sho‘rolar davrida o ‘lkamizda qishloq xo‘jaligi mashinalari ishlab
chiqaradigan «Tashselmash», « 0 ‘zbekselmash», Toshkent traktor
zavodi, Ekskavator zavodi, «Chirchiqselmash» hamda Andijon va
boshqa viloyatlarda turli rusumdagi traktorlar ishlab chiqarilar edi.
Biroq, aslida ular tom ma’nodagi ishlab chiqarish quwatiga va im-
koniyatiga ega emas edi.
Sobiq Ittifoqning o‘nlab shaharlaridan,
chekka-chekkalaridagi
turdosh korxonalaridan tayyor qismlar olib kelinib, 0 ‘zbekistonda
yig‘ilar edi, xolos. Bu 0 ‘zbekiston mashinasozlik industriyasini ri-
vojlantirishga emas, aksincha uning iqtisodiy qaramligini chuqur-
lashtirishga xizmat qilar edi.
Yuqorida ta’kidlanganidek haqiqiy o‘zbek mashinasozligi mus-
taqillik mahsuli bo‘lib, u 1993-yilning mart oyida « 0 ‘zDEUavto»
nomi bilan ro‘yxatdan o ‘tkazilib, Andijon viloyatining Asaka shah-
ridagi pritseplar ishlab chiqarish korxonasi negizida tashkil qi-
linishi hamda bu muhim inshoot qurilishining boshlanishi bilan
0 ‘zbekistonda avtomobilsozlik sanoatiga asos solindi.
Qo‘shma korxonaning umumiy maydoni 476 ming 266
kvadrat
metr bo‘lib, shundan bino va inshootlar uchun ajratilgani 146 ming
266 kvadrat metmi tashkil qiladi. Qurilish 1993-yilning fevralidan
boshlab 32 oy mobaynida oxiriga yetkazildi.
Loyiha ishlari asosan «DEU injeniring» va «Uztyajprom» firma-
lari tomonidap amalga oshirildi. 0 ‘zining ko‘lami jihatidan nafaqat
0 ‘zbekistonda balki, Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan mazkur kor-
xonadir.
Loyiha quw atiga ko‘ra yiliga 200 ming avtomobil ishlab chi-
qara oladigan bu ulkan inshootning umumiy qiymati 658 million
AQSH dollarini tashkil etadi.
Avtomobilsozlikda ko‘p jihatdan yangi bo‘lgan ilg‘or texnolo-
giyalar qo‘llanilgan ushbu korxonada ishlaydigan ishchi, muhandis
kadrlar tayyorlash ishlariga qo‘shma
korxonaga asos solingandan
boshlab katta e’tibor berildi.
Korxona sexlarida mehnat qilayotgan yoshlaming 1000 dan
ko‘prog‘i Janubiy Koreya Respublikasida - «DEU» kompaniyasi
avtomobil ishlab chiqarish korxonalarida ishlab tajriba orttirib qay-
tishdi, keyinroq yana 2000 kishi o‘z malakalarini oshirish uchun
Janubiy Koreyadagi «DEU» kompaniyasining avtomobilsozlik za-
vodlariga yuborildilar.
Qo‘shma korxonada bajarilgan qurilish ishlari asosan Andijon,
Farg‘ona va Namangan viloyati qurilish tashkilotlari tomonidan
amalga oshirildi.
4 3 5
1996-yil 19-iyulda ushbu qo‘shma korxonaning ishga tushuri-
lishiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘ldi. Unda nutq so‘zlar
ekan, Prezident I. Karimov «Asaka shahrida
ikki yil ichida bunyod
etilgan, 1996-yilning mart oyida «Damas» mashinasi, iyun oyida
«Tiko», iyul oyida esa «Neksiya» ishlab chiqargan « 0 ‘zDEUavto»
istiqlol yillarida bunyod etilgan qudratli korxona bo‘lish bilan birga
0 ‘zbekistonning eng ilg‘or davlatlar qatoriga kirish uchun qo‘ygan
dadil qadam» ekanligini alohida uqtirdi.
Korxona aytish mumkinki ko‘plami hayratga solib havaslan-
tirayotgan «Tiko», «Damas», «Matiz», «Neksiya», «Lasetti»lami
xalqimizga yetkazib berishdan tashqari butun mamlakatni eng
ilg‘or, jahon andozalariga to Ta javob beradigan avtomobillar bilan
ta’minladi.
Korxonaning ishlab chiqarish quwatlari yildan yilga o ‘sib bor-
di. 2006-yilga kelib korxona 571580 ta avtomobil ishlab chiqardi,
uning 198609 tasi xorijga eksport qilindi.
2008-yilga kelib mamlakatimizda « 0 ‘zDEUavto»ga
butlovchi
qismlar yetkazib beruvchi Andijon mexanika zavodi, Baliqchidagi
«A.Navoiy intemeshinl» «And Polik» singari o ‘nlab korxonalarda
xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Shunday qilib, Asakada « 0 ‘zDEUavto» qo‘shma korxonasining
ishga tushishi 0 ‘zbekistonda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish-
ni, respublika industriyasining qudrati muttasil ortib borayotganini
koTsatuvchi muhim dalildir.
Shu bois bir haqiqatni alohida ta’kidlash joiz. Jahon mamlakat-
lari tarixi guvohlik berayaptiki, dunyodagi
eng kuchli mamlakatlar-
gina avtomobil industrasiyasiga ega. Ular asosan, AQSH, g‘arbiy
Yevropa, Yaponiya, Rossiya va Janubiy Osiyodagi mamlakatlardan
iborat 28 tani tashkil etadi.
Avtomobil industriyasi bozoriga kirish va undagi kuchli raqo-
batga bardosh berish o ‘ta mushkul ish boTayotganligi uchun ham
iqtisodiy va moliyaviy baquw at mamlakatlar ham bu biznesga kira
olmayaptilar. 0 ‘zbekiston esa kuchli raqobatchilari boTgan avtomo
bil bozoriga sobiq SSSR tarkibidagi respublikalar orasida birinchi
boTib kirib bordi.
Bunday yutuqqa 0 ‘zbekiston osonlikcha erishmadi.
Unga eri-
shish uchun esa quyidagi masalalarga jiddiy e’tibor berildi:
Dostları ilə paylaş: