« 0 ‘zavtosanoat» uyushmasining Turkiyadagi mashhur «Koch xol-
ding» kompaniyasi bilan imzolagan shartnomaga muvofiq kirishil-
gan edi.
«SamKochavto» qo‘shma korxonasi zavodida yiliga minglab
turli rusumdagi qulay va ixcham avtobuslar, turfa xil yuk tashish
raashinalarini ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Xalq xo‘jaligining
barcha jabhalarida foydalanish mumkin bo‘lgan bu mashinalar-
ning e’tiborli jihati shundaki, ular «Iveko» Italiya-Ispaniya firmasi-
ning ixcham konstruksiyalariga asoslangan hamda «Koch xolding»
kompaniyasi a’zosi- «Otoyo‘l» zavodida yanada takomillashtirilib,
0 ‘zbekiston sharoitiga moslashtirildi.
Dastlab butlovchi va ehtiyot qismlarining 25 foizi o ‘zimizda
ishlab chiqarildi. 2000-yildan boshlab bu ko‘rsatkich 35 foizga
yetishtirildi. Ma’lumki, Asakadagi avtomobil zavodida ham dast
lab butlovchi va ehtiyot qismlarining 15 foizi mahalliy korxo-
nalarda tayyorlanar edi. Hozirga kelib bu ko‘rsatkich 55 foizdan
oshib ketdi.
Chkalov nomli Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi,
Toshkent traktor zavodi kabi yirik korxonalar hissadorlik jamiyatla-
riga, « 0 ‘zqishloqxo‘jalik» mashinasozligi esa « 0 ‘zqishloqxo‘jalik
mashinasozlik xolding» - xolding kompaniyasiga aylantirildi.
Hozirgi paytda faqat dunyoning ikki mamlakatida, aniqrog‘i
AQSH va Ckzbekistonda paxtachilik mashinalari va uskunalari to ‘liq
ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda bu yirik korxonalar AQSHning
«Keys» va «Magnum» korporatsiyalari bilan hamkorlik qilib, qish-
loq xo‘jaligini zamonaviy traktorlar bilan ta’minlashga harakat qil-
moqdalar.
0 ‘zbekiston ipakchilik va pillachilik texnikalari ishlab chiqa-
ruvchi Markaziy Osiyodagi yagona davlatdir.
Shu tariqa 0 ‘zbekiston 2008-yilga kelib zamonaviy avtomobil
industriyasiga ega rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o ‘rin
oldi.
Dostları ilə paylaş: