«Endilikda inson, uning hayoti, erki, sha’ni, qadr-qimmati
va boshqa ajralmas huquq hamda erkinliklari muqaddas sa-
nalib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi»,
- deb ta’kidladi
Respublika Prezidenti I. Karimov Konstitutsiyaning bir yilligiga
bag‘ishlangan tantanali majlisda.
Konstitutsiyaga asos qilib olingan prinsiplar o‘z mohiyatiga
ko‘ra huquqiy davlatning eng asosiy talablarini aks ettiradi. To‘g ‘ri,
bunday prinsiplaming ayrimlari - «suverenitet», «xalq hokimiya-
ti», «ijtimoiy adolat», «qonuniylik» aw algi sovet konstitutsiyalarida
ham uchraydi. Biroq, yangi 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasida bu prin
siplar tub, asl ma’no kasb etgan.
Davlat suvereniteti prinsipi - respublikada davlat hokimiyati-
ni tashkil etishning muhim prinsipidir. Hokimiyat suverenitetining
mazmuni shundaki, bunda hokimiyat bir tomondan mamlakat ichida
ustunlik va mustaqillikka ega bo‘Isa, ikkinchi tomondan tashqi siyo-
sat, boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatda o‘zi erkin, mustaqil
ish ko‘radi.
Davlat suverenitetining ichki jihatlari mazmuni Konstitutsiya
ning I bobida juda aniq ochib berilgan. Chunonchi, « 0 ‘zbekiston
suveren demokratik respublika» ekanligi bayon etilgan, demakki,
qonun bilan mustahkamlab berilgan. Davlat o‘z hududi va milliy
boyliklariga nisbatan eng oliy huquqqa egadir. « 0 ‘zbekistonning
davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir», (3-modda).
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqil ravishda o‘zining milliy davlat
va m a’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyatni va boshqaruv organla-
rining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi,
respublika Konstitutsiyasi o‘z hududida ustunlikka ega bo‘lgan qo-
nunlar qabul qiladi.
Davlat suverenitetining beistisno barcha ijtimoiy hokimiyat va-
kolatlari faqat konstitutsiyaga binoan tuzilib, amalda bo‘lgan dav
lat institutlaridagiga to‘la va so'zsiz jamlanishini taqozo qiladi. Ana
shu nuqtayi nazardan 10-modda mantiqan juda katta ahamiyatga
ega. « 0 ‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy
Majlisi va Parlamenti ish olib borishi mumkin». 0 ‘zbekiston Res-
publikasida davlat hokimiyati faqatgina 0 ‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va qonunlarida berilgan vakolat idoralarda amalga
oshirishi ham nazarda tutilgan. Konstitutsiyada nazarda tutilmagan
tartibda davlat hokimiyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatisBf hoki-
miyatning yangi tizimlarini yaratish Konstitutsiyaga xilof hisobla-
nadi va qonunga binoan javobgarlikka tortish uchun asos boiadi»
(7-modda).
85
Xalqaro doirada 0 ‘zbekiston Respublikasining ustunligi va
mustahkamligi uning davlatlararo muloqotlaming to‘laqonli va teng
huquqli subyekti sifatidagi maqomiga asoslanadi. Konstitutsiyada
0 ‘zbekiston davlatining alomatlari qayd etilgan bo‘lib, ular davla-
timiz xalqaro munosabatlarining teng huquqli subyekti ekanligini
ta’minlaydi.
Ushbu Konstitutsiyada xalq azaldan orzu qilgan, o ‘z taqdirini
o ‘zi belgilashi qoidasi mukammal tarzda o‘rin oigan. Shu bois yangi
Konstitutsiya xalq hokimiyati prinsipiga asoslanadi va uni mustah-
kamlaydi. Xalq hokimiyati degan ibora butun hokimiyat amalda va
yuridik jihatdan xalqniki ekanligini anglatadi. Xalq hokimiyati o ‘z
vazifalarini ham bevosita, ham o ‘zi saylagan davlat organlari orqali
amalga oshiradi. Konstitutsiyaning 7-moddasiga muvofiq xalq davlat
hokimiyatining birdan bir manbayidir». U xalq manfaatlarini ko‘zlab
amalga oshiriladi.
Asosiy Qonunda xalq hokimiyatining real omillari ko‘rsatib be-
rilgan. Xalq saylov yo‘li bilan vakillik hokimiyati organlarini tuzadi,
mamlakat Prezidentini saylaydi, umumxalq muhokamasi va referen-
dumi orqali jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda, qarorlar (qo-
nunlar) qabul qilinishida ishtirok etadi (9-modda). Shu tarzda xalq-
ning suveren xohish-irodasi, uning o‘z davlat hokimiyatini ro‘yobga
chiqarish usullari konstitutsiyaviy yo‘l bilan mustahkamlanadi. Yana
shuni ham alohida ta’kidlash joizki demokratizm - yangi Konsti
tutsiyaning asosiy prinsipi hisoblanadi. Chunki, xalqning turmush
tajribasiga, respublika aholisining milliy va madaniy an’analariga,
barcha ijtimoiy guruhlar va qatlamlaming manfaatlariga mos keladi-
gan haqiqiy demokratiya prinsiplarini qaror toptirish yangi demok-
ratik, adolatli jamiyat qurishda o‘ta muhim siyosiy ahamiyatga ega
bo‘lgan vazifadir.
Shu bois ham Konstitutsiyaning muqaddimasida xalqning de
mokratiya g ‘oyalariga, inson huquqlari va ijtimoiy adolatga sado-
qatli ekanligi rasman e’lon qilingan. « 0 ‘zbekiston Respublikasida
demokratiya umuminsoniy prinsiplarga
asoslanadi, ularga ko‘ra
inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa
daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi», - deb bayon etil
gan. 13-moddada «Konstitutsiyada davlat xalqning irodasini ifo-
da etishi, uning manfaatlari yo‘lida xizmat qilishi ta’kidlangan.
Umumxalq muhokamasi va umumxalq ovoz berishi (referendum)
tartibotlari demokratik vositalar hisoblanadi. Xalq qonun chiqa-
ruvchi organni shakllantirishda va respublika Prezidenti saylovida
bevosita qatnashadi».
86
Shuningdek, Yangi Konstitutsiyada 0 ‘zbekiston Respublikasi
davlat hokimiyati oliy organlarining tuzilishi, hokimiyatlar taqsim-
lanishi prinsipi ham asoslab berilgan. Ya’ni Qonunda qonun chi-
qaruvchi hokimiyat, ijro etuvchi hokimiyat va sud hokimiyatining
o‘zaro hamjihatligi va mustaqil ravishda amal qilishining o‘ta maq-
bul mexanizmlari mustahkamlab berilgan. Hokimiyatning uchta
tarmog‘i o‘rtasida muvozanat saqlashning oqilona tizimi yaratilgan.
Chunonchi, qonun chiqaruvchi hokimiyat Oliy Majlis tomonidan,
ijroiya hokimiyati esa 0 ‘zbekiston Repsublikasi Prezidenti va uning
rahbarligi ostida Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Sud hokimiyati - Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xo‘jalik
sudi tomonidan amalga oshirilib, ular birgalikda respublikaning
yagona tizimini tashkil etadi. Oliy Majlis tarkibida uning normal
faoliyatini tartibga soladigan, hal etib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz
berganda, yoxud u bir necha marta Konstitutsiyaga zid qarorlar qa-
bul qilsa, Prezident Konstitutsiyaviy sud bilan kelishgan holda qa-
bul qilgan o ‘z qarori bilan Oliy Majlisni tarqatib yuborishi mumkin
(95-modda). Konstitutsion sud respublika qonunlari va Prezident-
ning Farmonlari Konstitutsiyaga qanchalik mos kelishini aniqlaydi.
Uning Konstitutsiyada o‘ziga berilgan vakolatlari doirasida qabul
qilingan qarorlari uzil-kesil hisoblanadi va bu qarorlaming ustidan
shikoyat qilinishi mumkin emas.
Konstitutsiyada kuchli va layoqatli ijroiya hokimiyati rivojlanti-
rilgan. Bir tizimdan boshqa tizimga o ‘tish davrida kuchli ijroiya ho
kimiyati zarurdir. Uni mustahkamlash qonun chiqaruvchi hokimiyat
mavqeyini pasaytirish hisobiga yuz berishi kerak emas. Prezidentga
aw al berilgan vakolatlami aniqlash va to‘ldirish ijroiya va qonun
chiqaruvchi hokimiyat o‘rtasidagi muvozanatga rioya qilingan.
Chunonchi, Konstitutsiyaning 89-moddasiga muvofiq Prezident
0 ‘zbekiston Respublikasida davlat boshlig‘i va ijro hokimiyatining
boshlig‘idir. U ayni bir vaqtda Vazirlar Mahkamasining ham Raisi
hisoblanadi. Prezident vakolatlari to‘g‘risidagi modda uning huquq-
larini sanab o ‘tishda emas, balki uning zimmasiga yuksak mas’uliyat
yuklashdan boshlanadi. Xususan, Prezident fuqarolaming huquqlari
va erkinliklari, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafi-
lidir. 0 ‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hu-
quqiy yaxlitligini muhofaza etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar
ko‘radi (93-moddaning 1-; 2-qismlari).
Prezident mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarc^ res
publika nomidan ish ko‘radi, muzokaralar olib boradi. Respublika
ning shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika. tomonidan tu-
87
zilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning majburiyatlariga rioya
etilishini ta’minlaydi. Prezident davlat boshlig‘i sifatida hokimiyat
va davlat boshqaruvi oliy organlarining hamjihatligini ta’minlaydi.
U ijroiya hokimiyati devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi, vazir-
liklami, davlat qo‘mitalarini hamda davlat boshqaruvining boshqa
organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlami Oliy
Majlis tasdig‘iga kiritadi. Bosh Vazir, uning birinchi o’rinbosari va
o’rinbosarlarini, Vazirlar Mahkamasi a’zolarini lavozimiga tayinlay-
di va ulami lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalami
Oliy Majlis tasdig’iga kiritadi (93-moddaning 8-; 9-bandlari).
Prokurorlik nazorati ijroiya hokimiyati strukturasiga kiritildi.
Shu vaqtga qadar prokurorlik nazorati go‘yoki «To‘rtinchi hokimi
yat» bo‘lib kelar edi. Endi 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori
va uning o'rinbosarlari Prezident Farmoni bilan lavozimiga tayinla-
nadi va lavozimidan ozod qilinadi, bu masala Oliy Majlis tasdig’iga
kiritiladi. 0 ‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga
bo‘ysunuvchi prokurorlar respublika hududida qonunlaming aniq
va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar (118-
modda).
Prezidentning viloyat, tuman, shahar va xo’jalik sudlari sud-
yalarini lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etishga doir va-
kolatlarini o ‘ziga xos rag‘batlantiruvchi omil, deb qarash mumkin.
Bu esa ularga odil sudlovni, hukm chiqarish va hal qiluvchi qaror-
lar qabul qilishni davlat nomidan amalga oshirish imkonini beradi.
Eng muhimi shundaki, sudyalar ishini ko’rishdagi mustaqilligi va
erkinligi Prezident nufuzi bilan mustahkamlanadi. Shu bilan birga
tasdiqlash kerakki, na Prezident, na davlat boshqaruvining bosh
qa organlari sudlaming harakatdagi faoliyatlariga aralashmaydi.
« 0 ‘zbekistonning sud hokimiyati, - deyiladi 106-moddada, - qonun
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan,
boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi».
Prezident mamlakat Qurolli Kuchlaming Oliy Bosh qo‘mondoni
hisoblanadi. Basharti, mamlakatga hujum qilingan taqdirda urush
holati e’lon qilib, bu qarorini uch kecha-kunduz ichida Oliy Majlis
tasdig‘iga kiritadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi faol tashqi siyosat o‘tkazish tarafdo-
ri ekanligini bayon etilishi Konstitutsiyaning butunlay yangi prin-
siplaridan biridir. Bunda Respublikaning o‘z milliy davlat manfaat-
larining ustuvor ekanligini belgilovchi omildir. 0 ‘zbekiston tashqi
siyosat sohasida xalqaro munosabatlaming to‘la huquqli subyekti
sifatida Konstitutsiyada belgilab berilgan davlatlaming suveren teng-
88
ligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralar-
ning daxlsizligi, nizolami tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlar-
ning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning
umum e’tirof etilgan boshqa qoidalariga va normalariga asoslanadi
(17-modda).
Konstitutsiyaning maxsus bobi (XXI-bob) joylardagi davlat ho-
kimiyati organlariga bag‘ishlangan. Bu bobda o‘zini o‘zi boshqa-
rish prinsiplarini mustahkamlash bilan bir qatorda mahalliy hoki-
miyatning boshlig‘i bo‘lgan hokim tartiboti joriy etiladi. Tegishli
huquqlardagi mahalliy vakillik hokimiyati - xalq Kengashlariga,
shuningdek, ijroiya hokimiyatiga viloyat, turnan, shahar hokimlari
boshchilik qiladilar.
Viloyat hokimlari va Toshkent shahrining hokimi Prezident to-
monidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda
tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Turnan,
shahar va shaharlardagi tumanlar hokimlari tegishli yuqori turuvchi
hokimlar tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qi-
linadi hamda xalq deputatlari turnan va shahar Kengashlari tomoni
dan tasdiqlanadi (102-modda).
Hokim o‘z vakolatlarini yakka boshchilik asosida amalga
oshiradi va o ‘zi rahbarlik qilayotgan idoralaming qarorlari va fa-
oliyati uchun shaxsan javobgar boTadi. Shaharchalar, qishloqlar
va ovullarda mahaMiy hokimiyat o‘z-o4zini boshqarish jamoat or-
ganlari shaklida amalga oshiriladi. Fuqarolarning yig‘inlari bunday
o'zini o‘zi boshqarishning organlari hisoblanadi. Fuqarolar ikki
yarim yil muddatga rais (oqsoqol) va uning maslahatchilarini say-
laydilar. 0 ‘zini-o‘zi boshqarishning bunday shakli shahardagi ma-
hallalar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarda ham amalga oshiri
ladi (105-modda).
Bizning Konstitutsiyamizda birinchi marta 0 ‘zbekiston Respub-
likasidagi sud hokimiyatiga doir maxsus bob paydo bo'ldi. Qonuniy
va huquqiy tartibotni ta’minlash manfaatlariga ‘asoslanib, Konsti-
tutsiyada prokuratura idoralárining maqomi va tashkiliy asoslariga
alohida e’tibor berilgan. Prokuraturaning yagona markazlashgan ti-
zimi respublika Bosh prokurori tomonidan boshqariladi (119-120-
moddalar).
0 ‘zbekiston Respublikasining moliya va kreditlari, mudofaa va
xavfsizligi to‘g‘risidagi qoidalaming birinchi marta aks ettirilganligi
Konstitutsiyada bizga tamoyilga aylanmagan butunlay yangi WJÜisa-
dir.
89
|