«Davlat jamiyatning keskin tabaqalanishiga - oshib-toshib ketgan boylar-u kambag‘al-qashshoqlarga bo‘linib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak», - deydi va masalaga bunday yondashuv
mazmun-mohiyatini aniq tushuntirib berdi. Albatta, 0 ‘zbekiston stra-
tegiya jihatidan jahon tajribalari eng ilg‘or namunalaridan keng foy-
dalanadi. Biroq uni o‘z milliy xususiyatlari va turmush tarziga mos
tarzda amalga oshiradi. Bu, ayniqsa mamlakatda tub iqtisodiy islo-
hotlami, jumladan, erkin bozor siyosatini amalga oshirishda ko‘zga
yaqqol tashlanmoqda. Natijada davlat mulkini xususiylashtirish va
yangi iqtisodiy tizimni joriy etish borasidagi 0 ‘zbekiston y o ii jahon
jamoatchiligi tomonidan keng qo‘llab-quwatlanmoqda. Buni quyi-
dagilarda ko‘«ish mumkin:
Birinchidan, uzoq yillarga moijallangan,
dasturiy ahamiyatga molik maqsadlar davlat strategiyasi darajasiga
ko‘tarilgani bilan, kundalik talablar, hayot ehtiyojlari yoki vaqtin-
chalik holatlarda taktikaning o ‘zgarib turishi tabiiy hol. Mamlaka-
timizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, mavjud siyosiy,
huquqiy, ma’naviy-axloqiy mezonlar nuqtayi nazaridan hayotiydir.
Chunki, o ‘tish davrida qonunchiligimizning hali to‘la shakllanma-
ganligi, ayrim hollarda esa mavjud qonunlarga ham hali bo‘ysunib
yashashga odatlanmaganimiz, ba’zan xudbinlik va manfaatparast-
likning avj olib ketishi natijasida turli xildagi suiiste’molliklar yuz
bermoqda. Natijada foydani yashirish, soliqdan qochish va boshqa
ko‘zbo‘yamachiliklar, nayranglar tufayli kimlardir ortiqcha boyib ke-
tib, kimlardir qashshoqlashib qolishi mumkin. Ana shunday paytda
davlat qonun ustuvorligini ta’minlashda, aholi turli tabaqasining tur
mush tarzida muvozanatni saqlab turishda muhim rol o ‘ynaydi.
Ikkinchidan, davlat adolat g‘oyasiga qattiq suyanadi va inson
haq-huquqlarini butun choralar bilan himoya qilish yo‘I?dan sobit-
qadamlik bilan bormoqda. Aholini turli bo‘hronlardan asrab qolish,
uni ijtimoiy muhofazalash, tabaqalarga bo‘linmaslik, yashash huquqi
4 2 5
kabi Oliy qoidani muqaddas tutish - uning insonparvarlik siyosati-
ning bosh mazmuni.