Joriy nazorat ishi



Yüklə 53,08 Kb.
səhifə11/14
tarix18.07.2023
ölçüsü53,08 Kb.
#136871
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Tarmoqlar iqtisodiyoti 1-joriy nazorat

2016

2017

2018

2019

Tokzorlar maydoni, ming ga

131,2

114,5

113,3

120,2

Hosil beradigan yoshdagi tokzorlar maydoni, ming ga

122,0

103,6

100,9

104,5

Uzum hosildorligi, sentner/ga

142,3

157,0

157,5

153,5

Uzum yalpi hosili, ming tonna

1613,1

1625,5

1589,8

1603,3

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2016-2018-yillar mobaynida mamlakatimizda hosil berish yoshidagi tokzorlar maydoni kamayishi kuzatilgan. Shunga mutanosib ravishda uzum yetishtirish hajmi ham kamaygan. 2019-yilda esa uzum maydonlari ko’paygan.
2019-yil holatiga uzum yalpi hosili bo’yicha Samarqand (564,4 ming tonna) va Buxoro (199,4 ming tonna) viloyatlari yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan bo’lsa, Jizzax viloyati (28,9 ming tonna), Sirdaryo (12,5 ming tonna) viloyatlari va Qoraqalpog’iston
Respublikasida (10,1 ming tonna) eng past ko’rsatkich qayd etilgan.
Uzum hosildorligi bo’yicha esa Farg’ona (270,8 sentner/ga), Andijon (224,1 sentner/ga) va Buxoro (203,8 sentner/ga) viloyatlari yuqori ko’rsatkichga ega bo’lgan bo’lsa, Surxondaryo viloyati (99,0 sentner/ga), Qoraqalpog’iston Respublikasi (98,2 sentner/ga) va Jizzax viloyatida (86,9 sentner/ga) eng past ko’rsatkich qayd etilgan.
Yurtimizning janubiy mintaqasi bo’lgan Surxon vohasi o’ziga xos iqlim sharoitlariga ega va bu ayrim mevali daraxtlarni, jumladan, anor, xurmo, anjir va boshqalarni yetishtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, viloyatda mevalar boshqa viloyatlarga nisbatan ertaroq pishib yetiladi. Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalangan holda Surxondaryo viloyatida mevachilikdan yuqori daromad olish imkoniyatlari mavjud va shu imkoniyatlardan foydalanish lozim. Jumladan, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani anor, Oltinsoy tumani uzum, Denov tumani xurmo, Sariosiyo, Uzun va Boysun tumanlari esa olma, gilos, pista kabi mevalarni yetishtirish uchun juda qulay tabiiy sharoitlarlarga ega. Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun ushbu hududlarda bog’dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaliklari va klasterlar faoliyatini rivojlantirish, mevalarni saqlash inshootlarni ko’paytirish, mevalarni qayta ishlovchi korxonalar faoliyatini yo’lga qo’yish, ichki va tashqi bozorlarda sotishni samarali tashkil etish uchun esa logistika markazlarini tashkillashtirish maqsadga muvofiqdir.
Tabiiy-iqlim sharoitlari ta’sirida yurtimizda yetishtirilayotgan meva va uzumning sifati va ta’m xususiyatlari juda yuqori darajada bo’ladi. Shu sababli respublikamizda yetishtirilgan mevalarga xorijiy mamlakatlarda, ayniqsa Rossiya Federatsiyasida talab yuqori. Shuni e’tiborga olgan holda, meva va uzum yetishtirishni ko’paytirish, aholi ehtiyojlarini to’liq qondirish hamda xorijiy mamlakatlarga eksport qilishni yo’lga qo’yish bo’yicha tadbirlarni izchil amalga oshirib borish lozim.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11iyundagi 481-sonli qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Bog’dorchilik va issiqxona xo’jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog’dorchilik va issiqxona xo’jaligini rivojlantirish jamg’armasi to’g’risidagi nizomning 6-bandiga ko’ra, maydoni 35 gektardan ziyod bog’larda suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish bo’yicha vakolatli organlar tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomaga asosan suv chiqarish uchun burg’ilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har 35 gektar uchun 120 million so’mdan oshmaydigan miqdorda subsidiya ajratiladi. Yangi tokzorlar uchun esa bir dona artezian quduq yoki nasos stansiyasi qurishga har 10 gektarga 120 mln.
so’mgacha subsidiya beriladi, ya’ni subsidiya beriladigan maydon hajmi 3 barobarga kamaytirilgan. Shuningdek, uzumchilikda ishlatiladigan asbob-uskunalar va texnikalar bojxona to’lovlaridan ozod etilgan.
Mamlakatimizda ozuqa ekinlari ekilgan maydon to’g’risidagi ma’lumotlar 20.15-jadvalda keltirilgan. Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Toshkent va Farg’ona viloyatlarida ozuqa ekinlari maydoni so’nggi yillarda keskin kamaygan. Vaholanki, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirishda chorva mollarini yetarli darajada ozuqa bilan ta’minlash hal qiluvchi rol o’ynaydi.
20.15-jadval Mamlakatimizda ozuqa ekinlari ekilgan maydon, ming gektar



Yüklə 53,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin