ming yil aw al yashagan rimlik tarixchi
Pompey Trog
turkiy xalq-
laming eng qadimgi ajdodlari haqida shunday deb yozgan:
«Baqtiri-
yaliklar, so‘g‘dlar va xorazmliklar kelib chiqishining qadimiyligi
bo‘yicha misrliklar bilan bemalol bellasha oladi. Ular mehnat-
da ham, jang-u jadalda ham o‘zlarini ayamaydilar. Jismonan
haddan tashqari kuchlidirlar. O'zlariga tegishli biror narsani
qo‘ldan chiqarishni istamaydilar. Faqat g’alabaga intiladilar».
0 ‘zbek davlatchiligining tamal toshlari bundan 2700 yil mu-
qaddam ayni Xorazm vohasida qo‘yilgan. Shu ma’noda, milliy dav-
latchiligimiz tarixi Misr, Xitoy,
Hindiston, Yunoniston, Eron kabi
eng qadimiy davlatlar tarixi bilan bir qatorda turadi. Xorazm tari
xi o‘zbek davlatchiligining asosi, uning qudrati va qadimiyligining
tasdig‘idir.
Aziz yurtdoshlarim!
Bugun milliy ozodlik uchun kurashimiz tarixidan so‘z
ketar
ekan, birinchilar qatorida buyuk Xorazm o‘g ‘lonlaridan Najmiddin
Kubro, Jaloliddin Manguberdi kabi milliy qahramonlarimizning
nomlarini zikr etamiz.
Najmiddin Kubro Vatanimizni Chingizxon bosqinidan ozod qi-
lish uchun jang qilib, qo‘lida ozodlik bayrog‘ini
mahkam tutib jon
taslim etgani tarixiy manbalardan ma’lum.
Xorazmshohlar sulolasining eng mashhur vakili Jaloliddin
ham o ‘n bir yil davomida mo‘g ‘ullaming g‘arbiy o ‘lkalarga bosti-
rib kirishlariga to‘siq bo‘lib turdi. G ‘anim oldida bosh egmadi, tiz
cho‘kmadi, Vatan deya halok bo‘ldi.
Xorazm va Xiva tarixi xalqimizning yovuz, ilm-fan, san’at, ma-
daniyat va ma’naviyat sohalaridagi yuksalish bosqichlarini o ‘zida
mujassam etadi.
Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»
ham aynan Xo-
razmda yaratilgani fikrimizning yorqin dalilidir.
Bugun bolalarimiz maktablarda va oliy o‘quv yurtlarida
o ‘rganadigan algebra, algoritm kabi kashfiyotlarga asos solgan Mu
hammad Muso al-Xorazmiy bu go‘zal voha nomini dunyoga mash
hur etgan.
Atlantika ummoni ortida Amerika qit’asi borligini Xristofor Ko-
lumbdan 500 yil oldin bashorat etib, hattoki uning xaritasini chizib
qoldirgan buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy mana shu muqad
das zaminda tug'ilgan.
Makkai mukarrama amiri ibn Vaqqos XII asrda yashab o‘tgan
yana bir buyuk vatandoshimiz - arab tilining mukammal grama-
tikasini yaratgan insonni ulug‘lab:
Dostları ilə paylaş: