Biz mustaqilligimizning dastlabki
kunlaridan boshlab ushbu
masalani hal qilish ustida ish olib bormoqdamiz. 0 ‘tgan o‘n yildan
ortiqroq vaqt mobaynida o ‘lim jazosi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan
jinoyatlar tarkibi 33 tadan 2 tagacha qisqartirildi.
Endilikda faqat terrorchilik va og‘irlashtiruvchi vaziyatlarda
qasddan odam o ‘ldirganlik uchungina o‘lim jazosi berilishi ko‘zda
tutilgan. Ayni vaqtda qonunchiligimiz o‘lim
jazosining xotin-
qizlarga, voyaga yetmaganlar va oltmish yoshdan oshgan shaxslarga
nisbatan qo‘llanilishini man etadi.
Uchinchidan,
0 ‘zbekistonda demokratik yangilanishlar jarayo-
nini chuqurlashtirish va fuqarolaming erkinliklarini ta’minlashning
g ‘oyat muhim sharti - bu ommaviy axborot vositalarini rivojlanti-
rish, demokratik andozalami joriy etish bo‘yicha aniq va izchil cho-
ralami amalga oshirishdir.
Bu boradagi asosiy vazifa - mamlakatimizda islohotlami chu
qurlashtirish jarayonining muhim tarkibiy qismi bo‘lmish matbuot,
televideniye, radio faoliyatini yanada
liberallashtirish, ulaming mus-
taqilligi va erkinligini amalda ta’minlashdan iborat.
Xalqimiz ommaviy axborot vositalaridan mamlakatimiz va xo-
rijda sodir bo‘layotgan voqealar to‘g ‘risida
xolis va tezkor axborot-
lar olishni, shu bilan birga, birinchi navbatda,
hokimiyat organlari va
boshqaruv tuzilmalari faoliyati haqidagi tanqidiy fikrlami, islohotlar
va yangilanishlar yoiidan ilgari borishimizga to'siq
b o iib turgan
nuqsonlar, hayotdagi dolzarb muammolar xususida oshkor, professi-'
onal tahliliy materiallarni kutadi.
Shuni tan olish kerakki, biz mustabid tuzum merosi va aqidalari-
dan, uning mafkurasi, ma'muriy nazorati
va senzurasidan juda katta
qiyinchilik bilan xalos bo‘lyapmiz.
Haligacha jumalistlar faoliyatida o‘z-o‘zini senzura qilish,
yuqoridan buyruq kutish kayfiyatlari sezilib turibdi.
Ayni paytda shuni ham qayd etish zarurki,
axborot erkinligini
ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o ‘z fikri va
g‘oyalarini, sodir boiayotgan voqealarga munosabatini erkin ifoda
etadigan
minbarga aylantirmasdan turib, demokratiyani chuqurlash
tirish va aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolaming mamla-
kat siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki to‘g ‘risida so‘z
yuritib bo‘lmaydi, degan tushuncha jamoatchiligimiz o‘rtasida tabo
ra kuchayib va mustahkamlanib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: