To‘rtinchidan:
navbatdagi o ‘ta muhim masala - davlat tashqi
siyosati ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish.
0 ‘zbekiston tarixan qisqa davr - 1991-2009-yillar ichida dunyo
72
hamjamiyatida o‘zining munosib o ‘mini egalladi, uning faol subyek-
tiga aylandi.
0 ‘zbekistonning jahondagi obro‘-e’tibori yuksalib borayotgani
eng awalo:
- yurtimizda demokratik va bozor iqtisodiyoti islohotlari-
ni amalga oshirish natij asida q o ig a kiritilayoígan ulkan ijobiy
o ‘zgarishlarda, ulaming xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etili-
shida mujassam bo‘lmoqda;
- bu - davlatimizning jahon ahliga yaxshi ma’lum bo‘lgan, min-
taqamizda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan
tashabbuslarining amaliy samarasida o ‘z ifodasini topmoqda;
- va nihoyat, bu - mamlakatimizning xalqaro siyosat maydonida
olib borayotgan har tomonlama puxta ishlangan, chuqur o ‘ylangan
tashqi siyosatining natijasi sifatida namoyon boimoqda.
0 ‘zbekiston bugun keyingi yillar uchun mo‘ljallangan tashqi
siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda dunyoda va mintaqa-
mizda vujudga kelayotgan murakkab va ziddiyatli vaziyatni inobatga
olib, hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan milliy manfaatlarimiz va mam-
lakatimiz xavfsizligini ta’minlash nuqtayi nazaridan yondashmoqda.
6-§. 0 ‘zbekiston mustaqilligi huquqiy asoslarining
yaratilishi. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi
%
a) Huquqiy davlat izlanishlari
Har bir suveren davlatning huquqiy asoslaridan biri - uning aso-
siy Qonuni - Konstitutsiyasi hisoblanadi.
Tarixiy rivojlanish ko‘rsatganidek, har qaysi jamiyat kelajakni
ko‘zlab yashaydi va uning poydevorini imkon qadar mustahkam-
roq qurishga harakat qiladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda mus-
taqillik yillarida davlatimiz, jamiyatimiz erishgan buyuk yutuq -
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo‘ldi.
Darhaqiqat, Konstitutsiya tushunchasida davlatni boshqarish,
mamlakat yaxlitligini ta’minlash, uning mustaqil davlat sifatida
e’tirof etilishining asosi ijtimoiy hayotning barcha yo‘nalishlarini
rivojlantirish y o Í-y o ‘riqlari to‘la mujassamlangan.
Turkistonda inqilobdan keyingi yillarda jahon tajribalariga mu-
vofiq tarzda Konstitutsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, Turkiston
ASSRning 1918, 1920-yillarda, Xorazm va Buxoro Xmq Respubli-
kalarining 1920-1921-yil, shuningdek, 0 ‘zbekiston SSRriing 1927,
1937, 1978-yillarda qabul qilingan Konstitutsiyalari shaklan respub-
73
likaning Asosiy qonunlari edi. Lekin ular mazmun-mohiyatiga ko‘ra
haqiqiy mustaqil davlatning Asosiy Qonuni emas edi. To‘g ‘rirog‘i
ular aw al RSFSR, keyinchalik SSSR Konstitutsiyalarining mil-
liy respublikalar sharoitiga muvofiqlashtirib ko‘chirilgan, hayotiy
kuchga ega bo‘lmagan nusxasi edi. Shu nuqtayi nazardan ko‘rsatib
o ‘tilgan Asosiy Qonunlami 0 ‘zbekiston davlati mustaqilligini huqu-
qiy asoslovchi Konstitutsiya deb qarab bo‘lmasdi.
0 ‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g ‘oyasi 1990-
yil 20-iyunda «Mustaqillik deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi bilan
bevosita bog‘liq. Mazkur Deklaratsiya qabul qilingan Oliy Kengash-
ning ikkinchi sessiyasida bu hujjatdagi muhim tamoyillar asosida
davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim, degan xu-
losaga kelindi. Sessiya Prezident I. Karimov raisligida 64 kishidan
iborat Konstitutsiya komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul
qildi. Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va
viloyatlaming vakillari, davlat hamda jamoat tashkilotlarining, kor-
xonalar, xo‘jaliklaming rahbarlari, taniqli huquqshunoslar, olimlar
va mutaxassislar kirdi. Oliy Kengashning o ‘ninchi sessiyasida Ko-
missiya tarkibi qisman yangilandi.
Shuni alohida aytish kerakki, 0 ‘zbekistonda konstitutsiyaviy
ahamiyatga molik islohotlar Konstitutsiyaviy komissiya tuzilishi-
dan ancha avvalroq boshlangan edi. M a’lumki, 1990-yil 24-martida
respublika Oliy Kengashining birinchi sessiyasi muhim tarixiy qa
ror qabul qilib, O'zbekiston Prezidenti lavozimini ta’sis etgan edi.
Prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi sovetlar hukmron bo‘lgan
davlat boshqaruv shakliga barham berib, amalda davlatimizning pre
zidentlik respublikasi shakliga o‘tishini anglatardi. Prezidentlik ins-
titutining kiritilishi davlat hokimiyati vakolatlarining yangicha taq-
simlanishini taqozo etar edi. Shu munosabat bilan ijroiya-boshqaruv
hokimiyatining tizimi takomillashtirildi.
1990-yil 1-noyabrda « 0 ‘zbekiston SSRda ijroiya va boshqaruv
hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda 0 ‘zbekiston SSR
Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar ki-
ritish to‘g ‘risida» qonun qabul qilindi. Mazkur qonunga muvofiq,
Prezidentlik hokimiyati bilan Respublika Ministrlar Soveti qo‘shilib,
0 ‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantiril-
di. Ijroiya hokimiyat Prezident qo‘lida birlashtirildi. U ham hukumat
rahbari, ham davlat boshlig‘i vazifasini zimmasiga oldi. Navbatdagi
konstitutsiyaviy islohot qadami viloyatlar, shaharlar va tumanlarda
davlat hokimiyatining vakillik hamda ijroiya idoralariga rahbarlik
qiluvchi hokimlar lavozimini ta’sis etishdan iborat bo‘ldi.
74
Ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotimizda hayotiy ehtiyoj tarzida ro‘y
berayotgan real o ‘zgarishlar o ‘z navbatida siyosiy va huquqiy tafak-
kumi shakllantirib bordi. Konstitutsiya loyihasi ustida bevosita ish-
lashni faollashtirishga vaziyat yetilgach, Konstitutsiyaviy komissiya
1991-yil 12-aprelda I. Karimov raisligida o‘zining birinchi majlisi-
ga to‘plandi. Konstitutsiya loyihasini yaratish bilan bogiiq barcha
tashkiliy va ijodiy jarayonni muvofiqlashtirib borish uchun Konsti
tutsiyaviy komissiya a’zolari hamda yetakchi mutaxassislar va olim-
lardan iborat 32 kishilik ishchi guruhi tashkil etildi. Uning tarkibiga
qonun chiqaruvchi idora, bir necha qo‘mitalaming raislari, vazirlik-
lar, sud, prokuratura idoralarining rahbarlari, Respublika Prezidenti
devoni va Oliy Kengashning mas’ul xodimla i kirdi. Shuningdek,
Konstitutsiya loyihasi mo‘ljallanayotgan boiimlarini tayyorlash
uchun 6 ta kichik guruhlar tashkil etildi. Kichik guruhlar tarkibiga
50 nafar ilmiy xodim va mutaxassis jalb qilindi.
Konstitutsiyaviy komissiya Raisi ishchi guruh oldiga quyidagi
vazifalami qo‘ydi:
- konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o ‘rganib chiqil-
sin;
- boshqa mamlakatlaming inson huquqlari borasida, demokrati-
ya va qonunchilik sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlari hisobga olinsin;
- keng xalq ommasi diliga yaqin va tushunarli boigan siyosiy-
yuridik hujjatlát yaratilsin.
Mazkur topshiriqqa muvofiq, AQSH, Fransiya, Kanada, Germa-
niya, Shvetsiya, Yaponiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya,
Turkiya, Eron, Hindiston, Pokiston, Misr, Vengriya, Bolgariya, Litva
davlatlarining konstitutsiyalari chuqur o ‘rganildi, qiyosiy tahlil etil
di. Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga kiruvchi Rossiya
Federatsiyasi, Belorus, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turk-
maniston respublikalarining Asosiy qonunlari hamda konstitutsiya
loyihalari diqqat bilan ko‘rib chiqildi.
Yuqorida keltirilgan manbalami tahlil etish asosida xorijiy dav
latlar konstitutsiyalari mazmuni va tuzilishini tavsiflovchi kattagi-
na hajmli qiyosiy jadval tayyorlandi. Ushbu tahliliy jadvalni jahon
konstitutsiyashunosligi tajribasi namunalari umumlashmasi sifatida
Respublikamiz Prezidenti o ‘rganib chiqdi.
Yana shuni ham aytish kerakki, o ‘zbek xalqi ajdodlarining dav-
latchilikni mustahkamlash yo‘lidagi g ‘oya va fikrlari h a ^ bo‘lajak
Asosiy Qonunga tayanch manba qilib olindi. Jumladan,'Amur Te-
muming «Temur tuzuklari»dagi davlatni idora qilishga doir muhim
qoidalari ham e’tiborga olindi.
75
Xususan, Amur Temur umrining oxirida farzandlariga shunday
vasiyat qilgan: «millatning dardlariga darmon boTmoq vazifangiz-
dir. Zaiflami ko‘ring, yo‘qsullami boylar zulmiga tashlamang, adolat
va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz oTsun...». Bu fikrlar o ‘sha davr-
da davlat yuritishning asosi bo Tib xizmat qilgan. Turonzamin xoqo-
ni uchun asosiy g‘oya hisoblangan adolat va ozodlik bugungi kunda
ijtimoiy adolatni himoya qilishda asosiy mezon hisoblanmoqda.
Shu tariqa 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasini
yaratish salmoqli nazariy, konseptual zaminga tayandi. Konstitutsi-
yaviy komissiya Raisining topshirigT bilan 1991-yil boshlaridayoq
boTg'usi konstitutsiyaning g‘oyaviy mag‘zi, ya’ni konsepsiyasi us-
tida ish boshlab yuborildi. Natijada uchta muqobil konsepsiya yara-
tildi. Respublika Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq institutining
konsepsiyasi, Siyosatshunoslik va boshqaruv institutining konsep
siyasi va Prezident devoni yuridik boTimi tayyorlagan konsepsiya.
Ishchi guruh majlisida uchinchi konsepsiya asos uchun qabul qilindi.
U qolgan ikki konsepsiyaning diqqatga sazovor g'oyalari bilan boyi-
tilib, umumlashgan, puxta, yagona g ‘oyaviy asos shakliga keltirildi.
Konstitutsiyaviy komissiya va uning Raisi tomonidan ma’qullangan
ana shu konsepsiya asosida boTajak Konstitutsiya loyihasini yara-
tishga kirishildi.
Loyihaning dastlabki varianti 1991-yil oktabr-noyabrigacha tay-
yorlab boTindi. U muqaddima, olti boTimga boTingan 158 mod-
dadan iborat edi. Ushbu loyiha yuzaga kelayotgan paytda mam-
lakatimiz tarixida tub burilish yuz berdi. 1991-yil 31-avgustda
0 ‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligi asoslari
to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy Qonunni va 0 ‘zbekiston Respublika-
sining davlat mustaqilligi to‘g ‘risida Oliy Kengash Bayonotini qabul
qildi. Bu bilan respublika parlamenti mustaqil 0 ‘zbekiston Respub
likasi, suveren davlat qaror topganligini butun dunyoga e’lon qildi.
Qonunda xalq hokimiyatchiligi, demokratik davlatchilik, inson hu-
quqlari muqaddasligi, qonun ustuvorligi, hokimiyat boTinishi, mam-
lakatning hududiy yaxlitligi kabi muhim prinsiplar mustahkamlandi.
Ushbu ilg‘or demokratik g ‘oya va prinsiplar Konstitutsiya loyihasi
mazmuniga ham singdirildi. Shunga qaramasdan dastlabki loyiha
hali mukammallik darajasidan ancha yiroq edi. Yanada jiddiyroq va
talabchanlik bilan ishlash lozim edi.
1992-yil bahorida loyihaning 149-moddadan iborat ikkinchi va
rianti ishlab chiqildi. Mamlakat Prezidenti ishtirokida Konstitutsiya
viy komissiyaning navbatdagi majlisi boTib o ‘tdi. Majlisda Kons
titutsiya loyihasi ustida olib borilgan ishlar to‘g‘risidagi axborot
7 6
tinglandi. Ta’kidlanishicha, ishchi guruh 0 ‘zbekiston xalq deputatla-
ri, mehnat jamoalari rahbarlari, olimlar va mutaxassislar bilan ham-
korlikda loyihaning beshinchi ko‘rinishini tayyorladi. Unda o‘zbek
xalqining tarixiy, milliy va ma’naviy xususiyatlarini imkon qadar
to‘laroq aks ettirishga harakat qilindi. Majlisda Konstitutsiya loyiha-
sini uzil-kesil ishlab chiqish uchun 25 kishidan iborat ishchi guruh
(komissiya) tuzishga qaror qilindi va uning zimmasiga quyidagi va-
zifalar yuklandi:
- huquqiy demokratik davlat barpo etish tajribasini har tomonla-
ma umumlashtirish va uni Konstitutsiya-loyihasida hisobga olish;
- 0 ‘zbekistonning demografik va ijtimoiy-siyosiy turmush tarzi,
uning taraqqiyoti tajribasini hamda deputatlaming, turli ijtimoiy gu-
ruhlaming milliy-madaniy markazlaming mulohazalari va takliflari-
ni umumlashtirish;
- Konstitutsiyaviy komissiya a’zolaridan tushgan takliflami
ko‘rib chiqish va loyihaga tegishli o‘zgarishlar kiritish.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi puxta ish-
lovlardan so‘ng Konstitutsiyaviy komissiya qarori bilan 1992-yil 26-
sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi.
Mustaqil davlatimizning har bir fuqarosi, butun xalq ommasi
Konstitutsiya loyihasini katta qiziqish va ozod Vatan uchun cheksiz
iftixor tuyg‘ulari bilan kutib oldi. Bu o‘z-o‘zidan tushunarli holat.
Zero, davlatrfnizning kelajagi, xalqimizning taqdiri ko‘p jihatdan
Konstitutsiyamiz qanday bo‘lishiga bog‘liq. Aniqrog‘i har qanday
davlatning Konstitutsiyasi unda yashovchi xalqning irodasini, ruhi-
yatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi.
Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi nihoyatda
keng ko‘lamli b o iib , yuksak ijodiy ko‘tarinkilik va ishchanlik kay-
fiyatida o ‘tdi. U jamiyatimizda chinakam demokratiya qaror topishi-
ning yorqin namoyishi b o id i. Loyihaning qizg‘in hamda manfaatli
muhokamasi xalqimizning o ‘zi Mustaqil 0 ‘zbekiston Asosiy Qonu-
nining bevosita ijodkori boiganligini ko‘rsatadi.
Umumxalq muhokamasi uch oy davom etdi. Shu davrda
0 ‘zbekiston Respublikasi davlat-huquqiy tajribasida muhim bir yan-
gilik bo‘ldi. Uning mazmuni shundaki, Konstitutsiya komissiyasi
dastlab belgilagan ikki yarim oylik muddat mobaynida (1992-yil 26-
sentabrdan boshlab) loyiha mehnatkashlar takliflari asosida qayta
tuzatilib, 1992-yil 21-noyabrda muhokamani davom etjjrish uchun
yana ikkinchi marotaba matbuotda e’lon qilindi. Shundhy qilib, hu
quqiy pretsendent ro‘y berdi - umumxalq muhokamasi ikki bos-
qichda amalga oshirildi. Bu hoi muhokama ishtirokchilarini siyosiy
7 7
jihatdan faollashtiruvchi qudratli turtki bo‘ldi. Uning maqsadi fuqa-
rolarga ulaming muhokamadagi jonbozligi mahsuli va samaralarini
aniq ko‘rsatishdan iborat edi.
Umumxalq muhokamasi davomida jami 6 mingdan ortiq tak-
lif va mulohazalar bildirildi. Faqatgina Konstitutsion komissiyaga
mingdan ziyod xatlar tushdi. Ularda loyihaning ixcham, lo‘nda, chu-
qur ma’noli va barchaga tushunarliligiga yordam beruvchi mulo
hazalar bildirildi. Taklif va mulohazalar Konstitutsiya loyihasining
hamma moddalariga daxldor bo‘lib, matnning deyarli yarmiga tuza-
tishlar qilindi. Loyihadagi 127 moddadan 60 tasiga tuzatish va aniq-
liklar kiritildi. Dastlabki variantdan 4 ta modda chiqarilib, matnga
bir necha yangi modda kiritildi.
Taklif va mulohazalaming aksariyati fuqarolar huquqi va burch-
lari, shaxs daxlsizligi, dinning jamiyatdagi o ‘mi va roli, iqtisodiy
huquqlar, jumladan, mulk huquqi, bozor munosabatlari va tadbir-
korlikni rivojlantirish, huquqiy tartibot va qonuniylikning konstitut-
siyaviy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan moddalar, boblar va
boTimlarga taalluqli bo‘ldi.
Masalan, Konstitutsiya loyihasining «Inson va fuqarolaming
asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari» degan boTimi bo‘yicha
1978 ta taklif va mulohazalar tushgan. Shulardan Shaxsiy huquqlar
va erkinliklar, Siyosiy huquqlar, Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar, In
son huquqlari va erkinliklarining kafolatlari, fuqarolaming burchlari
degan VII-XI boblaridagi 29 ta modda yuzasidan 1656 ta taklif va
mulohaza bildirilgan. Bular ichida qizg‘in muhokama va munozara-
ga sabab boTgan o ‘n bitta moddani ya’ni insonning yashash huquqi,
fuqaroning aybsizlik prezumpsiyasi, shaxs daxlsizligi, fikr, so‘z va
e’tiqod erkinligi, har kimning istalgan axborotni olishi va uni tarqa-
tish huquqi, din erkinligi va diniy tashkilotlaming siyosiy maqomi,
fuqarolaming mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida faollik
ko‘rsatish huquqi, mulkdor boTish va mulkni meros qoldirish huqu
qi, mehnat qilish va ishsizlikdan muhofaza etilish huquqi, bilim olish
huquqi, fuqarolaming atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosa-
batda boTish majburiyati, Vatanni himoya qilish va harbiy xizmatni
o ‘tash majburiyati kabi masalalami alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Mazkur dolzarb masalalar bo‘yicha tushgan takliflar soni 1050
ta bo‘lib, ular Konstitutsiyaviy komissiya nomiga kelgan takliflar-
ning salkam 20% ini tashkil etdi. Bu raqam VII-XI boblardagi mod-
dalarga oid takliflar miqdoriga nisbatan esa 63% tashkil qiladi.
Shunday qilib, Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhoka
masi 0 ‘zbekiston xalqining irodasini bevosita aniqlash, shuningdek,
78
muhokama davomida to‘plangan boy materialni har tomonlama va
chuqur o‘rganib, umumlashtirib, uni yaxlit davlat irodasi tarzida
Asosiy Qonunda ifodalash imkonini berdi. Konstitutsiya xalqimiz-
ning siyosiy donoligi va tafakkuri mahsuli bo‘ldi.
Umumxalq muhokamasi davom etayotgan davrda ham Konsti
tutsiya komissiyasi Raisi loyihani takomillashtirishga katta e’tibor
qaratdi. Fuqarolar va mehnat jamoalaridan tushayotgan taklif-
mulohazalar jamlanib, Rais e’tiboriga havola etib turildi. Mamlakat
Prezidenti Konstitutsiya loyihasi ustida ishlar ekan, uning ortida mil
lionlab fiiqarolaming taqdiri turganligini qayta-qayta ta’kidladi.
Prezident ishlagan loyihalar nusxasidan ayrimlarini misol tariqa-
sida keltiramiz:
Loyihaning 1-moddasida « 0 ‘zbekiston - demokratik respub-
lika» deb yozilgan edi. Prezident bunga aniqlik kiritib, «suveren»
so‘zini qo‘shib qo‘ygan. Natijada bu modda « 0 ‘zbekiston - su
veren demokratik respublika» tarzida bo‘ldi. M a’lumki, suvereni-
tet - har qanday davlatning muhim belgisidir. Konstitutsiyada bu
jihatga urg‘u berilishi 0 ‘zbekiston uchun alohida ahamiyatga ega.
Chunki, 0 ‘zbekiston endi ilgarigidek ittifoq davlatining tarkibida
emas. Ikkinchi tarafdan, uning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga
qo‘shilganligi mustaqillikni va davlat suverenitetini yo‘qotdi, degan
ma’noni anglatmaydi. Bu MDH shakllanayotgan va uning atrofida
turli qarama-qarshi*mulohazalar bildirilayotgan bir paytda katta si
yosiy ahamiyatga ega edi.
Dastlabki loyihaning 7-moddasi, 2-qismi quyidagicha edi:
« 0 ‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati Konstitutsiya... va-
kolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi». Prezident
nihoyatda muhim tuzatish kiritdi. Ya’ni, respublikada davlat ho
kimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab... amalga oshiriladi. Bu bilan
Konstitutsiyaning «Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayi-
dir» (7-m., 1-qism) degan qoidasi bilan yuqorida keltirilgan qoidasi
o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlik kuchaydi.
Loyihaning 17-moddasi, 2-qismida quyidagi me’yor mustah-
kamlangan edi: «respublika o ‘zining suveren huquqlarini boshqa
davlatlar bilan birgalikda amalga oshirishi sharti asosida umumiy fa-
rovonlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida hamdo‘stlik va bosh
qa davlatlararo birikmalarga kirishi, ittifoqlar tuzishi hamda ittifoq-
lardan, hamdo'stlik va boshqa davlatlararo birikmalardan chiqishi
mumkin». Prezident matndan «o‘zining suveren huquqlami **Bosh-
qa davlatlar bilan birgalikda amalga oshirishi» so‘zlarini chiqarib
tashladi va loyihaning quyidagi tahririni bayon qildi: «Respublika
7 9
davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini
ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa
davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mum-
kin».
Inson huquqlari, erkinliklari va burchlarini mustahkamlovchi
qoidalar alohida diqqat-e’tiborga molik bo‘ldi. Bu masala dastavval
loyihada quyidagicha edi: « 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tabi-
iy, ajralmas, buzilmas huquq va erkinliklarga ega. Ular daxlsiz va
hech kim sudsiz ulardan mahrum etishga va ulami cheklashga haqli
emas» (19-modda). Bir qarashda hammasi xalqaro huquq mezonla-
riga muvofiqdek ko‘rinadi. Ammo Konstitutsiyaviy komissiya Raisi
bu moddani chiqarib tashlab, uni 20-moddaning ikkinchi jumlasi
oxiriga qo‘shishni taklif etdi. Natijada modda quyidagi ko‘rinishga
ega bo‘ldi: «...Fuqarolaming Konstitutsiya va qonunlarda mustah-
kamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qaro-
risiz mahrum etishga yoki ulami cheklab qo‘yishga hech kim haqli
emas».
Kiritilgan tuzatish - ijodiy tafakkur va donishmandlik mahsuli-
dir. Uning to‘g ‘riligi loyihadagi 19-modda mazmunini qo‘shimcha
tahlil etganda ay on boiadi. Ilgarigi ma’noga ko‘ra: shaxsning bar-
cha tabiiy huquq va erkinliklari daxlsiz deb tanilib, ular sud muho-
fazasiga da’vogarlik qilar edi. Mazkur normaning yuridik jihatdan
noaniq va bo‘shligi ko‘rinib turibdi. Aks holda inson va fuqaroning
barcha tabiiy huquqlari to ia ro‘yxatini qanday aniqlash mumkin?
Bu noaniqlik sharoitida hamma huquq va erkinliklar sud himoyasi
bilan ta’minlanishi aqlga sig‘adimi? Albatta, yo‘q.
Konstitutsiya loyihasidagi «fuqarolaming huquq va erkinlik-
larini amalga oshirishlari ulaming o‘z majburiyatlarini bajarishla-
ridan ajralmasdir» - degan so‘zlami Prezident quyidagi aniq ifo-
dalar bilan almashtirdi: «Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab
qo‘yilgan burchlarini bajaradilar» (Konstitutsiyaning 47-moddasi).
Endi bu me’yor huquqiy jihatdan sodda, tushunarli, lo‘nda va aniq
ko‘rinishga ega bo‘ldi.
Konstitutsiyaviy komissiya Raisining tashabbusi bilan loyiha-
ga shaxsning daxlsizligi, aybsizlik prezumpsiyasi, onalik va bola-
likning davlat tomonidan muhofaza qilinishi to‘g ‘risidagi moddalar
kiritildi. Konstitutsiyaviy komissiyaning 1992-yil 7-dekabrda bo‘lib
o‘tgan majlisida Prezident Konstitutsiya loyihasini xotin-qizlar bi
lan erkaklar teng huquqli ekanligi haqidagi, shuningdek, madaniy
yodgorliklar davlat tomonidan muhofaza qilinishi haqidagi moddalar
bilan toidirishni taklif etdi. Mazkur majlis ishtirokchilaridan biri
8 0
prezidentlik boshqaruvi shaklini mustahkamlashni, «Davlat hokimi-
yatining tashkil etilishi» degan bo‘limni 0 ‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti to ‘g ‘risidagi bob bilan boshlashni taklif qildi. Konstitu-
tsiyaviy komissiya Raisi bunga e’tiroz bildirib: «Awalo Parlament
haqidagi, so‘ngra Prezident haqidagi bob bayon etiladi. Konstitu-
tsiyamizda birinchi navbatda xalq demokratiyasi ustuvorlik qilishi
lozim», dedi.
1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining XI sessiyasi bo‘ldi. Unda « 0 ‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasini qabul qilish haqida»gi masala ko‘rildi. Bu xusus-
da Konstitutsiya komissiyasi Raisi, Prezident I. Karimov ma’ruza
qildi. Ushbu ma’ruzada sessiya muhokamasiga havola qilingan
Ö ‘zbekistonning asosiy Qonuni respublikada aw algi yillarda qabul
qilgan qonunlardan farqli oiaroq, demokratik yo‘l bilan tayyorlan-
gan bo‘lib, unda yillar davomida sinovdan o‘tgan umuminsoniy qad-
riyatlar o‘z aksini topganligi, u ko‘plab taraqqiy etgan mamlakat-
laming tajribalarini o‘ziga singdirganligi alohida uqtirildi. Shuning
uchun ham mazkur Konstitutsiya har qanday yetakchi mamlakatning
Konstitutsiyasi bilan bahslasha olishi mumkin», - deb ta’kidlandi.
Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o ‘zgarish, qo‘shimcha
va aniqliklar kiritdilar. Jumladan, Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy
xo‘jalik sudlarining vakolat muddati o‘n yildan besh yilgacha tushi-
rildi. Oliy Kengasft 84-moddani quyidagi yangi qism bilan to‘ldirdi:
«Oliy Majlis Raisi va uning o‘rinbosarlari 0 ‘zbekiston Respubli
kasi Oliy Majlisiga har yili hisobot berib turadilar». 78-moddaning
8-bandiga esa yangi jumla qo‘shildi: «Vazirlar Mahkamasining
taqdimiga binoan 0 ‘zbekiston Respublikasining budjetini qabul
qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlami joriy qilish» va hokazo.
Albatta, deputatlar takliflarining rad etilganlari, loyihaga
qo‘shilmaganlari ham boidi. Masalan, deputat V.A.Kozlov Oliy
Majlis ikki palatadan iborat bo‘lishini taklif etdi. Biroq, bu taklif qa
bul qilinmadi, tajribada sinalgan bir palatalik tizim saqlab qolindi.
Sababi, 0 ‘zbekistonda hali ikki palatali parlamenti sharoit, taj-
riba va ko‘nikma yetarli emas edi. Shuningdek, mamlakatda xalq-
lar o‘rtasida barqarorlik, millatlararo munosabatlar, milliy totuvlik
yo‘lga qo‘yilgani bilan ajralib turadi. Gap ko‘p pog‘onali parlament
tuzishda emas, balki davlatning dono, puxta o ‘ylangan milliy siyo-
satida, asrash va rivojlantirish zarur boigan xalq an’analaricfe edi.
Shuning uchun 0 ‘zbekistonda tuzilajak parlament bir palatali, deb
lozim topildi.
81
Viloyatlarda, shaharlar va tumanlarda hokimlar va sudyalami
tayinlash emas, balki saylash to‘g ‘risida ham takliflar tushdi. Sud
yalami va mahalliy hokimiyat organlarini saylash haqidagi qonun
uzoq vaqt ishlab keldi, ammo bu amalda hech narsa bermadi. Kons-
titutsiya komissiyasi boshqa mamlakatlar tajribasiga suyangan holda
o‘zga yo‘lni tanladi. Mansabdor shaxslaming shaxsiy mas’uliyatini
oshirish maqsadida ulami tayinlashga va ulardan zimmalariga yuk-
latilgan vazifalami bajarishni talab qilishga qodir bo‘lgan tayinlash
tamoyilini maqbul ko‘rdi.
Sog‘lom, oqilona fikrlar aytilgan ko‘plab boshqa takliflar ham
tushdi. Biroq, konstitutsiya xarakteridagi hujjatni qabul qilish-
da ulaming barchasini inobatga olish mumkin emas edi. Shu bois
ba’zi takliflar Oliy Kengashning komitetlari va komissiyalariga
o‘rganib chiqish va tegishli qonun hujjatlarini ishlab chiqishda foy-
dalanish uchun yuborildi. Xullas, ikki yil tayyorgarlik va ikki yarim
oy umumxalq muhokamasidan so‘ng Konstitutsiya loyihasi sessiya
tasdig‘iga havola qilindi.
Ba’zi deputatlar loyihaning 58-moddasida kasaba uyushmala-
riga a’zolik majburiy ravishda bo‘lishi haqidagi qoida mustahkam-
lansin, degan takliflami ilgari surdilar. Ushbu fikr ham qo‘llab-
quwatlanmadi. Chunki bu jamoat birlashmalarining ixtiyoriylik
asosida tuzilishi prinsipiga zid edi.
Deputat M.Yusupov 118-moddaning 3-qismida «viloyat, shahar
va turnan prokurorlari tegishli ma’muriy-hududiy birlikning hoki-
mi bilan kelishilgan holda tayinlanadilar», degan qoida yozilishi-
ni taklif etdi. Bu taklifga Oliy Kengash deputatlarining ko‘pchiligi
qo‘shilmadi. Sababi amaldagi qonunchilik va tajribaga muvofiq,
prokuratura organlari yakkahokimlik tamoyili asosida tuziladi va fa-
oliyat yuritadi. Shu bois barcha bo‘g‘indagi prokurorlar Respublika
Bosh Prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar. Bundan tash-
qari, prokuratura organlari xuddi sudlar singari mahalliy hokimiyat
organlari ta’siri ostida boiishi mumkin emas. Boz ustiga prokura
tura tegishli hududdagi hokimlar faoliyatining qonuniyligi ustidan
nazoratni amalga oshiradi.
Deputatlaming bir qator taklif va mulohazalari Konstitutsiya lo-
yihasining tahririni, uslubiy ravonligini barkamollashtirishga ko‘mak
berdi.
Shunday qilib, suveren demokratik 0 ‘zbekiston Respublikasi-
ning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Asosiy Qomusimiz dav-
lat mustaqilligimizning mevasi, samarador mahsuli sifatida dunyoga
keldi va hurligimiz, ozod-erkinligimiz qalqoni sifatida yashamoqda.
82
Konstitutsiya kelajagi buyuk 0 ‘zbekistonning qad rostlashi uchun,
adolatli huquqiy davlat barpo etish uchun mustahkam huquqiy poy-
devor bo‘lib xizmat qilmoqda.
O ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Konstitutsiyaviy komissi-
yaning Raisi I. Karimov Oliy Kengashning o‘n birinchi sessiyasi-
da Konstitutsiya loyihasi yuzasidan so‘zlagan nutqida shunday deb
ta’kidladi:
Dostları ilə paylaş: |