Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə313/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

yana bir da’vati shuki,
u barchamizni ona yurtimizning beg‘ubor osmonimizni va osuda ha- 
yotini qadrlashga, o ‘sib kelayotgan, ertaga bizning o ‘mimizni egal- 
laydigan, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmagan farzandlarimizning 
kelajagini, baxt-saodatini himoyalashga, yorug1 istiqbolga intilib 
yashashga chorlaydi.
Qadrli vatandoshlar!
Tarixi qariyb uch ming yilga boradigan, buyuk fan va madaniyat 
o'lkasi bo‘lgan, jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo‘shgan ulug‘ 
zotlar vatani, «Avesto»dek oim as asar yaratilgan tabarruk tuproq -
Xorazm zamini butun dunyoga ma’lum va mashhur.
Bu yurt tengsiz allomalar, aziz avliyolar, podshoh-u sarkardalar, 
botir va pahlavonlami ko‘p ko‘rgan. Ular orasida milliy qahramoni- 
miz Jaloliddin Manguberdining betakror nomi yulduzdek charaqlab 
turadi.
Sulton Jaloliddin siymosi nafaqat Xorazm, balki butun O'zbe- 
kistonning faxr-u g ‘ururidir. 
U bizning ozodligimizga, istiqlolimiz-
ga tajovuz qilmoqchi bo‘lgan har qanday yovuz kuchga qarshi
tik turib kurashishga, mardona zarba berishga qodirligimizning
tasdigM va timsolidir.
Bu bahodir zotning muborak nomi, uning qahramonligi kelajak 
avlodlarga, birinchi galda siz bilan bizga, tarixiy xotira oldida boshi- 
mizni mag‘rur tutib yashamog‘imiz uchun to‘la huquq beradi.
Aziz yurtdoshlarim!
Aziz qadrdonlarim!
Shu hayajonli, unutilmas lahzalarda dunyoga Manguberdi kabi 
qahramon o‘g‘lonlami bergan Xorazm eliga, butun xalqimizga 
ta’zim qilaman.
Biz bugun yurtimizda Jaloliddin Manguberdi xotirasini hurmat- 
lab, muazzam yodgorlik majmuini bunyod etdik. Ko‘rib turganingiz- 
dek, bu ulug‘vor haykal timsolida mard va jasur sarkarda, zo‘r iroda,
5 8 8


beqiyos matonat sohibi bo‘lgan buyuk insonning so‘nmas shijoati 
mujassam topgan.
Bu go‘zal yodgorlik obidasini barpo etishdek xayrli ishga hissa 
qo‘shgan muhandis va me’morlarga, mohir ustalarga, quruvchi va 
bog‘bonlarga chin qalbimdan samimiy tashakkurlar bildirishga rux- 
sat bergaysizlar.
Bizning 
buyuk 
ajdodlarimizga 
ko‘rsatayotgan 
hurmal- 
ehtiromimizdan, ozod va obod Vatan, farovon jamiyat qurish bora- 
sidagi ezgu ishlarimizdan, jamiki aziz bobolarimiz qatori, Jaloliddin 
Manguberdining ham ruhi poki shod bo‘lg‘ay, inshoollo.
Ishonchim komilki, ulaming oim as ruhi bilan charog‘on xona- 
donlarimizda bugun voyaga yetayoígan minglab jaloliddinlar yurti- 
mizga mehr-u sadoqat bilan xizmat qilib, uni dunyoga tarannum 
etadi.
Ishonchim, komilki, Manguberdining beqiyos jasorati yurti- 
miz tinchligi, xalqimiz omonligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ko‘z 
qorachig‘idek asrab kelayoígan dovyurak askarlarimiz, el-yurí pos- 
bonlari, jasur o‘g‘lonlarimiz siymosida davom eíaveradi.
Ishonchim komilki, dunyoga buyuk farzandlami bergan, kindik 
qoni lomgan zaminni, ajdodlarining muqaddas mozorlarini jonidan 
ham orliq ko‘radigan, o‘z valaniga buíun borlig‘ini baxsh elishga 
hamisha layyor luradigan, qadoq qo‘llari bilan luproqdan olíin undi- 
rayoígan tjunday xalqning obro‘-e’libori va hurmali oshaveradi.
Muhlaram yurldoshlar!
Valan va xalq ozodligi yo‘1 ida jon fido eígan qahramonlarga 
shon-sharaflar bo‘lsin!
Ana shunday bahodirlami kamolga yelkazgan Ona xalqimiz 
mangu yashasin!
Aziz do‘sílar!
Bugun Xorazm zaminida qo'shaloq bayram. Viloyaí dehqonlari, 
buíun Xorazm ahli lafzi halolligini yana bir bor isboílab, o ‘z zim- 
masiga oigan majburiyaílarini, Vaíanimiz uchun «oq olíin» bo‘lmish 
paxía íayyorlash rejalarini sharaf bilan bajardi. Mana shu ulkan 
g ‘alaba bilan siz azizlami, siz orqali buíun Xorazm ahlini chin qal­
bimdan labriklashga ruxsal bergaysizlar.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin