Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Uchinchidan, 
0 ‘zbekiston yo‘li oldin dunyo minbarlaridan tu- 
rib e’lon qilingan, jahon jamoatchiligi tomonidan tan olingan mam- 
lakatimiz uchun xos tub islohotlaming mashhur besh tamoyilidan 
biri - o ‘tish davrida davlatning bosh islohotchi boTib turishi kerakli- 
gi kabi qoida hayot talabiga aynan mos keladi.
Bir qarashda bizga xususiylashtirish jarayoni sof iqtisodiy hodi- 
sa bo‘lib ko‘rinadi. Xususiylashtirish deganda ko‘nglimizda moddiy 
ne’mat, moddiy manfaatdorlik, mulkka egalik qilish xohish-istagi 
paydo bo‘ladi. K o‘z o’ngimizda u yoki bu tarzdagi, ko‘p yo oz miq- 
dordagi mulk gavdalanadi.
0 ‘zbekistonda xususiylashtirish hukumat rahnamoligida na- 
faqat iqtisodiy, balki huquqiy va ma’naviy hodisaga aylantirildi. 
Ayni paytda u ongimiz va tafakkurimizda yuz berayotgan jiddiy 
o‘zgarish sifatida tan olindi. Chunki u bizning fikrlarimiz va ongi- 
mizda o‘zgarish yasadi. Inson haq-huquqlarini tobora chuqurlashtir- 
di, uning turmush tarziga yangi mazmun olib kirdi. Natijada jamiyat 
ham, odamlar ham sifat jihatdan tubdan o‘zgardi, uning ma’naviy 
qiyofasi ancha tiniqlashdi.
Tub islohotlar 0 ‘zbekistonda tabiatiga ko‘ra sof siyosiy, huqu­
qiy yoki iqtisodiy mohiyatini yo‘qotmagan holda ma’naviy, ruhiy- 
axloqiy qadriyat darajasiga ko’tarilganligi sababli mamlakatning 
ham, barcha fuqarolaming ham hayotida mukammal, yetuk hodisa 
sifatida iz qoldirmoqda. Iqtisodiy islohotlaming ma’naviy mazmuni 
tobora chuqurlashmoqda.
Chunonchi: 
Bozor munosabatlariga o‘tish - hayotiy yetuklik
va sabr-matonatni sinovdan o‘tkazuvchi o‘ziga xos imtihondir.
Mustaqillik yillarida iqtisodiy islohotlar haqida gapirar ekanmiz, 
yuz bergan institutsional o ’zgarishlar haqida ham qisqacha to‘xtash 
o‘rinlidir.
1991—1996-yillar mobaynida iqtisodiy islohotlaming barcha 
yo‘nalishlarida salmoqli institutsional o‘zgarishlar sodir boTdi. Xu- 
susan turaijoylar, savdo, xizmat ko’rsatish sohasi, matlubot jamiyati 
obyektlari va turli tarmoqlaming mayda korxonalarini xususiylash­
tirish amalda tugallandi. 0 ‘rta va yirik korxonalami davlat tasarrufi- 
dan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni faol boshlab yuborildi.
1996-yil 
12-martda tadbirkorlikni rivojlantirish, 
qoTlab- 
quwatlash maqsadida, shu jumladan, individual mehnat faoliyati bi- 
lan band boTgan jismoniy shaxslami ham hisobga olib borish, ular- 
ning manfaatlarini himoya qilish, ishlarini tashkil etishda yordam
4 2 6


ko‘rsatish vazifasini o‘z zimmasiga olgan tovar ishlab chiqaruvchilar 
va tadbirkorlaming Respublika Palatasi tashkil qilindi. Hozirda joy- 
larda uning hududiy bo‘limlari ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
Jismoniy shaxslaming o‘z sarmoyasi negizida 85 mingdan 
ko‘proq xususiy va kichik korxonalar tashkil etildi. Ularga umu- 
miy sahni 793,5 ming kvadrat-metr bo‘lgan 3768 ta foydalanil- 
mayotgan va kam foydalanilayotgan xonalar ijaraga berildi; umu- 
miy sahni 104,5 kvadrat-metr bo‘lgan 282 xonani ular kimoshdi 
savdolarida sotib oldilar. Ulami moddiy-texnika resurslari bilan 
ta’minlash uchun 1469 ta mayda ulguiji bozori va tuzilmalar, shu 
jumladan 1256 ta tijorat markazlari va savdo uylari tashkil etildi. 
Xomashyo va tayyor mollami sotish bo‘yicha 1128 yarmarka va 
savdolar o ‘tkazildi. Tadbirkorlar tomonidan 512 ta qurilishi tugal- 
lanmagan obyekt sotib olindi.
0 ‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlashning noyob, 
o‘ziga xos tizimi ish olib bormoqda. Unga davlatning o‘zi rahnamo- 
lik qilmoqda. Bu tizimga muvofiq xususiylashtirishdan tushgan de- 
yarli barcha mablagTardan iqtisodiyotning nodavlat sektorini shakl- 
lantirish va mustahkamlash uchun foydalanilmoqda.
Mamlakat tovar-xomashyo biijasi o ‘z faoliyatini ancha kengay- 
tirdi, undagi bitimlar hajmi 1995-yilda 7,7 mlrd. so‘mga yetdi. 1995- 
yilda 8481 obyektni 859,8 min. so‘mga sotgan Respublika ko‘chmas 
mulk birjasi ham milliard dovonidan oshish arafasida turibdi.
To‘plangan tajriba katta-katta sanoat korxonalarini davlat ta- 
sarrufidan chiqarish imkonini berdi. Chkalov nomidagi Tosh- 
kent aviatsiya-ishlab chiqarish birlashmasi ochiq turdagi davlat- 
aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
Qishloq xo‘jaligi mashinasozligining 15 ta korxonasi yuqori in- 
vestitsiya salohiyatiga ega bo‘lgan xo‘jalik tuzilmasi - « 0 ‘zqish- 
loqxo‘jalikmashxolding»ni tashkil etdi. Uning tarkibiga Toshkent 
traktor zavodi ishlab chiqarish birlashmasi, «Toshqishmash» ishlab 
chiqarish birlashmasi, Toshkent agrégat zavodi, «Chirchiqqishmash» 
« 0 ‘zbekqishmash» singari aksionerlik jamiyatlari kirdi.
Bir so‘z bilan aytganda, mustaqillik yillarida xususiylashtirish 
jarayoni 0 ‘zbekistonda izchillik bilan bosqichma-bosqich amalga 
oshirila bordi. 0 ‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar o ‘ziga xos tarzda 
amalga oshirilar ekan, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni davlat tomo­
nidan qoTlab-quvvatlashga katta e’tibor berildi. Bu o‘rinda Prezident 
I. Karimov jahon amaliyotini chuqur o‘rgandi, tadbirkomin^ jamiyat 
ijtimoiy hayotida muhim o ‘ringa egaligi, aniqrog‘i u «zamonasining 
yangi qahramoni» ekanligini chuqur his qildi.
4 2 7


Shu bois Prezident 1994-yil 21-yanvarda «Iqtisodiy islohotlami 
yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk muhofazasini ta’minlash va 
tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash tadbirlari to‘g ‘risida»gi Farmoni 
bilan xususiy mulkchilik asosidagi tadbirkorlikning yuzaga kelishi 
uchun zarur shart-sharoitlami yaratib berdi. Mamlakatda tadbirkor­
likni qo‘llab-quwatlash tizimi yaratildi.
U Qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qaror- 
larini o ‘z ichiga oluvchi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asos- 
lanadi. Xalqaro tashkilotlar (Jahon Banki, BMT, YuNIF) tomonidan 
qayd qilinishicha, korxonalar va tadbirkorlar faoliyatini xususiylash- 
tirishdan keyingi qo‘llab-quvvatlashning 0 ‘zbekistonda amal qila- 
yotgan tizimi, MDH mamlakatlari orasida o‘xshashi yo‘q ekanligini 
xalqaro ijtimoiy tashkilotlar mutaxassislari ham tan ola boshladilar.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda 0 ‘zbekiston hukumati tadbirkor­
likni qo‘llab-quwatlashning samarali yo‘llarini qidirib topa bosh- 
ladi. Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishning davlat 
Dasturidan tashqari 0 ‘zbekistonda xalq xo‘jaligining barcha tarmoq- 
larida, shu jumladan, qishloq xo‘jaligida alohida tadbirkorlikni rivoj- 
lantirish dasturlari qabul qilindi.
1994-yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va 
Toshkent shahrini qamrab oluvchi mintaqaviy dasturlar ishlab chi- 
qildi va amalga oshirila boshlandi.
I. Karimov 1995-yil 4-iyulda bo‘lib o ‘tgan idoralararo Kengash- 
da tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quwatlash xususida qo- 
nun qabul qilish kerakligini uqtirdi.
Shunday Qonun Oliy Majlisning iqtisodiy islohotlar va tadbir­
korlikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan tayyorlandi va 1995-yil 
21-dekabrdagi Oliy Majlisning IV sessiyasida qabul qilindi.
Ushbu Qonun kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni 
rag‘batlantirishning huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy asoslarini belgi- 
lab berdi, fuqarolaming tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi 
huquqlarini ro‘yobga chiqarishga qaratildi.
Qishloqda haqiqiy mulkdorlaming shakllanishida fermer va 
dehqon xo‘jaliklarining yana ham rivojlantirilishi alohida ahami- 
yatga egadir. Respublikada fermer xo‘jaliklarining umumiy soni 
1992-yildagi 6 mingdan 1998-yilda 23 minggacha oshdi, ushbu 
xo‘jaliklardagi qoramollar soni 42 ming boshdan 168 ming boshga- 
cha oshdi. Fermer va dehqon xo‘jaliklariga ajratilgan qishloq xo‘jalik 
yerlari maydoni oshmoqda. Agar 1995-yilda fermer xo‘jaliklari 308 
ming gektar yerga ega bo‘lsa, 1998-yilda ularga 447 ming gektar yer 
tegishli bo‘lgan, dehqon xo‘jaliklari maydoni esa shu davming ichi- 
da 534 ming gektardan 573 ming gektargacha oshgan.
4 2 8


Bu boradagi islohotlar izchil amalga oshirilishi tufayli hozirgi 
paytda respublikamizda 190 mingga yaqin fermer xo‘jaligi faoliyat 
ko‘rsatmoqda va ularda salkam 1,4 million kishi mehnat qilmoqda.
Agar 2000-yilda yetishtirilgan paxta hosilining 21 foizi fermer 
xo‘jaliklari hissasiga to ‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2006-yilda bu ko‘rsatkich 
85 foizdan oshib ketdi, boshoqli don ekinlari yetishtirish bo‘yicha 
esa 2000-yilda 15 foizni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan yili 75 foizdan 
iborat bo‘ldi.
Birgina 2006-yilning o‘zida 666 ta shirkat xo‘jaligini qayta tash­
kil etish hisobidan 74 mingta fermer xo‘jaligi tuzildi, ulaming yar- 
midan ko‘pi meva-sabzavotchilikka ixtisoslashganini ta’kidlash lo- 
zim.
Qishloq joylarda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan 
mehnat kooperatsiyasining yangi shakllari, yangicha xo‘jalik muno- 
sabatlari tizimi qaror topmoqda.
Jumladan, fermer xo‘jaliklari tomonidan meva-sabzavot mah- 
sulotlari va uzum yetishtirishga hamda ulami qayta ishlashga ixti- 
soslashgan qariyb 200 ta agrofirma tashkil etildi, qishloq xo‘jaligi 
sohasida ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish, transport xizmati, 
mahsulotlami qadoqlash, joylash va eksport qilish hamda shu kabi 
boshqa xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ishlab chiqarish va bozor infra- 
tuzilmasi shakllanmoqda.
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati tubdan o ‘zgarib bordi. 1998-yilda 
go‘shtning 90 foizi, sutning 92 foizi, sabzavot va kartoshkaning 70 
foizdan ortig‘i, poliz ekinlari va uzumning yarmidan ko‘pi, respub- 
likada yetishtirilayotgan mevalaming 61 foizi shaxsiy yordamchi 
xo‘jalik deb atalmish xo‘jaliklarda tayyorlandi.
Mulkdorlar sinfini shakllantirish davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish bilan bevo- 
sita bog‘liq. Xususiylashtirish va kichik biznesni rivojlantirish ja- 
rayoni natijasida hozirgi paytda xususiy korxonalar respublikadagi 
korxonalaming umumiy sonidan 46 foizni, aksionerlik jamiyatlari 
va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar - 12 foizni, jamoa mulki kor- 
xonalari - 6 foizni, fermer xo‘jaliklari - 14 foizni tashkil qiladi. Ak- 
siyalash respublikada o‘rta va yirik korxonalami xususiy lashtirish- 
ning asosiy shaklidir. 1999-yil 1-yanvarga kelib 0 ‘zbekistonda 9400 
aksionerlik jamiyatlari ro‘yxatga olindi, bunda barcha aksiyalaming 
uchdan bir qismidan ortig‘i aholiga tegishli, bu esa yangi mulkdorlar 
sinfini shakllantirish jarayonida aholi keng qatlamlari ishtif&kining 
muhim shaklidir.
Bugungi kunda xususiylashtirish jarayoni mohiyatan yangi
4 2 9


bosqichga qadam qo‘ydi - yirik, tuzilma barpo etuvchi korxonalar 
xususiylashtirish obyektiga aylanmoqda. Xususiylashtirish hozirgi 
bosqichining farqlovchi xususiyati aksiyalar vositasining sezilarli 
qismini fond bozorida, shu jumladan, xorijiy investorlarga ham erkin 
sotuvga chiqarib yirik korxonalami keng aksionerlash hisoblanadi. 
Bu bir tomondan, korxonalar aksiyalariga egalik qiluvchi mulkdorlar 
doirasini sezilarli kengaytirish imkonini bersa, ikkinchi tomondan, 
ishlab chiqarishni modemizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash 
maqsadida aholini va xorijiy sarmoyadorlar mablag‘larini jalb qiladi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda iqtisodiy islohotlami amalga 
oshirishda xususiylashtirish jarayoniga katta e’tibor berilganini bir- 
gina 2005-yil yakunlari asosida ham yaqqol ko‘rish mumkin.
Masalan, 2005-yilda moddiy resurslar va tayyor mahsulotlami 
realizatsiya qilish va ulardan foydalanish tizimini liberallashtirish 
yo‘lida hal qiluvchi qadam qo‘yildi.
Bugun to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, tadbirkorlarga, av- 
valo, kichik biznes subyektlariga asosiy, shu jumladan, talab katta 
bo‘lgan moddiy resurslardan foydalanish imkonini beradigan barqa- 
ror bozor mexanizmi shakllandi.
Biija savdolaridagi aylanma mablag‘lar hajmi 2001-2005-yillar 
mobaynida 5,5 barobar ortdi. Hozirgi kunda ulguiji savdo aylanma- 
sining uchdan bir qismi birja savdolari hissasiga to‘g ‘ri kelmoqda. 
Vaholanki, 2000-yilda bu ko‘rsatkich atigi 8,5 foizdan iborat bo‘lgan 
edi.
Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, biija savdolarida mahsulot 
savdosidan eng ko‘p foydani kichik biznes va xususiy tadbirkor- 
lik subyektlari olmoqda. Bugungi kunda kichik biznes subyektlari 
tovar-moddiy resurslarga b o igan o‘z ehtiyojining qariyb 70 foizini 
birja savdolarida qilinayotgan xaridlar hisobidan ta’minlamoqda.
2005-yilda Toshkentda birinchi bor o‘tkazilgan Xalqaro paxta 
yarmarkasi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu anjumanda dunyoning 
26 mamlakatida faoliyat ko‘rsatayotgan 200 ta xorijiy kompaniya- 
ning 340 nafar vakili ishtirok etdi. Yarmarka natijalariga ko‘ra, paxta 
xomashyosini xarid qiluvchi Xitoy, Rossiya, Hindiston, Janubiy Ko- 
reya, Singapur, Bangladesh, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa 
davlatlar bilan 122 ta shartnoma tuzildi. Yarmarka paxta mahsulotini 
sotish va uni qayta ishlovchilarga vositachilarsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri 
yetkazib berish mexanizmi yanada erkinlashishiga, xaridor mamla- 
katlar geografiyasini kengaytirishga imkon berdi.
Toshkentda o ‘tkazilgan yarmarka 0 ‘zbekiston dunyoda paxta 
tolasini ishlab chiqaradigan yetakchi davlatlardan biri sifatida jahon
4 3 0


paxta bozorida faol rol o‘ynashi mumkinligini yana bir bor yaqqol 
ko‘rsatdi.
Xususiy sektomi kengaytirish, kichik biznes, fermer xo‘jaliklari 
va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida tub burilishga erishildi.
2005-yilda davlat korxonalarini butunlay, shuningdek, davlat 
aksiya paketlarini asosan xususiy mulkdorlarga sotish masalasiga 
alohida e’tibor qaratildi. Natijada 980 ta obyektdan 902 tasi xususiy 
mulkka aylantirildi. 2000-2005-yillar davomida jami 4 ming 660 ta 
korxona va obyekt xususiy mulkdorlarga sotildi.
Masalan, Samarqand choy qadoqlash fabrikasi, «Ohangaron- 
sement», «Buxoro-gips», «Parkent-suv-qurilish» aksiyadorlik ja- 
miyatlari kabi yirik korxonalar to iig ic h a xususiy mulkdorlarga 
sotildi.
Xususiylashtirish jarayonining so‘nggi yillardagi o ‘ziga xos ji- 
hati davlat aktivlari va aksiya paketlarining nolga teng xarid qiymati 
bo‘yicha to‘liq hajmda sotilayotganida namoyon bo‘lmoqda.
2003-2006-yillar mobaynida 396 ta korxona va obyekt 43,2 
milliard so'mlik investitsiya kiritish majburiyati bilan nolga teng 
xarid qiymatida sotildi. Nizom jam g‘armasida davlat ulushi boigan 
xo’jalik subyektlari soni 2001-yildagiga nisbatan uch barobar qis- 
qardi.
2007-yilga kelib mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi 
ichki mahsulotning qariyb 76 foizi, sanoat mahsulotlarining 78 fo- 
izdan ortigi, qishloq xo‘jaligi va chakana savdo aylanmasining de- 
yarli barcha mahsulotlari nodavlat sektor ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. 
Nodavlat sektorda 77 foiz yoki iqtisodiyotda band boigan kishilar- 
ning to’rtdan uch qismi mehnat qilmoqda.
Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, 2005-yil kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlikniig jadal rivojlanishida tub burilish yili 
boidi.
Bugungi kunda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o‘sish 
sur’atlarini jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda 
muhim b o igan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini 
hal etishda ham yetakchi o ‘rin tutmoqda.
Bunga ko‘p jihatdan huquqiy bazani mustahkamlash, iqtisodi­
yotning mazkur sektori uchun barqaror qulaylik, imtiyoz va kredit- 
lar tizimini shakllantirish masalalariga jiddiy e’tibor berilayotgani 
tufayli erishildi. 2005-yilning o‘zida kichik biznes obyektlari 31,5 
mingtaga ko‘paydi va ulaming soni 310 mingtadan ortdi.
Hozirgi kunda kichik tadbirkorlik (biznes)ning yalpi ichki mah- 
sulot hajmidagi ulushi 38,2 foizni tashkil etmoqda. Bugun iqtisodi-
431


yotda band bo‘lgan aholining 65 foizdan ko‘prog‘i mazkur sohada 
faoliyat yuritmoqda. Yangi yaratilayotgan ish o ‘rinlarining 85 foizi 
aynan kichik biznes hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
0 ‘tgan yili qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tubdan isloh qi- 
lish va birinchi galda qishloqda fermer xo‘jaliklarini jadal rivojlanti- 
rish masalasiga katta e’tibor qaratildi.
Mamlakatimiz fermer xo‘jaliklarida 2007-yilda 1 milliondan 
ziyod kishi band bo‘lib, 2005-yilgi paxta xomashyosining 66 foizi, 
g‘allaning 55 foizdan ortig‘i fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishti- 
rildi.
2005-yilda davlat va nazorat tuzilmalarining korxonalar moliya- 
xo‘jalik faoliyatiga aralashuvini keskin qisqartirish xo‘jalik subyekt- 
lari hamda tadbirkorlikning iqtisodiy erkinligi va huquqlarini sezi- 
larli darajada kengaytirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. 
Tekshiruvlar soni 2001-yildagiga nisbatan 2,5 barobardan ko‘proq 
kamaydi. Ilgari xo‘jalik subyektlari tomonidan topshirilgan davlat 
statistik hisobotlarining umumiy soni ikki barobar, oylik hisobotlar 
soni esa 5 barobarga qisqardi, ruxsat berish bilan bog‘liq 12 ta prot- 
sedura bekor qilindi, hisobot ma’lumotlarini noqonuniy talab qilgan- 
lik uchun javobgarlik kuchaytirildi.
Yagona soliq to‘lovlarining joriy etilishi munosabati bilan soliq 
idoralariga taqdim etiladigan soliq hisob-kitoblari bo‘yicha hujjatlar 
soni 10 barobar qisqardi.
Nazorat idoralarining xo‘jalik subyektlari va tadbirkorlik 
obyektlarini tekshirish natijalari bo‘yicha qabul qilgan barcha qaror- 
larini sud idoralari orqali amalga oshirish tartibi o‘matildi.
Bunday tartib o‘z-o‘zicha mazkur subyektlarga nisbatan turli 
sanksiyalami qoilashni ham tubdan o ‘zgartirish, ya’ni uni sud qaro- 
ri bilan o ‘matishni belgilab beradi.
Shunday qilib, xo‘jalik subyektlari faoliyatidagi o ‘zaro masala 
va talablami turli darajadagi davlat boshqaruvi idoralarida ko‘rish va 
hal qilish kabi o‘z umrini o‘tab bo‘lgan amaliyotga butunlay barham 
berish borasida qat’iy qadamlar qo‘yildi. Bugun bunday masalalar, 
huquqiy demokratik davlatlarda bo‘lganidek, istisnosiz ravishda sud 
orqali hal etiladi.
So‘nggi yillarda xo‘jalik sudlari tizimi ancha mustahkamlandi, 
umumiy yurisdiksiya sudlarining vazifalari fuqarolik va ma’muriy- 
jinoiy ishlar bo‘yicha alohida ajratildi.
Shu borada xo‘jalik sudlarining faoliyati alohida ahamiyat 
kasb etmoqda. 2001-2008-yillarda ular tomonidan ko‘rilgan ish­
lar soni 3,7 barobar, jumladan, m a’muriy huquqbuzarlik holatlari
4 3 2


bo‘yicha ishlar soni 4 barobardan ko‘proq oshgani ham shundan 
dalolat beradi.
Ko‘rilgan ishlaming aksariyati tadbirkorlar va xo‘jalik subyekt- 
lari foydasiga hal qilinayotganini alohida ta’kidlash joiz. Faqat 2005- 
yilning o ‘zida ulaming foydasiga 45 milliard so‘mdan ortiq mablag1 
undirildi.
Islohotlami yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkin- 
lashtirish masalalari eski zamon illati bo‘lgan byurokratik boshqa- 
ruv tizimini bartaraf etish bilan bevosita b o g iiq ekanini isbotlab 
o‘tirishning hojati yo‘q. Tan olish kerakki, respublikada amalga 
oshirilayotgan ma’muriy islohotlar markaz va joylardagi boshqaruv 
organlari tuzilmalarini takomillashtirishga sezilarli ta’sir qildi, bosh­
qaruv xodimlari va ulaming faoliyati bilan bogTiq xarajatlami ancha 
qisqartirish imkonini berdi.
2001-2008-yillar mobaynida boshqaruv xodimlarining umumiy 
soni 75 ming kishiga yoki 35,5 foizga, jumladan, respublika organla­
ri bo‘yicha 21 foiz, mahalliy boshqaruv organlari bo‘yicha 63,5 foiz, 
xo‘jalik boshqaruv organlari bo‘yicha 30,5 foizga qisqartirildi.
Iqtisodiyotdagi sifat o‘zgarishlari, bozor islohotlari yoTidan il- 
gari borish haqida gapirganda yana bir bor ta’kidlab o‘tish lozimki, 
0 ‘zbekistonda islohotlar shunchaki islohot uchun amalga oshiril- 
mayapti. Islohotlar qanday samara berayotganiga, ular odamlaming 
ijtimoiy ahvoliga qanday ta’sir ko‘rsatayotganiga katta e’tibor beril- 
moqda.
Odamlaming dunyoqarashi, mentaliteti o ‘zgarib, ulardagi ijti- 
moiy boqimandalik va faqat davlatdan yordam kutib yashash kayfi- 
yati barham topmoqda.
Xususiylashtirish, xususiy mulkni mustahkamlash, kichik kor- 
xonalar, mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari tashkil etish va tadbir- 
korlikni rag‘batlantirish hisobidan mamlakatimizda demokratik 
jamiyatning asosi va tayanchi sifatida o ‘rta sinf amalda shakllan- 
moqda.
Birinchi navbatda bu o ‘z kuchi va imkoniyatiga tayanib yashay- 
digan, o‘zini, oilasini boqayotgan va davlatga ham katta naf keltira- 
yotgan, o‘zining mustaqil tijorat ishiga ega bo‘lgan mulkdor tadbir- 
korlardir.
Aynan ana shunday odamlar jamiyatimizning tayanchi boTib, 
uning ijtimoiy asosini tashkil etadi. Chunki aynan shular demokratik 
va bozor islohotlarini davom ettirish va chuqurlashtirishdan, mamla- 
katni barqaror va izchil rivojlantirishdan ko‘proq manfaatdor ekanini 
ta’kidlash zarur.
4 3 3


Shunday qilib, mamlakatimizning 2008-yildagi iqtisodiy rivoj- 
lanish natijalari o‘tgan davr mobaynida demokratik yangilanish, iq­
tisodiy islohotlami chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish 
yo‘lida ulkan qadaralar qo‘yilganini ko‘rsatadi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin