Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Birinchidan, 
0 ‘zbekistonda avtomobil sanoatini barpo etish 
uchun katta investitsiya, yuqori texnologiya va malakali kadrlar 
tayyorlash talab qilinar edi.
Ikkinchidan, 
avtomobil ishlab chiqaruvchilar uchun iqtisodchi- 
lar ta’biri bilan aytganda, doimo o'zaro o ‘mini bosuvchi tovar ishlab
4 3 6


chiqarish holati mavjud boiishi lozim edi. Buning ma’nosi avtomo- 
billar modelini juda to‘liqlari bilan almashtirib turishni, xaridorlar 
talab-istaklarini o ‘z vaqtida qondirishni taqozo etadi. Bunda kuch- 
li injener-konstruktorlik ishini qat’iyat bilan rivojlantirish, ijodiy- 
texnologik jarayonni doimiy ravishda, uzluksiz takomillashtirib bo- 
rishning zaruriy choralarini ko‘rish talab qilinardi.
Uchinchidan, 
xomashyo mahsulotlari, ehtiyoj qismlar yetkazib 
beruvchilami, ya’ni ta’minlovchilaraing avtomobil biznesiga ta’siri 
katta bo‘lganligi uchun ular ishonchini qozonmoq kerak edi.
0 ‘zbekiston avtomobil industriyasi ana shu muhim masalalami 
hal etishga qodir ekanligini amalda ko‘rsatdi va bunga boshqa mam- 
lakatlardagi hamkorlarini ishontira oldi. U qiyinchiliklami oqilona 
yengib, muammolami cho‘chimay hal qilib, biznes bozoriga dadil 
kirib bordi.
Hozirgi kunda « 0 ‘zDEUavto» korxonasida kuniga 290 ta dun- 
yo andozalariga javob bera oladigan 4 xil modeldagi avtomobillar 
chiqarilmoqda. Shundan 160 tasi NEXIA modeli bo‘lib, u AQSH va 
Yaponiya talablariga to‘la javob beradi. Uni ma’lum takomillashti- 
rish hisobiga Yevropa standartiga ham to‘la javob beradigan darajaga 
keltirish ishlari olib borilmoqda. Avtomobillar hozir o ‘z xaridorlarini 
kutilgandan ham tezroq topmoqda.
1996-yil noyabr oyigacha 18000 dan ortiq avtomobillar sotilgan 
bo‘lsa, ul^rdan 15 ming 700 tasi ichki bozorga va 2300 tasi chet el- 
larga eksport uchun chiqarildi. Shulardan NEXIA va TICO avtomo- 
billariga talab tobora kuchaydi.
Tashqi bozordagi katta ulguiji savdo Rossiya hissasiga to‘g‘ri 
kelmoqda. Ayni paytda 0 ‘zbekistonga avtomobil eksport qiluvchi 
Rossiya 0 ‘zbekiston avtomobillariga xaridor bo‘lmoqda va undan 
ko‘p miqdorda olishni taklif qilmoqda.
0 ‘zbekistonda avtomobilsozlikni rivojlantirishga respublika 
rahbariyati, shaxsan Prezident I. Karimov muntazam e’tibor be- 
rib kelmoqda. Buni Vazirlar Mahkamasi tomonidan birgina 1995- 
1996-yillarda qabul qilingan qarorlardan ham bilsa bo‘ladi. Jum- 
ladan, 0 ‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini jalb 
etgan holda avtomobil sanoatining ishlab chiqarish bazasini shakl- 
lantirish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 1995-yil 
30-mayda «Avtomobillar uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqa- 
radigan 0 ‘zbekiston- Koreya Qo‘shma korxonalarini tashkil etish 
to‘g ‘risida» qaror qabul qildi. 
«►
Unda 0 ‘zbekiston tomonidan « 0 ‘zavtosanoat» uyushmasi va 
« 0 ‘zsanoatqurilish» davlat korporatsiyasining «Andijon qurilish za-
4 3 7


vodi» aksionerlik jamiyati hamda Koreya tomonidan «Dongju end 
Ko ltd» kompaniyasi tashkil etadigan lak-bo‘yoq mahsulotlari ishlab 
chiqaradigan Nizom jam g‘armasi 4 million AQSH dollari miqdorida 
bo‘lgan « 0 ‘z-Dongju Ko» Qo‘shma korxonasi, 0 ‘zbekiston tomon- 
dan « 0 ‘zavtosanoat» va « 0 ‘zmashsanoat» uyushmalarining «Andi- 
jon zavodi» aksionerlik jamiyati hamda Koreya tomonidan «Tong 
Xong» Elektrik o‘rindiqlari ishlab chiqaradigan, Nizom jam g‘armasi 
6,42 million AQSH dollari miqdorida boigan « 0 ‘z-Tong Xong 
Ko» Qo‘shma korxonasi 0 ‘zbekiston tomonidan « 0 ‘zavtosanoat» 
uyushmasi va Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi SANIIRI 
ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining tajriba-eksperimental zavo­
di hamda Koreya tomonidan «Kodam Plastik Ko ltd» kompaniya­
si tashkil etadigan bamperlar va pribor panellari ishlab chiqaradi­
gan, Nizom jamg'armasi 5 million AQSH dollari miqdorida bo‘lgan 
« 0 ‘z-Kodam Ko» Qo‘shma korxonasi tashkil etilishi m a’qullandi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi « 0 ‘zDEUavto» qo‘shma kor­
xonasi ishlab chiqargan avtomobillami samarali sotish va ularga tex- 
nik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida 1996-yil 3-sentabrda 
« 0 ‘zDEUavto» Qo‘shma korxonasida avtomobillar ishlab chiqa­
rish, sotish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash 
to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Ushbu qarorda «Mersedes Bens» va «DEU» kompaniyalari- 
ning va boshqa yirik avtomobil kompaniyalarining mutaxassislarini 
jalb etgan holda « 0 ‘zDEUavto» qo‘shma korxonasi avtomobillarini 
ham mamlakat ichida, ham mamlakat tashqarisida sotish bo‘yicha 
marketing tadqiqotlari markazini tashkil etish ko‘zda tutildi. Ayni 
chog'da bu markaz «DEU» korporatsiyasi bilan kelishgan holda 
avtomobil Modellarini yangilashga doir tadbirlar ishlab chiqishi ke- 
rakligi nazarda tutildi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, « 0 ‘zDEUavto» qo‘shma 
korxonasini to‘la quvvat bilan ishga tushirish, ishlab chiqarilgan av­
tomobillar uchun zarur ehtiyot qismlar tayyorlash, sotish va sotuv- 
dan keyin servis xizmati ko‘rsatish, marketing xizmatlarini yo‘lga 
qo‘yish choralari ko‘rilmoqda.
Shu kunlarda korxonada 4000 ga yaqin ishchi ishlayotgan 
boisa, yaqin kelajakda taxminan 55-65 ming kishi ishlaydigan yirik 
avtomobilsozlik markaziga aylanadi.
1999-yil 16-mart kuni Samarqandda ham qalbimizni g‘urur 
nashidasidan entikadigan quvonchli voqea ro‘y berdi. Bu yerda 
0 ‘zbekistonning yana bir avtomobil zavodi ish boshladi. Qisqa mud- 
datda qad rostlagan mazkur avtomobil zavodi qurilishiga 1995-yili
4 3 8


« 0 ‘zavtosanoat» uyushmasining Turkiyadagi mashhur «Koch xol- 
ding» kompaniyasi bilan imzolagan shartnomaga muvofiq kirishil- 
gan edi.
«SamKochavto» qo‘shma korxonasi zavodida yiliga minglab 
turli rusumdagi qulay va ixcham avtobuslar, turfa xil yuk tashish 
raashinalarini ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Xalq xo‘jaligining 
barcha jabhalarida foydalanish mumkin bo‘lgan bu mashinalar- 
ning e’tiborli jihati shundaki, ular «Iveko» Italiya-Ispaniya firmasi- 
ning ixcham konstruksiyalariga asoslangan hamda «Koch xolding» 
kompaniyasi a’zosi- «Otoyo‘l» zavodida yanada takomillashtirilib, 
0 ‘zbekiston sharoitiga moslashtirildi.
Dastlab butlovchi va ehtiyot qismlarining 25 foizi o ‘zimizda 
ishlab chiqarildi. 2000-yildan boshlab bu ko‘rsatkich 35 foizga 
yetishtirildi. Ma’lumki, Asakadagi avtomobil zavodida ham dast­
lab butlovchi va ehtiyot qismlarining 15 foizi mahalliy korxo- 
nalarda tayyorlanar edi. Hozirga kelib bu ko‘rsatkich 55 foizdan 
oshib ketdi.
Chkalov nomli Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, 
Toshkent traktor zavodi kabi yirik korxonalar hissadorlik jamiyatla- 
riga, « 0 ‘zqishloqxo‘jalik» mashinasozligi esa « 0 ‘zqishloqxo‘jalik 
mashinasozlik xolding» - xolding kompaniyasiga aylantirildi.
Hozirgi paytda faqat dunyoning ikki mamlakatida, aniqrog‘i 
AQSH va Ckzbekistonda paxtachilik mashinalari va uskunalari to ‘liq 
ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda bu yirik korxonalar AQSHning 
«Keys» va «Magnum» korporatsiyalari bilan hamkorlik qilib, qish- 
loq xo‘jaligini zamonaviy traktorlar bilan ta’minlashga harakat qil- 
moqdalar.
0 ‘zbekiston ipakchilik va pillachilik texnikalari ishlab chiqa- 
ruvchi Markaziy Osiyodagi yagona davlatdir.
Shu tariqa 0 ‘zbekiston 2008-yilga kelib zamonaviy avtomobil 
industriyasiga ega rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o ‘rin 
oldi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin