2022 6-sinf Qadimgi dunyo tarixi 1-5-mavzular yuzasidan test topshiriqlari



Yüklə 162,99 Kb.
səhifə1/2
tarix07.05.2023
ölçüsü162,99 Kb.
#109066
  1   2

(2022) 6-sinf Qadimgi dunyo tarixi 1-5-mavzular yuzasidan test topshiriqlari
1. Quyidagilardan Teshiktosh (Surxon vohasi) g`ori bilan bog`liq to`g`ri ma`lumotlarni aniqlang.
1) So`nggi paleolit davriga oid hisoblanib, eng qadimgi rasmlar topilgan; 2) O`rta paleolit davriga oid hisoblanadi; 3) Ushbu qadimiy g`or Toshkent hududidan topib o`rganilgan; 4) Ushbu g`or Bo`ysun tog`larida joylashgan bo`lib, qoplon va kiyik suyak qoldiqlari topilgan; 5) 8-9-yashar kromonyon bola suyak qoldiqlari o`rganilgan; 6) Ushbu g`ordan topib tekshirilgan neandertal bolaning suyak qoldiqlari eng mashhur topilmadir
A) 1,3,4,6 B) 2,4,6 C) 1,3,5 D) 2,3,4
2. Quyidagilarni tahlil qilib, nuqtalar o`rniga mos mantiqan keluvchi javobni toping.
1) Altamir – Ispaniya 2) Obishir – Farg`ona
3) Boshqirdiston - . . . ; 4) Qo`shilish - . . . ;
A)Rossiya, Surxondaryo B) Ispaniya, Toshkent C) Germaniya, Xorazm D) Rossiya, Toshkent
3. Berilgan voqealardan qaysi biri boshqalariga nisbatan oldinroq yuz bergan? A) Buyuk Muzlik davri boshlandi B) Odamlar ishlab chiqaruvchi xo`jalikka o`ta boshlashdi C) Insoniyat o`z rivojida yana bir pog`onaga yuksaldi D) O`rta Osiyoning janubida sun`iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik vujudga keldi
4. Quyidagilardan qaysi biri Bronza davri manzilgohi hisoblanmaydi? A) Zamonbobo B) Zarautsoy C) Sopollitepa D) Jarqo`ton
5. Quyidagi keltirilgan ma`lumotlar (voqealar)……ga aloqador? - Sun`iy sug`orish tizimiga o`tilishi, - Misdan ishlangan mehnat qurollarining kashf etilishi, - Ko`p xonali uylar qurila boshlanishi. - Ilk shahar va davlatlarning vujudga kelishi A) Bronza davri B) Neolit davri C) Eneolit davri D) Mezolit davri
6. Quyidagilardan Bronza davriga oid Jarqo`ton manzilgohi haqida keltirilgan ma`lumotlardan nomuvofiqini belgilang. 1) Surxondaryo vohasining Muzrabot tumanidan topilgan bo`lib, mil.avv. 3-ming yillik oxirlari – 2-ming yillikka oid; 2) Bronza davriga oid shahar ko`rishiga ega qal`a bo`lib, uning ichi va atrofida jamoa a`zolari bo`lmish hunarmand va dehqonlarning uylari joylashgan; 3) Olov va suvga sig`inish e`tiqodi bilan bog`liq ibodatxona qoldiqlari topilgan; 4) Zarafshon daryosi havzasidan topib, o`rganilgan; 5) Ushbu manzilgohda dastlabki odamlar uzuklar yasay boshlagan; 6) Taxminan 4 ming yil oldin odamlar u yerda manzilgohlar qurishgan. A) 1,4,5 B) 2,3,6 C) 1,3,5 D) 2,4,6
7. Temir asrida O`rta Osiyo jamiyatining asosini qaysi ijtimoiy tuzum tashkil qilgan? A) Qabila B) Ibtidoiy to`da C) Katta patriarxal oila D) Qabila ittifoqi
8. Odamlar qaysi davrda g`ildirakni kashf etadilar? A) Bronza B) Neolit C) Mezolit D) Eneolit
9. Quyidagi keltirilganlardan qaysilarda davr – voqea - asri mos ravishda berilgan? 1) Eneolit – sun`iy sug`orish tizimi – mil.avv 4-3-ming yillik boshlari 2) Mezolit – Ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik bilan shug`ullana boshlandi – mil.avv. 12-7-ming yillik
3) Neolit – tolalardan toqima tayyorlana boshlandi – mi.avv. 6-4-ming yillik 4) So`ggi paleolit – boshpana qurish – mil.avv. 100-40-ming yillik 5) Eneolit – xom g`ishtdan ko`p xonali uylar – mi.avv. 4-3-ming yillik o`rtalari A) 1,2,3,5 B) 2,3,4 C) 2,3,5 D) 1,3,4
10. Sanab o`tilgan ixtirolar(tarixiy obida, voqea)ni kashf etilish davriga ko`ra, to`g`ri xronologik ketma-ketlikda ko`rsatilgan javobni toping. 1) Uzuklar; 2)Ilon tasviri tushirilgan tosh tumor; 3) Tosh gurzi; 4)Qo`shilish; 5)Teshiktosh; 6) Doimiy turar joylar qurilishi
A) 5,1,4,6,2,3 B) 5,1,4,2,6,3
C) 4,5,1,6,2,3 D) 1,2,3,4,5,6
11. «Animizm» atamasining izohi qaysi javobda to`g`ri berilgan? A) Odamlar guruhi jamoasining biror hayvon yoki o`simlik turi bilan qarindoshlik aloqasiga ishonish B) Odamni o`rab turgan muhitdagi har bir narsaning joni va ruhi borligiga ishonish C) Qadimgi odamlarning u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-qazoni daf qilishiga ishonish D) Sehrgarlik, jodu yo`li bilan atorf-muhitga ta`sir o`tkazish
12. Quyidagi ma`lumotlar qaysi tosh davri haqida
ekanligini aniqlang. “Ushbu davrda ko`plab voqealar ro`y berdi. Bu davrda toshga ishlov berish texnikasi va mehnat qurollari yasash usullari o`zgardi. Odamning aqliy qobiliyati va tashqi qiyofasi ham o`zgarib bordi. Insoniyat o`z rivojida yana bir pog`onaga yuksaldi. Odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlar – urug` jamoalariga birlashdi.” A) O`rta tosh davri B) Yangi tosh davri C) So`nggi qadimgi tosh davri D) Ilk qadimgi tosh davri
13. O`zlashtiruvchi xo`jalikka kiruvchi sohalar berilgan javobni aniqlang. A) Dehqonchilik B) Baliqchilik C) Hunarmandchilik D) Chorvachilik
14. Odamlar toshga ishlov berishni oldin ma`lum bo`lmagan usullari – silliqlash va parmalashni amalda qo`llay boshlagan davr ixtirolari to`g`ri ko`rsatilgan javobni aniqlang. A) Uzuklar B) Hayvon terisidan kiyim-kechak tayyorlash C) Ilk naqshlar – yaproq va gullar bilan sopollarni bezash D) tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash
15. Quyidagi bandlar mazmuniga oid yakuniy hukmni aniqlang. I. Odamlar misdan foydalanishni o`rganib olishlari bilan neolit davri oxiriga yetdi. II. Mezolit davri boshlarida odamlar hayvonlarni qo`lga o`rgata boshladilar . III. Dastlabki qoya tasvirlarini arxeologning qizalog`i kashf qilgan. A) I – to`gri, II – to`g`ri, III – noto`g`ri B) I – to`gri, II – noto`g`ri, III – noto`g`ri C) I – to`gri, II – noto`g`ri, III – to`g`ri D) I – noto`gri, II – to`g`ri, III – noto`g`ri
16. Butun Jahon bo`yicha qoyatosh rasmlari (a), yurtimizdan qoyatosh rasmlari (b) topilgan g`orlarga oid davrlarni to`g`ri moslashtiring? A) Mezolit-a, So`nggi paleolit-b B)So`nggi paleolit-a, Mezolit-b. C)Neolit-a, Bronza-b D)Bronza-a, Neolit-b.
17. Quyidagi tarixiy jarayonlarning qaysilari davrlarga bo'lganda ma’lum bir davrning so'nggi bosqichlarida yuz bergan?
1) o'q yoyning kashf etilishi;
2) turar joylar qurishning boshlanishi;
3) hayvonlarni qo'lga o'rgatishning boshlanishi;
4) misdan foydalanishning boshlanishi;
5) ancha takomillashgan mehnat qurollarining vujudga kelishi;
6) xom g'ishtdan ko'p xonali uylarning qurilishi;
7) kulolchilik va to'quvchilikning kashf etilishi.
A) 2, 3, 6 B) 1, 5, 7 C) 3, 4 D) faqat 4
18. O`rta tosh davri qaysi yillarni o`z ichiga oladi? A)100-40 ming yillik B)1 mln-100 ming yillik C)12-7 ming yillik D)40-12 ming yillik
19. “Qadimgi odamlarning suyak qoldiqlarini tekshirib, ularning tashqi qiyofasini tiklaydilar va rivojlanishini o`rganadilar......” ushbu ta`rifga mos keladigan atamani aniqlang? A)Arxeologlar B)Lingvistlar C)Etnograflar D)Antropologlar
20. Surxon vohasida o`rta paleolit, bronza davrining madaniy yodgorliklari mavjud. A) To`g`ri B) Noto`g`ri
21. Qaysi omil eng qadimgi tasviriy san`at rivojlanishi uchun asos bo`lib xizmat qilgan? A) Odamning o`zini qurshab turgan tevarak olamni tushunishga intilishi B) Tabiat hodisalari oldida insonning ojizligi
C) Mehnat qurollari va xo`jalik yuritish shakllarining takomillashuvi
D) Insonlarning tafakkuri va fikrlash qobiliyatining ortib borishi
22. To`g`ri moslashtirilgan javobni toping.
A) Kromonyon odami – o`rta paleolit davri
B) Neandertal odami – O`rta tosh davri
C) Patriarxat davrining boshlanishi – bronza davri
D) Zamonbobo manzilgohi – mezolit davri
23. Quyidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni toping.
Strabon Arrian

a) mil. avv. I asr oxirlarida yashab o`tgan; b) yunon tarixchisi c) “Aleksandrning harbiy yurishlari” asarining muallifi d) milodiy II asrda yashab o`tgan e) “Geografiya” nomli asar muallifi A) I – a,b; II – d,e; III – c B) I – a,e; II – c,d; III – b C) I – a,c; II – d,e; III – a D) I – b,c; II – e,d; III - b
24. Quyidagilardan qaysi yozma manba mil.avv. VI asrga tegishli? A) “Geografiya” asari B) “Tarix” asari C) “Aleksandrning harbiy yurishlari” D) “Behistun qoyasi yozuvlari”
25. Qadimgi rasmlar insonlar haqida qanday ma`lumotlar beradi? A) inson nimalar haqida o`ylagani, tevarak dunyoni qay yo`sinda tasavvur qilgani, qaysi havonlarni ovlagani, qanday mehnat qurollari va qurol-yarog`lardan foydalangani B) insonlar nayza uloqtirishni o`rganishgani, qaysi yirtqich hayvon bilan kurashgani va qanday ovga tayyorgarlik ko`rgani C) Qanday mehnat qurollaridan foydalangani, necha nafar bo`lib bir urug`da istiqomat qilgani D) birinchi qo`lga o`rgatgan hayvonlari, qaysi manzilgohlarga hujum uyushtrgani
26. Quyidagi grafikda qaysi raqam ostida qadimgi davr va u davrga oid manzilgoh bir-biriga muvofiq keladi?
1 2 43 5 6 7 Bronza davri Mezolit davri Zamonbobo Jarqo'ton Qo'shilish O'rta paleolit davri So'nggi paleolit davri Teshiktosh
A) 1,2,4,6 B) 2,3,5,7 C) 1,3,5,7 D) 2,4,5,6
27. Quyidagi xaritada nechanchi raqamda ko`rsatilgan davlat hududidan so`nggi paleolit davriga oid g`or topib o`rganilgan?

A)1 B) 2 C) 3 D) 4
28. Quyidagi jadvalda qaysi qatorlardagi ma’lumotlar bir-biriga mos ravishda to’g’ri berilgan?




Yüklə 162,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin