rarjoy egasi, 2 million kishi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida
xususiylashtirilgan
korxonalar aksiyalari, paylarining egalari; qish-
loq joylarida esa, 3 million kishi yordamchi xo'jalik, 19 ming kishi
ko‘chmas mulk egasi bo‘lib qoldi. Bu raqamlar, shubhasiz jamiyatda
mulkdorlar sinfi shakllantirilganini yaqqol ko‘rsatadi.
Insoniyat tarixi davlat mulkini ommaviy ravishda xususiylash-
tirish hodisasini endigina sobiq Ittifoq
tarkibidan ajralib chiqqan
mamlakatlarda amalga oshirilayotgan ishlar misolida ko‘rmoqda.
M a’lumki, mulkchilik taraqqiyoti yer yuzining barcha mamlakatlari
va mintaqalarida turli davrlarda, turli holatlarda yuz bergani bilan
shaklan va mazmunan ayni bir xil tartibda amalga oshgan. Jumla-
dan, mulkchilik, mulkka munosabat jamiyat tabiiy
taraqqiyoti, kishi-
lar dunyoqarashi hamda ehtiyojlarining mahsuli sifatida shakllan-
gan. Xususiy mulk hajmi va miqdoridan qat’i nazar jamiyat fuqarosi
yashash huquqining qonuniy ifodasi, mulkka egalik esa, turmush tar-
zining ma’naviy-huquqiy kafolati bo‘lib qolavergan. K o‘p hollarda u
fan-texnika taraqqiyoti, madaniy ravnaq va boshqa ijtimoiy-siyosiy
omillar ta’sirida qisman shaklini, miqyosi va ko‘lamini takomillash-
tirgan, xolos. Mazmunan esa o ‘z mohiyatini yo‘qotmagan.
Darvoqe, insoniyat tarixi xususiy mulkni zo‘ravonlik va tazyiq
bilan davlat tasarrufiga olish hodisasini ham ko'rgan. XX asming
boshlarida yuz bergan va biz 73 yil mobaynida o ‘zimizni o ‘zimiz
aldab, quyushqonga sig'maydigan dabdabalar
bilan bayram qilib
kelgan qonli Oktabr inqilobi ana shunday g‘ayriinsoniy hodisani
amalga oshirgan edi. Odamlaming asrlar mobaynida misqollab terib
to‘plagan moddiy va ma’naviy boyliklarini bir to‘polon bilan davlat
mulkiga, odamlami esa mehnat vositasiga, ishlab chiqaruvchi kuch-
larga aylantirib qo‘ydi.
Mana endi inson haq-huquqlari to‘la tiklangan va har tomon-
lama kafolatlangan jamiyat qurayotgan bir paytimizda yaqin
o‘tmishimiz asoratlaridan qutulish ancha qiyin kechmoqda.
Har bir
kishining o‘z yaratuvchilik qobiliyatini ko‘rsata olish, tadbirkorlik
va xususiy mulkni rivojlantirish asosida mehnatga munosabatni tub-
dan o‘zgartirish, kishilar ongida o ‘mashib qolgan boqimandalik il-
latlariga barham berish ancha vaqt talab etmoqda. Bu chinakamiga
ongimiz va tushunchalarimiz orqali yuz berayotgan ma’naviy-ruhiy
yangilanish jarayonidir.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mulkka
egalik va xususiy mulkning chegarasi boim asligi kerak. Ya’ni shax-
siy boylikni ko‘paytirish qandaydir qolip yoki miqdorda bo‘lishini
davlat belgilab qo‘ymasligi, aksincha, u mamlakatda hammaning har
4 2 4
qanday vaziyatda boy bo‘lishini ta’minlash asosida alohida ijtimoiy
muhofazaga muhtoj odamlar turmush darajasini oshirish yo‘lidan
bormog‘i lozim. Bunga ayrim siyosatshunoslar
dunyoning turli
mamlakatlarida o‘z korxonasi filiallarini qurib, jahon bozorini egal-
lab oigan yirik korporatsiya va firmalar rahbarlari faoliyatini va katta
miqdordagi jam g‘armalarini misol qilib ko‘rsatishadi.
Biroq, 0 ‘zbekiston hukumati butunlay yangi tipdagi jamiyatni
shakllantirishda har qanday tayyor andozalarga sig‘inmaydi. Jahon
tajribalari va milliy ehtiyojlami uyg‘unlashtirgan holda mavjud ho-
disalarga o‘ziga xos yondashadi.
Jumladan, mulkchilikka munosa-
batda ham uning o‘ziga xos usuli bor. Masalan, Prezident I. Kari-
mov:
Dostları ilə paylaş: