Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


• f 177 T o‘ r t i n ch i b o b



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

• f
177


T o‘ r t i n ch i b o b
0 ‘ZBEKISTONDA HUQUQIY DEMOKRATIK
DAVLAT QURILISHI. FUQAROLIK JAMIYATINING
SHAKLLANTIRILISHI
1-§. Demokratiyani yanada chuqurlashtirish.
Ko'ppartiyaviylik
Mustaqillik yillarida 0 ‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida 
yuz bergan keng qamrovli o ‘zgarishlami mushohada qilar ekanmiz, 
mamlakatda yangi demokratik qadriyatlar ildiz otganini, inson haq- 
huquqlari va uning erki asosi bo‘lgan huquqiy davlat va fuqarolik 
jamiyatiga mos zamonaviy tuzilmalar shakllanganini qayd qilmoq 
lozim.
Ana shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, eng aw alo demokrati- 
ya, uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘mi, hozirgi zamon jahon 
ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining borishi va demokratik tamoyillar 
xususida fikrlashib olmoq lozim.
Demokratiya kishilik tarixida insonning ongli hayoti boshlangan 
davrdan boshlab uning erk-u irodasini, xohish-istagini belgilaydi- 
gan mezon b o iib kelmoqda. Albatta, bu borada kishilik jamiyati 
shakllanish davridan tortib to sivilizatsiyalashgan turmush tarzi, har 
jihatdan chuqur ildiz otgan davlatchilik va shu asosda ma’lum tartib- 
qoidaga kirib qolgan aniq yo‘nalishlar o ‘rtasida katta farq bor.
Chunki, asrlar mobaynida vaqt o‘tgani sayin odamlar dunyo- 
qarashi o‘zgarib, talab-ehtiyojlari tabiiy ravishda oshib bordi. Bu 
insonning erkin va ozod yashash kabi ehtiyojining mahsulidir.
Demokratiya bevosita jamiyat taraqqiyoti, uning siyosiy, huqu­
qiy, m a’naviy va boshqa jihatlari bilan birga ana shu jamiyatni tash- 
kil etgan aholi umumiy dunyoqarashini o‘zida mujassam etadi. Har 
qanday davlat o‘z huquqiy asosiga, siyosiy rejimiga, boshqaruvidagi 
aniq tamoyillariga ega boim asa, fuqarolar esa o‘z haq-huquqlarini 
himoya qilish bilan birga jamiyat va davlat oldidagi, o ‘z mamlakati 
istiqboli yo‘lidagi vazifalari va burchlarini to ia anglab olmagan taq- 
dirda demokratiya tom m a’nodagi mazmuniga va jahon tajribasida 
isbot qilingan mohiyatiga ega bo‘la olmaydi.
Jahon davlatchiligi tajribalari tobora boyib, xalqning o ‘zligini
-178


anglash jarayoni tezlashib borgani sayin demokratiyaning jamiyat 
laraqqiyotida tutgan o‘mi xususidagi munozaralar keskin avj oldi. 
Ayniqsa, XX asr kishilik tarixida keskin burilish yasadi. Yer kurra- 
sida ikki qarama-qarshi ijtimoiy-siyosiy tuzumning paydo bo‘lishi 
dunyo davlatchiligi tajribasida va jahon xalqlari tafakkurida keskin 
burilish yasadi. Ikki lager o ‘rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va 
mafkuraviy raqobat tufayli bir qator xalqaro tashkilotlaming paydo 
boiishiga, inson haq-huquqlarini ma’lum bir tartibga solib turishga, 
uni himoya qilishga ehtiyoj sezildi.
Totalitär tuzum sharoitida inson huquqlarining cheklanganligi, 
mafkuraviy yakkahokimlik jamiyat ma’naviy taraqqiyotini cheklab 
qo‘ydi. Ikkinchidan, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida ozodlik 
uchun kurash, milliy davlatchilikka zamin yaratish va shu asosda 
inson huquqlarini himoya qilish, har tomonlama barkamol demokra- 
tik jamiyatni vujudga keltirishga intilish kuchaydi. Natijada ana shu 
qit’alarda milliy ozodlik harakatlari avj oldi. Bu harakatlar zaminida 
insoniyatning azaliy orzu-umidi - ozodlik va hurriyatga erishish, 
erkin yashash ehtiyoji yotardi.
Qadim Sharqda azaldan huquqiy demokratik davlatchilik va 
fuqarolik jamiyatining turli elementlari mavjud edi. Bunga uzoq 
o‘tmishimizda bir qator sulolalar davlatchiligini misol keltirish 
mumkin. Bu davrlarda haqiqat va adolat g ‘oyasi nihoyatda baland 
ko‘tarilgani va butdh mamlakatda aniq tartib-intizom o‘matilgani na- 
tijasida inson hayoti, aholi turmushi kafolatlanganligi bilan alohida 
ajralib turadi. Agar ana shu davrlarda so‘z va fikr erkinligi, g‘oyalar 
qarama-qarshiligi mavjud boTmaganda edi, bu qadimiy makonda 
fan, madaniyat va ma’naviyat jahon taraqqiyotida bu darajada kuchli 
ta’sir ko‘rsatmagan boTur edi. Sharq uyg‘onish davri va keskin yuk- 
salish paytlarida dunyoviy ilmlar bilan Islom madaniyati nazariyasi 
va falsafasi uyg‘un holda taraqqiy topdi, turmush tarzimizga aylanib 
qoldi. Aks holda Islom dinining buyuk namoyandalari, ulamolari 
va fuzalolarining dunyo tan oigan asosiy ko‘pchiligi qadimiy Turón 
zaminida yetishib chiqmas edi. Bu bizga «din afyundir» deb o‘rgatib 
kelingan, bizni xudosizlikka - imonsizlikka va e’tiqodsizlikka da’vat 
etgan yolg‘on mafkuraning yolg‘on umridan darak berganidek, 
Islom dini va Sharq turmushi falsafasining abadiyatini, haqiqati va 
qadriyatini belgilaydi. Sohibqiron Amir Temuming birgina «kuch- 
adolatda» degan so‘zida huquqiy demokratik davlatning hana*. fu­
qarolik jamiyatining ham insonning yashash huquqi va uning bar- 
cha erkinliklari hamda hozirgi zamon demokratik harakatlaming eng 
ilg‘or tajribalari mujassam boigan.
179


Albatta, bu ancha-muncha munozarali masala. Mamlakatimizda 
yangi tarixiy sharoitlarda yangicha davlatchilik qaror topayotgan bir 
paytda demokratiya, fuqarolik jamiyati, aholi va jamiyat, fuqaro va 
davlat o‘rtasidagi munosabatlar turli soha mutaxassislari o‘rtasida 
turlicha talqin etilmoqda. Biroq, har qanday xulosalardan qat’i nazar 
qadimiy Sharq davlatchiligida inson erki, haq-huquqlari ko‘p jihat- 
dan himoya qilingan hamda o‘z davrining talab va ehtiyojlaridan ke- 
lib chiqib inson ozodligi va xatti-harakatlar erkinligi ta’min etilgan 
edi. Bu ayni demokratik jamiyatning muhim va asosiy belgilaridan 
hisoblanadi.
Biz bugun yangi tarixiy sharoitlarda yashayapmiz. Jahon de­
mokratik jarayonlari tobora chuqurlashgan, uning imkoniyatlari 
ancha kengaygan, odamlaming onglilik darajasi birmuncha oshgan 
bir paytda yashayapmiz. Ijtimoiy-siyosiy jarayonlaming mamlakat- 
lararo, mintaqalararo va qit’alararo ta’siri tobora kuchayib borayot- 
gan bir sharoitda kun kechirayapmiz. Bulaming barchasi inson ongi, 
tafakkuri va qalbini hech qachon chetlab o‘tmaydi. Endi demokra- 
tiyaning shunchaki oddiy erkinlik, hurriyat, ozodlik degan tushun- 
chalari va ayni paytda xalq hokimiyati degan mazmuni ham birmun­
cha o‘zgarmoqda. Jumladan, demokratiyaning madaniyati, m a’rifati 
odamlar o‘rtasidagi munosabatlardan tortib dunyoviy muammolami 
hal etishgacha bo‘lgan nizo, murosa va yakdillik, uning iqtisod, si- 
yosat va fikrlar xilma-xilligi sharoitidagi vazifalari ancha kengaydi.
Bizning yaqin o ‘tmishimiz jahon demokratik me’yorlariga mos 
keladigan inson erki va yashash huquqini chegaralab qo‘ygan edi. 
Mislsiz zo‘ravonlikka tayangan kommunistik siyosat tabiatan ozod- 
likni yoqtirmas va tom ma’nodagi demokratiyani tan olmas edi. 
Amerikalik siyosatchi Diana Revich ta’biri bilan aytganda, «Tota- 
litar siyosiy tuzumlar sustlik va loqaydlik kayfiyatini rivojlantiradi. 
Tuzum itoatkor va labbaygo‘y fuqarolami shakllantirishga intiladi. 
Bundan farqli oiaro q demokratik jamiyatning fuqarolik madaniyati 
alohida shaxslar va guruhlaming erkin ravishda ixtiyor etgan fao- 
liyati tufayli shakllanadi. Ozod jamiyat fuqarolari o‘z manfaatla- 
ri yoTida harakat qiladilar, o ‘z huquqlaridan foydalanadilar va o‘z 
hayotlari uchun mas’uliyatni o ‘z zimmalariga oladilar». Ana shu 
mas’uliyat odamning jamiyat oldidagi burchini ham, jamiyat va 
shaxs o ‘rtasidagi munosabatlami ham belgilaydi.
0 ‘tish davrida, ayniqsa, totalitar tuzumdan erkin fuqarolik tuzu- 
miga o‘tayotgan bir sharoitda demokratiyani anglash, uning butun 
mohiyatini tushunish va mas’uliyatini zimmaga olish ancha qiyin 
ish. Ijtimoiy hayot, mamlakatda yuz berayotgan jiddiy o‘zgarishlar
180


vu inson hayotining daxlsizligi bevosita yangidan-yangi muammo- 
lurni keltirib chiqaradi. Odamlar esa ana shu muammolami birin- 
kctin hal etish jarayonida o‘z erki va haq-huquqlarini himoya qilib 
boraveradi. Jamiyat taraqqiyotiga mos ravishda aholi «tarbiyalanib», 
shakllanib, barkamollashib boradi. Ayni paytda biz xuddi ana shun- 
day jarayonlami boshdan kechiryapmiz.
Demokratiyaning murosachilik va yakdillik madaniyati mam- 
lakat ichki hayotida ham, tashqi siyosatida ham alohida ahamiyat 
kasb etadi. Jumladan, odamlar - mamlakat fuqarolari o ‘rtasidagi 
munosabatlar qanchalik iliq bo‘lsa, umumxalq va umumdavlat 
manfaatlari yo‘lida birlashib, muammolami hal etishda oqilona fa- 
oliyat ko‘rsatilsa, barcha uchun umumiy bo‘lgan vazifalar oldida 
mas’uliyat chuqur his qilinsa - bu demokratiyaning mamlakat ichki 
hayotidagi madaniyatini belgilaydi.
Demokratiyaning tashqi siyosatdagi ko‘rinishi bu bevosita dav- 
lat rahbarining dunyo muammolarini hal etishdagi faoliyatida aks 
etadi. Prezident Islom Karimovning bu boradagi faoliyatida, ayniq- 
sa, ushbu jihatlar e’tibomi tortadi:
- har qanday mojaroli masalalami tinch yo‘l bilan hal etish, 
muzokaralar yo‘li bilan fikr almashish va eng to‘g ‘ri, hamma uchun 
birday manfaatli bo‘lgan xulosalarga kelish;
- har qanday zo‘ravonliklarga, tazyiq va kuch ishlatishlarga 
qarshi ravishda sharqona munosabatlar ilmini egallash - demakki, 
sharqona demokratiya tamoyillari asosida ish yuritish. Darhaqiqat, 
Sharqda, Sharq davlatchiligida har qanday zo‘ravonliklardan xoli 
yo‘sinda masalalami aql-idrok bilan, ro‘yirost va oshkora muloqot 
qilish asosida hal etish tamoyillari mavjud.
0 ‘zbekiston rahbarining xalqaro siyosati hozirgi zamon jahon 
demokratik harakatlarining ilg‘or tajribalariga mos keladi. Bu yo‘l 
har qanday zo‘ravonlik va kuch ishlatishni rad etish bilan birga, 
jahon siyosati madaniyatini oshirishga da’vat etish orqali siyosatga 
demokratik tamoyillami olib kirishning o ‘zbekona yo‘lidir.
Demokratiya doimiy harakatdagi hodisadir. Ayni paytda u jam i­
yat taraqqiyoti va mavjud siyosiy rejim ta’sirida o‘zini o‘zi to‘ldirib, 
boyitib, yangi tarixiy sharoitlarda yangicha mazmun kasb etib bo- 
mvchi voqelikdir. Muxtasar qilib aytganda demokratiya tajribaga 
asoslangan va doimiy ravishda mazmunan boyib, barkamollashib, 
mohiyati chuqurlashib boradigan faoliyatdir.
Endi haqli ravishda savol tug‘iladi. Xo‘sh, 0 ‘zbelagton demok­
ratiyaning qaysi yo‘nalishlaridan bormoqda? Huquqiy demokratik 
davlatni barpo etish, fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish oliy maq-
181


sad ekan, unga erishishning yagona yo‘li demokratiyani chuqurlash- 
tirishdir. Ayni paytda 0 ‘zbekistonda davlatchilikning bu jihatiga 
qanday qaralmoqda?

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin