1996-yil 19-iyulda ushbu qo‘shma korxonaning ishga tushuri-
lishiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘ldi. Unda nutq so‘zlar
ekan, Prezident I. Karimov «Asaka shahrida ikki yil ichida bunyod
etilgan, 1996-yilning mart oyida «Damas» mashinasi, iyun oyida
«Tiko», iyul oyida esa «Neksiya» ishlab chiqargan « 0 ‘zDEUavto»
istiqlol yillarida bunyod etilgan qudratli korxona bo‘lish bilan birga
0 ‘zbekistonning eng ilg‘or davlatlar qatoriga kirish uchun qo‘ygan
dadil qadam» ekanligini alohida uqtirdi.
Korxona aytish mumkinki ko‘plami hayratga solib havaslan-
tirayotgan «Tiko», «Damas», «Matiz», «Neksiya», «Lasetti»lami
xalqimizga yetkazib berishdan tashqari butun mamlakatni eng
ilg‘or, jahon andozalariga to Ta javob beradigan avtomobillar bilan
ta’minladi.
Korxonaning ishlab chiqarish quwatlari yildan yilga o ‘sib bor-
di. 2006-yilga kelib korxona 571580 ta avtomobil ishlab chiqardi,
uning 198609 tasi xorijga eksport qilindi.
2008-yilga kelib mamlakatimizda « 0 ‘zDEUavto»ga butlovchi
qismlar yetkazib beruvchi Andijon mexanika zavodi, Baliqchidagi
«A.Navoiy intemeshinl» «And Polik» singari o ‘nlab korxonalarda
xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Shunday qilib, Asakada « 0 ‘zDEUavto» qo‘shma korxonasining
ishga tushishi 0 ‘zbekistonda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish-
ni, respublika industriyasining qudrati muttasil ortib borayotganini
koTsatuvchi muhim dalildir.
Shu bois bir haqiqatni alohida ta’kidlash joiz. Jahon mamlakat-
lari tarixi guvohlik berayaptiki, dunyodagi eng kuchli mamlakatlar-
gina avtomobil industrasiyasiga ega. Ular asosan, AQSH, g‘arbiy
Yevropa, Yaponiya, Rossiya va Janubiy Osiyodagi mamlakatlardan
iborat 28 tani tashkil etadi.
Avtomobil industriyasi bozoriga kirish va undagi kuchli raqo-
batga bardosh berish o ‘ta mushkul ish boTayotganligi uchun ham
iqtisodiy va moliyaviy baquw at mamlakatlar ham bu biznesga kira
olmayaptilar. 0 ‘zbekiston esa kuchli raqobatchilari boTgan avtomo
bil bozoriga sobiq SSSR tarkibidagi respublikalar orasida birinchi
boTib kirib bordi.
Bunday yutuqqa 0 ‘zbekiston osonlikcha erishmadi. Unga eri-
shish uchun esa quyidagi masalalarga jiddiy e’tibor berildi:
Dostları ilə paylaş: