Jaloliddin Manguberdi - ona yurt himoyachisi, jasur sarkarda va
davlat arbobi, xalqimizning Spitamen, Muqanna, Najmiddin Kubro,
Amir Temur singari tarixda o‘chmas iz qoldirgan milliy qahramoni-
dir.
Jaloliddin Manguberdi - bor-yo‘g ‘i o‘ttiz ikki yillik qisqa hayoti
davomida el-u yurt uchun, xalq ozodligi uchun so‘nmas xizmat qi-
lishga ulgurgan ulug‘ ajdodimizdir.
Aziz do‘stlar!
Jaloliddin Manguberdining beqiyos
jasoratini anglash uchun,
aw alo, shu davrlaming mashaqqatli va beshafqat sahifalarini
o‘zimizga tasaw ur qilib ko‘raylik.
Shu paytgacha hech qaysi davlat, hech qaysi el bas kelolmagan,
Xitoy va bepoyon Sibir yerlaridan boshlab bugungi Kaspiy va Qora
dengiz bo‘ylarigacha boTgan oTkalami zabt etgan, yoTida uchragan
shahar-qishloqlami yondirgan, dahshati o‘zidan oldin yetib, ne-ne
shoh-u shahanshohlar,
amir-u sultonlar, sarkardalar yuragiga vahima
solgan Chingizxon lashkarining Xorazm ustiga balo-qazoday yopiri-
lib kelayotganini ko‘z oldingizga keltiring.
Bir tomondan, boy-badavlat, ikkinchi tomondan, parokan-
da bo Tib yotgan yurtimizning o ‘sha
paytdagi ahvolini ham bir
o‘zingizga tasaw ur qilib ko‘ring.
Chingizxon shunday bir mash’um kuch ediki, dunyodagi mana-
man degan qancha zotlar uning qarshisida tiz cho‘kib, qulluq qilib
yashashga tayyor edi.
Muhammad Xorazmshoh atrofidagi ko‘plab beklar ham yov
qoTiga taslim boTishni afzal ko‘rganlarida, Jaloliddin bu fikrga qar-
shi chiqib, o‘zining beqiyos jasorati va qat’iyatini namoyon etdi. Shu
paytgacha magTubiyatga uchramagan mo‘g ‘ul lashkariga qarshi o ‘n
bir yil muttasil jang qildi. Va g‘animlarga shunday qaqshatqich zar-
balar berdiki, hatto Chingizxonday makkor va beshafqat,
dunyoning
yarmini zabt etgan fotih ham unga tan berishga majbur boTdi.
Aytinglar, aziz do‘stlar, ana shunday qaltis vaziyatda o‘zi kabi
fidoyi, botir insonlami jipslashtirib, Xorazm zaminini toptashga
shay turgan yovuz dushmanga qarshi chiqish uchun odamda qandây
ju r’at, qanday yurak, qanday iroda, qanchalar baquw at imon-e’tiqod
boTishi kerak?
Aytinglar, buning uchun insonda Vatanga muhabbat, el-u yurtga
sadoqat, fidoyilik, ozodlikka intilish tuyg‘usi nechogTi boTishi ke
rak?
Qani, aytinglar, do‘stlarim, qadrdonlarim, oldindan o ‘zini qur-
bon boTishini bilaturib,
lekin Vatan uchun, uning or-nomusi, uning
5 8 6
tarixi va istiqboli uchun, zimmasiga shunday og‘ir qismatni oigan
zotlami tarixda ko‘p uchratish mumkinmi?
Aminman, bunday shijoatli va mard o‘g‘lonni dunyoga kel-
tirgan, voyaga yetkazgan xalq har qancha hurmat-ehtiromga, har
qancha tasannolarga munosibdir.
Hurmatli mehmonlar!
Qadrli do‘stlar!
Sulton Jaloliddin Manguberdi o‘z elining
baxt-u saodati uchun
hayot-mamot janglarida jon fido etdi. Lekin dunyoda hech qanday
xayrli ish beiz ketmaydi. Millat ruhi, odamzodning ozodlik sari inti-
lishi abadiydir.
Oradan bir asr o ‘tib, sohibqiron Amir Temur Jaloliddin Man
guberdi boshlagan ozodlik kurashini yangi sharoit va ulkan miq-
yoslarda davom ettirdi. Ona yurtimizni bosqinchilardan xalos qilib,
markazlashgan qudratli davlat barpo etdi.
Muhtaram jamoat!
Jaloliddin Manguberdining
hayot yoTini tahlil qiladigan, o ‘sha
tarixiy voqealarga bugungi kun ko‘zi bilan qarab baho beradigan
boTsak, ular bizni mana shunday tabiiy va ibratli saboq xulosalami
chaqirishga unday di.
Dostları ilə paylaş: