak vazifadan kelib chiqib Prezident, Qurolli Kuch­
lar Oliy Bosh Qo‘mondoni I. Karimov bu sohada ishning zarur 
bo‘lgan masalalari haqida batafsil gapirdi:
- Biz bugun g‘oyat murakkab va notinch zamonda yashamoq- 
damiz. Markaziy Osiyo mintaqasida hali-beri saqlanib qolayotgan 
qaltis vaziyat, butun dunyoda davom etayotgan nizo va qarama- 
qarshiliklar, tobora ko‘lami kengayib borayotgan terrorizm, ekstre- 
mizm va narkoagressiya xavfi jiddiy tashvish uyg‘otmasdan qolmay- 
di, albatta.
Bulaming barchasi shu muqaddas zaminda yashayotgan, mamla- 
katimiz taqdiri va kelajagi uchun befarq boim agan har bir insondan 
doimo hushyor va ogoh bo'lishni, Qurolli Kuchlarimizning jangovar
359


tayyorgarligini mustahkamlashni, davlatimiz sarhadlarini qo‘riqlash 
va himoyalashni kuchaytirishni, buning uchun mavjud bo‘lgan bar- 
cha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar qilishni taqozo etadi, dedi 
va quyidagi vazifalami belgilab berdi;

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin