Mavzu: Inson ehtiyojlari va uning turlari



Yüklə 161,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix12.11.2022
ölçüsü161,8 Kb.
#68801
  1   2   3
Inson ehtiyojlari va uning turlari MI 8



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi 
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 
Qarshi filiali 
Kompyuter injiniringi fakulteti 
KI 13-19 sirtqi guruh talabasi 
Mansurov Sharofning 
Pedagogika. Psixologiya fanidan 


Mavzu: Inson ehtiyojlari va uning turlari. 
 
Reja: 
1. Ehtiyoj va uning turlari. Iqtisodiy resurslar. 
2. Ehtiyojlar yuksalishining to`rt jihati 
3. Ishlab chiqarishning omillari 
4. Foydalanilgan adabiyotlar 
Ehtiyoj va uning turlari. Iqtisodiy resurslar. 
Jamiyatning tuzilishi qanday bo`lishidan kat'i nazar uning a'zolari o`z 
ehtiyojlarini qondirishlari shart, chunki hayot kechirish ehtiyojlarning 
qondirilishini talab etadi. 
Hayotiy ehtiyojlarning turlari ko`p. Ular iqtisodiy, sotsial, madaniy, 
siyosiy, ma'naviy va hatto sof fiziologik ehtiyojlardan iboratdir. Bularning 
orasida eng ustuvor ahamiyatga ega bo`lgani sotsial-iqtisodiy ehtiyojdir. 
Sotsial - iqtisodiy ehtiyojlar-kishilarning yashashi, mehnat qilishi va 
ma'lum iqtisodiy mavqega ega bo`lishi uchun iste'mol etilishi zarur bo`lgan 
mahsulotlar va xizmatlar majmuidir. Bu faqat tirikchilik ehtiyoji emas, balki 
insonning shaxs sifatida kamol topish zarurati hamdir. Uning jismoniy 
ehtiyojlardan farqi shuki, mehnat vositasida va tabiat ishtirokida qondiriladi, 
ya'ni u ishlab chiqarish faoliyatini talab qiladi. Ehtiyoj avvalam bor yakka 
tartibda bo`ladi, chunki har bir odamning xususiyatiga qarab ehtiyoj farqlanadi. 
Shunday ehtiyojlar borki, ular yakka bo`lsada, birgalikda qondirilishi 
mumkin. Bunday vaqtda guruhiy ehtiyojlar paydo bo`ladi. Bu esa ma'lum 
guruhga birlashgan kishilarning umumiy ehtiyojidir. Bunga misol qilib oilaviy 
ehtiyoj, mehnat jamoasi, va siyosiy uyushmalarning ehtiyojlarini keltirishimiz 
mumkin. 
Umumjamiyat ehtiyoji ham borki, u birinchidan, barcha turdagi yakka va 
guruhiy ehtiyojlarning majmuidan iborat bo`lsa, ikkinchidan, jamiyatni yaxlit 
organizm sifatida yashab turishi uchun zarur ehtiyojdir. Masalan, tabiiy 
resurslarni avaylash, mudofaa qilish, iqtisodiy zahiralar hosil qilish, jamiyatni 
boshqarib turish va boshqalar. 


Jamiyatdagi ehtiyojlar o`zining turidan qat'i nazar, ularning mavjud 
bo`lishi, qondirilishi va o`sishi bir kancha omillarga bog`liq bo`ladi, ya'ni : 
• jamiyat iqtisodiy taraqqiyotida erishilgan darajaga; 
• jamiyatning sotsial- iqtisodiy tuzumiga ; 
• hayot kechirishning tabiiy-jug`rofiy sharoitiga ; 
• tarixiy - milliy an'analar va odatlar bilan bog`lanib ketishiga. 
Agar iqtisodiyot qoloq bo`lsa ehtiyojlar doirasi tor bo`ladi, aksincha, iqtisod 
yuksak bo`lsa, ehtiyoj keng va xilma xil bo`ladi. 
Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlarga mansub kishilar 
ehtiyojining yaxlitligidir. Shu sababdan, u jamiyatning ichki tuzumiga bog`liq. 
Agar jamiyat mulkdor va mulksizlarga, boy va kambag`allarga ajralgan bo`lsa yoki 
jamiyatda ijtimoiy tenglik bo`lib, u chuqur tabaqalashmasa, uning asosini o`rtacha 
mulkdorlar sinfi tashkil etsa, shunga qarab ehtiyojlar har xil bo`ladi. Demak, inson 
ehtiyoji abadiy. Inson bor ekan, uning ehtiyoji mavjud. Ehtiyojlar xilma-xilligi 
boisi insonning ehtiyojlari boshqa bir insonning ehtiyojlariga o`xshamaydi. 
Ammo ehtiyojda bir qator yirik belgilar borki, ularga qarab ehtiyojlarni 
guruhlarga bo`lish mumkin. Bunga ehtiyojning xarakteri, uning nimaga qaratilishi 
asos qilib olinadi. Shu jihatdan qaralganda sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar uch qismga 
bo`linadi. 
1. moddiy ehtiyojlar
2. sotsial-ma'naviy ehtiyojlar ; 
3. mehnat ehtiyoji. 
Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo`lishi bilan yuzaga kelgan. Ular 
tabiiy ehtiyojlardir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy bo`lib, oziq - ovqat, 
kiyim - kechak, turar - joy, transport, aloqa, gigiena ehtiyojlaridan iboratdir. 
Ularning qondirilishi yashashning birlamchi shartidir. 


Sotsial-ma'naviy ehtiyojlar asosan xizmatlardan masalan, o`qituvchi, 
vrach, san'at arbobi xizmatlaridan iborat bo`lib, ular ma'lum faoliyat shakliga 
ega, ularning yaqqol moddiy ko`rinishi yo`q. 
Mehnat ehtiyojining mavjudligi faqat mehnatsiz nozu-ne'matlar yaratib 
bo`lmasligida emas, balki mehnatsiz inson shaxsi kamol topa olmasligidadir. 
Mehnat ehtiyoji insonni o`zida mujassamlashgan moddiy shaklda bo`lmaydi, u 
ishlashga bo`lgan ishtiyokda ifoda etiladi. 
Ehtiyojlarning uzluksiz o`zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir, ya'ni 
ehtiyojlar cheksizdir. Ehtiyojlarning cheksizligi ularning to`xtovsiz yangilanib 
borishidan iboratdir.. Ehtiyojning yuksalish qonuni borki, u umumiqtisodiy 
qonunlar jumlasiga kiradi va jamiyatning ichki tuzilishidan qat'i nazar insoniyat 
taraqqiyotining hamma bosqichlarida amal qiladi. Bu qonunga ko`ra jamiyat 
a'zolarining, butun aholining ehtiyojlari uzluksiz yuksalib boradi, ehtiyoj miqdoran 
o`sib, tarkiban yangilanib turadi, eski ehtiyojlar o`rniga yangisi keladi, 
ehtiyojlarning rivojlanishi murakkab tarzda yuz beradi. 
Ehtiyojlar yuksalishining to`rt jihati bor. 
1.Ehtiyoj kengayib miqdoran o`sib boradi, ya'ni muayyan ehtiyoj saqlangan 
holda uning ortib borishi. Masalan: gazlamaga ehtiyoj boshqa ehtiyoj bilan o`rin 
almashmaydi, ammo uning miqdori oshadi. 
2. Mutlaqo yangi ehtiyojlar paydo bo`lib, eskilarini surib qo`yadi, 
ehtiyojlarning ichki tartib strukturasi o`zgaradi. Masalan: televidenie va 
videoapparatura paydo bo`lishi bilan uyda xohlagan tomoshani ko`rish ehtiyoji 
paydo bo`lib, teatr yoki kinoga borish ehtiyoji qisqaradi. 
3.Muayyan ehtiyojlar guruhi doirasida turli ehtiyojlar nisbati o`zgaradi. 
Bunda ehtiyoj umumiy tarzda saqlanadi, lekin uning aniq ko`rinishlari va shakllari 
o`zgaradi. Masalan: 
umumiy transport ehtiyoji saqlangan holda, transport aniq turlariga ehtiyoj 
o`zgaradi. 
4.Bir ehtiyojning ikkinchisi bilan almashtirilishi. Bunday almashuv 
o`rinbosar ehtiyojlarning paydo bo`lishi bilan yuzaga keladi va bunday ehtiyojlar 
yuksak rivojlangan iqtisodiyotga xosdir. Masalan: shakar, qand, konfet, tort, 


navvot shirinlikka ehtiyojni qondiradi, ammo bir-birining o`rnini bosishi ularning 
foydaliligi darajasidan kelib chiqadi. 
Ko`rinib turibdiki ehtiyojlarning yuksalishi muqarrar ekan, lekin asosiy muammo 
ehtiyojlarni qondirishdir. Buning birdan-bir vositasi ishlab chiqarishdir. Ehtiyoj 
yuksalar ekan uni qondirish vositalari ham rivojlanadi. Gap shundaki, ehtiyojlar 
cheksiz o`zgargani holda uni ta'minlash uchun kerak bo`lgan ishlab chiqarish 
resurslar cheklangan bo`ladi.Bu resurslar tabiiy resuslar, mehnat resurslari, pul 
resurslari, texnika va texnologiya resurslaridir. Buni g`arbda iqtisodchilar 
resurslarning kamyobligi deb atashadi. Ehtiyoj va resurslarning nomutanosibligi, 
birining 
cheksizligi 
va 
ikkinchisining 
kamyobligi 
ishlab 
chiqarish 
imkoniyatlaridan to`la va samarali foydalanishni talab qiladi. 
Resurslar deganda faqat pulni tushunmaslik kerak. Resurslar birinchidan
moddiy shaklga ega bo`lib, yer-suv, yer osti va yer usti boyliklari, asbob-uskuna, 
mashinamexanizmlar, bino-inshoatlar va boshqalardan, ikkinchidan, inson 
resurslari yoki mehnat resurslaridan, aniqrog`i kishilarni mehnat qilib ishlab 
chiqara olish qobiliyatidan. Uchinchidan, moliyaviy resurslar: Valyuta birligi va 
qimmatbaho qog`ozlardan, to`rtinchidan tabiiy resurslar ya'ni ishlatilsa o`rnini 
to`ldirish mumkin yoki mumkin bo`lmagan tabiiy boyliklardan iborat. 
Er kurrasi va qa'ridagi tabiiy boyliklar ekin maydoni, o`rmonlar, qazilma 
boyliklar, umuman o`simlik va hayvonot dunyosi miqdoran cheklangan. Masalan 
Markaziy Osiyodagi sug`orma dehqonchilik Amudaryo va Sirdaryoning suv 
zahirasi bilan cheklangan. Aholining o`sish sur'atlari pasaygan sharoitda, aholi 
qariydi, uning tarkibida ishga layoqatli kishilar salmog`i qisqaradi. 
To`xtovsiz yuksalib boradigan ehtiyojni qondirish uchun kamyob resurslar 
oqilona ishlatilishi shart. Shu sababli hatto ibtidoiy jamiyatdagi kishilar yerni 
chirindilar va kul bilan o`g`itlab, hosildorlikni oshirishga intilganlar. Har doim 
cheklangan resurslarni tejamli ishlatish cheksiz ehtiyojlarni qondirish vositasi 
bo`lib kelgan. 
Yuksalayotgan ehtiyojning uni qondirish vositasi bilan aloqasi ikki 
yoqlama bo`ladi: 
1.Ehtiyojning miqdoran ortib borishi resurs birligidan miqdoran ortib 
borishi resurs birligidan ko`proq iste'mol buyumlari olishni talab qiladi. 
2.Ehtiyoj tarkibining yangilanishi resurs birligidan ko`p turdagi mahsulot 
olishni talab qiladi. Masalan: 1 tonna metalldan 10 xil emas, 25 xil uy-ro`zg`or 


buyumlari olinadi. Ehtiyojlar tez o`zgargani sababli, muayyan resurslar 
sharoitida ularning hammasini birdan qondirib bo`lmaydi. Shu sababli jamiyat 
muqobil mahsulotlardan qaysi birini ishlab chiqarishni tanlab oladi. Resurslar 
cheklanganligidan bir mahsulotni ko`paytirish ikkinchisini kamaytiradi, chunki 
qo`shimcha mahsulot qo`shimcha resurs talab qiladi. 
Demak, chegaralangan resurslar doirasida hamma ehtiyojlarni bir 
vaqtning o`zida bir yo`la qondirib bo`lmaganidan ishlab chiqarish imkoniga 
qarab, u yoki bu ehtiyojlarni qondirishning optimal darajasini tanlab olish kerak 
bo`ladi. Resurslar sarfining birligidan olingan natija ko`paysa, ehtiyoj yaxshi 
qondiriladi.Resurslarning tejalishi ular sarfining yaratilgan mahsulot va 
xizmatlar birligiga nisbatan qisqarishi demakdir. 

Yüklə 161,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin