Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə314/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

1 9 9 9 - y il 5 -n o y a b r,
U rg a n c h s h a h r i
5 8 9


«Alpomish» dostonining 1000 yilligiga bag‘ishlangan
tantanali marosimda so‘zlangan nutq
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
Xonimlar va janoblar!
Kechagina biz xalqimiz ozodligi yo‘lida jon fido etgan milliy 
qahramonimiz Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini 
keng nishonladik.
Bugun esa ajdodlarimiz badiiy dahosining bebaho yodgorligi 
- «Alpomish» dostonining 1000 yilligi bayramida siz azizlar bilan 
diydor ko‘rishib turganimdan g ‘oyat mamnunman.
Har qaysi millatning o‘z afsonaviy bahodiri, sevgan pahlavoni 
bor. Alpomish nomi ham bizning shuurimizga munis onalarimiz ayt- 
gan allalar bilan kirgan. Ajdodlar yodi, faxr-u g ‘ururi bizning xotira- 
mizga Alpomish timsolida jo boigan.
«Alpomish» - o‘zbekning o ‘zligini namoyon etadigan, mard va 
tanti xalqimizning yurak-yuragidan chiqqan, ota-bobolarimiz avlod- 
lardan avlodlarga o‘tkazib kelayotgan qahramonlik qo‘shig‘idir.
Xalqimiz azaldan o‘z vujudi, o ‘z tomirida mavjud ilohiy qudrat- 
ga munosib bo‘lmoqqa intilib yashadi. 0 ‘z o ‘g ‘lonlarini mardlik va 
halollik, jasurlik ruhida, el-yurt uchun jonini ham ayamaydigan asi 
pahlavonlar etib tarbiyalab keldi.
«Alpomish» dostoni bizga insonparvarlik fazilatlaridan sa- 
boq beradi. Odil va haqgo‘y boiishga, o ‘z yurtimizni, oilamiz 
qo‘rg‘onini qo‘riqlashga, do‘st-u yorimizni, or-nomusimizni, ota- 
bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan hi- 
moya qilishga o‘rgatadi.
Muhtaram birodarlar!
«Alpomish» dostoni - butun o ‘zbek xalqining ma’naviy mulki- 
dir. Lekin nima uchun biz uning to‘yini aynan Termiz shahrida, Sur- 
xon vohasida o ‘tkazyapmiz?
Negaki, Surxon vohasi, aw alo, «Alpomish» dostoni tug‘ilgan 
qutlug‘ maskan. Alpomish mana shu bepoyon yaylovlarda, ba- 
land tog‘ daralarida gumburlatib ot chopgan, shu yurtning zilol 
ko‘llaridan suv ichgan, shu mag‘rur elga munosib pahlavon bo‘lib 
yetishgan.
Shuning uchun ham Barchinoy dushmanlarga qarata g‘urur bi­
lan: «Mening yorim bilsang Boysun sultoni», deb aytadi.
Surxon jahon sivilizatsiyasining qadimiy beshiklari - miloddan 
aw algi Kushon va Baqtriya davlatlariga zamin bo‘lgani bilan olam-
5 9 0


ga mashhur, Vohadagi Dalvarzintepa, Xolchayon, Tillatepa, Zaraut- 
soy, Teshiktosh, Fayoztepa singari ko‘hna makonlar, u yerlarda 
topilgan arxeologik ashyolar ko‘pming yillik tariximizning noyob 
yodgorliklaridir.
Bu tuproq azaldan ilm-u hunar, hikmat va san’at ruhi bilan 
yo‘g‘rilgan. Imom At-Termiziy, avliyo Hakim ota kabi ulug‘ zot- 
laming o‘lmas ruhi, hayotbaxsh o‘gitlari barkamol avlodlami vo- 
yaga yetkazdi. Shubha yo‘qki, «Alpomish»dek buyuk obidalar, 
«Alpomish»dek mard pahlavonlar aynan mana shunday muhitda 
dunyoga keladi.
«Alpomish» to‘yining Termiz shahrida o‘tayotganida men yana 
bir ramziy ma’no ko‘raman.
Qachonki o ‘lkamizga janub tarafdan yov hamla qilgan bo‘lsa, 
Termiz uning qarshisida metindek qo‘rg‘on boTib kelgan. Termiz 
bugun ham ona yurtimizning janubiy sarhadlarida mustahkam qal’a 
boTib turibdi.
Mana shu chegara hududlarida ko‘ksini qalqon qilib tabiatan 
og‘ir-vazmin, ammo Vatan boshiga sinov tushsa, jon fido etishga 
ham tayyor oriyatli xalq yashaydi.
Bu dovyurak va o‘ktam xalqning - Surxon ahlining yuragida 
Alpomish kabi pahlavonlardan meros qolgan shijoat yashaydi.
Bu yurtda dunyoning kurash maydonlarida kuragi yerga tegmas- 
dan zafar«qozonib, o‘zbek nomini butun olamga tarannum etayotgan 
yuzlab polvonlar yashaydi.
Ishonchim komilki, bunday qudrat sohibi boTgan xalqni hech 
qanday yovuz kuch yengolmaydi.
Hurmatli mehmonlar, aziz vatandoshlar!
Bugun biz sizlar bilan «Alpomish» dostonining 1000 yillik 
to‘yini nishonlayapmiz. Lekin bu dostonda tasvirlangan voqealar 
yurtimizning necha-necha ming yillik shonli tarixidan darak be- 
radi.
Asardagi kichik bir dalilga murojaat qilaylik. Xalqimizning qa- 
dimiy tasawurlariga ko‘ra, o ‘q-yoy - hokimiyat nishoni hisoblan- 
gan. Alpomish yetti yoshda o ‘n to‘rt botmon birichdan - bronzadan 
yasalgan yoydan o‘q otib, «alp» degan unvonga ega boTadi. Alp 
degani - hokimiyat egasi ekanini inobatga olsak, bu doston ko‘p asr- 
lik milliy davlatchiligimizning badiiy ifodasi ekaniga ishonch hosil 
qilamiz.
Aslida, xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir dos­
ton boTsa «Alpomish» ana shu dostonning shohbaytidir. Bu mumtoz 
asarda tarix to‘fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib
591


o ‘zligini yo‘qotmagan xalqimizning bag‘rikenglik, matonat, olija- 
noblik kabi ezgu fazilatlari o‘z ifodasini topgan.
Muhtaram yurtdoshlar!
Bugungi muborak ayyomda biz «Alpomish»dek so‘z durdonasi- 
ni yaratgan, uni asrlar osha avlodlarga yetkazib kelgan ijodkor xalqi- 
miz dahosi oldida bosh egamiz.
Bugun biz ming yillar davomida bu dostonni kuylab, gavharday 
asrab-avaylab, boyitib kelgan, nomlari bizga noma’lum bo‘lgan yuz- 
lab xalq baxshilarining iste’dodi qarshisida ta’zim qilamiz.
Agar iloji b o isa, men ana shu insonlaming nomlarini 
ma’naviyatimiz tarixiga oltin harflar bilan yozgan bo‘lur edim.
Muhtaram j amoat!
Baxshi-shoirlar o‘z xalqining biyron tilidir. Ular yurtimizda doi- 
mo «Baxshili el - yaxshili el» deb ulug‘langan.
Bugun biz Yodgor baxshi va Tilla kampir, Jossoq shoir va Amin 
baxshi, Shema baxshi va Ergash Jumanbulbul, Fozil Yo‘ldosh va 
Po‘lkan shoir, Islom shoir va Abdulla shoir, Saidmurod panoh va 
Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Berdi baxshi va Rahmatulla Yusuf o‘g ‘li, 
Qodir shoir va Shoberdi baxshi kabi dostonchilaming nomlarini ehti- 
rom bilan tilga olamiz. Ulaming noyob qobiliyati, yuksak mahorati 
tufayli «Alpomish» bor salobati va nafosati bilan yashab kelmoqda.
Bugun biz bu o‘lmas asami yozib olish, nashr etish, ilmiy 
o ‘rganish, tarjima va targ‘ib qilish ishiga ulkan hissa qo‘shgan Hodi 
Zarif, Hamid Olimjon, Muzayyana Alaviya, Mansur Afzalov kabi 
zahmatkash insonlami, ko‘plab xorijiy olimlami ham minnatdorlik 
bilan eslaymiz.
Muhtaram Vatandoshlar.
Yillar, asrlar o ‘tadi, ona 0 ‘zbekistonmizda yangi-yangi avlodlar 
voyaga yetadi.
Ishonaman, har bir avlod mana shu qahramonlik dostonini 
asrab-avaylab kelgusi avlodlarga yetkazadi.
Ishonaman, xalqimiz bugungi shodiyonadan ruhlanib, qadr- 
qimmatini yanada chuqurroq anglaydi, o ‘zining beqiyos jasorati- 
ni, bukilmas irodasini, mustahkam iymon-e’tiqodini namoyon etib
yorug‘ kelajak sari qat’iyat bilan boraveradi.
Ishonaman, har qaysi qishloq, har qaysi shahar, har bir xonadon- 
da yangi-yangi alpomishlar dunyoga keladi, vatanga sadoqatli, jasur 
va yengilmas insonlar bo‘lib ulg‘ayadi.
Surxon vohasining betakror tabiati, Bobotog4, Boysun, Vax- 
shivor singari baland tog‘lar, Oltinsoy, Sangardak, Sayrob, Xonjizza 
kabi go‘zal go‘shalarini bir bor ko‘rgan odam beixtiyor qoladi.
5 9 2


Bu zaminda yashab, fidokorona mehnati bilan uning ko‘rkiga 
ko‘rk, chiroyiga chiroy qo‘shayotgan insonlarga, ayniqsa, yosh 
o ‘g ‘il-qizlarimizga mening havasim keladi.
Har qanday inson bu yuragi ochiq, mard va tanti, ham jismonan, 
ham ma’naviy jihatdan sogiom odamlar bilan chin ko‘ngildan yaqin 
boiishni istaydi.
Shu unutilmas, hayajonli damlarda Alpomishdek bahodirlami 
kamolga yetkazgan ona xalqimga yana bir bor ta ’zim qilaman.
Yurtimiz osmoni doim musaffo, xalqimiz hamisha omon 
bo‘lsin!

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin