Mehnat predmetlari- bevosita mehnat ta'sir qiladigan, ya'ni mahsulot
tayyorlanadigan narsalardir. Mehnat vositalari va mehnat
predmetlari birgalikda
ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi.
Iqtisodiyotga oid eski darsliklarda ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy
va shaxsiy omillar tan olinadi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga oid ko`pchilik
adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to`rt omili mehnat, kapital, yer-suv,
tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi.
Kapital deganda o`z egalariga daromad keltiradigan
ishlab chiqarish va
xizmat ko`rsatishning hamma sohalarida ishlatiladigan ishlab chiqarish
vositalarini, sotishga tayyor turgan tovarlarni, yangi
vositalar va ishchi kuchini
sotib olishga mo`ljallangan pul mablag`larini, ularning natural ashyoviy tomoni va
qiymatining birligini tushunamiz.
Tadbirkor deb, iqtisodiy resurslar ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi
resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qo`shilishini ta'minlaydigan
tashkilotchi, yangilikka intiluvchi,
tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan,
javobgarlikdan qo`rqmaydigan dovyurak kishilarga aytiladi;
bu xislatlar esa
tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: