Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni.
Ishlab chiqarish jarayonida biz yuqorida sanab o`tgan omillarning hammasi
qatnashadi, ular bir-birini to`ldiradi va bir-biriga ta'sir qiladi. Barcha omillar doimo
rivojlanib borish xarakteriga ega.
Ishlab chiqarish jarayoni- bu kishilarning iste'moli uchun zarur bo`lgan
moddiy va ma'naviy ne'matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq
faoliyatdir. Bu faoliyat ayriboshlash, taqsimot va iste'mol sohalarida ro`y
beradigan munosabatlarning xususiyatlarini va yo`nalishini belgilab beradi.
Ma'lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir.
Ana shu jarayonda kishilar, eng avvalo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari
bilan munosabatda bo`ladilar. Ayni mehnat jarayonida kishilar bir-birlari bilan
munosabatda ham bo`ladilar. Bu munosabatlarning xarakterlarini, shakllarini va
xususiyatlarini o`rganish va ishlab chiqarishni ongli tashkil etish iqtisodiyotning
bosh masalasini (iqtisodiy resurslar cheklanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi)
hal qilishning birdan bir yo`lidir.
Mehnat jarayonida mehnat vositalari bilan bir qatorda insonning o`zi ham
kamol topadi, mehnat mahorati ortadi. Ishlab chiqarish jarayoni umuminsoniy
kategoriyalar jumlasiga kiradi.
Shuning uchun bu jarayon uzoq tarixga ega.
Ishlab chiqarishning eng yirik sohalari sanoat, qishloq xo`jaligi, transport va
aloqa, qurilish, savdo, tayyorlov idoralari, moddiy - texnik ta'minot, kommunal va
uy-joy xo`jaliklari, turli xil xizmat ko`rsatish sohalari va boshqalardan iborat.
Ma'lumki ishlab chiqarish tizimi ehtiyojlar tizimi bilan bevosita bog`liq. Ehtiyojlar
turi qancha ko`p bo`lsa shunga binoan ishlab chiqarishning tarmoq va sohalari ham
kengayib boradi. Ularni o`rganish oson bo`lish uchun ishlab chiqarish ikkita katta
sohaga : moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishlarga bo`linadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalarida zaruriy moddiy ne'matlar ishlab
chiqariladi. Nomoddiy sohalarda esa turli xil ma'naviy ne'matlar yaratiladi va
xizmatlar ko`rsatiladi.
Shuni ta'kidlash lozimki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish
jarayoni tovar ishlab chiqarish jarayonidir. Mahsulotning iste'mol xossasi
qanchalik muhim bo`lsa, mehnat sarflarini hisobga olish ham shunchalik
muhimdir.
1.Ehtiyojlarning sub’ektlariga6 ko’ra: individual, guruhiy, umumjamiyat
ehtiyojlariga bo’linadi.
a) Individual ehtiyoj har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U fiziologik
ehtiyojlar, sotsial kontaktda bo’lish, o’zining har tomonlama kamol topishiga
bo’lgan extiyojlar va boshqalarini o’z ichiga oladi.
b) Guruhiy ehtiyoj - bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan
guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushmalar) ehtiyojlari bo’lib, birgalikda yashash,
faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir.
v) Umum jamiyat ehtiyoji - bu mamlakat miqyosida, qolaversa er shari
miqyosida insonlarning bir butun bo’lib tarkib topgan ehtiyojlaridir. U o’z ichiga
birinchidan, barcha turdagi individual va guruhiy ehtiyojlarini olsa, ikkinchidan
jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab turish uchun zarur ehtiyojdir. Bularga
tabiiy resurslarni asrash, mudofaa, jamiyatni boshqarish va hokazolarni kiritish
mumkin. Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlariga mansub kishilar
ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon bo’ladi. Tabaqalanish darajasiga qarab
ehtiyojlar ham farqlanadi.
2. Ehtiyojlar ob’ektiga7 ko’ra: moddiy ehtiyojlar, sotsial-ma’naviy
ehtiyojlarga
bo’linadi.
3. Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan.
Ular tabiiy ehtiyojdir.
4. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy ehtiyojlardir.
5. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, transport va hokazo kabi qator
ehtiyojlardan iborat bo’lib, ularning qondirilishi
6 Lotinchadan olingan «sub’ekt» so’zi ega, «ob’ekt» esa predmet ma’nosini
anglatadi. O’zbek tilining izohli
lug’atida ko’rsatilishicha sub’ekt deganda, aql-zakovat, iroda egasi, borliqni
bilishga, o’zgartirishga qodir, faollik
bilan harakat qiladigan shaxs yoki guruh.
7. Ob’ekt esa kishining faoliyati, diqqat-e’tibori qaratilgan va o’z faoliyatini
shunga qaratgan predmet, hodisa tushuniladi. yashashning birlamchi shartidir.
Moddiy ehtiyojlar albatta moddiy ko’rinishga ega, masalan: oziq-ovqatga ehtiyoj,
aniq: un, guruch, yog’, go’sht, shakar va boshqalar kabi moddiy shaklga ega.
Kiyimlarga bo’lgan ehtiyoj: tufli, paypoq, kastyum-shim, ko’ylak, palto, kurtka va
boshqalarga bo’lgan ehtiyoj tarzida yuzaga chiqadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Dostları ilə paylaş: |