Joriy nazorat ishi


va samaradorligini oshirish yo’llari



Yüklə 53,08 Kb.
səhifə13/14
tarix18.07.2023
ölçüsü53,08 Kb.
#136871
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Tarmoqlar iqtisodiyoti 1-joriy nazorat

3. O’simlikchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish imkoniyatlari

va samaradorligini oshirish yo’llari.


O’simlikchilik tarmoqlarining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyatini inobatga olgan holda uni rivojlantirib borish lozim. O’simlikchilik mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish va ularning samaradorligini yuksaltirish yo’llari quyidagilar:
a) o’simlikchilik mahsulotlari yalpi hosilini ko’paytirish uchun:

  • ekin maydonlarini kengaytirish; - ekinlarning hosildorligini oshirish zarur; b) hosildorlikni oshirish uchun:

  • ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash;

  • ekin maydonlarining suv bilan ta’minlanishini yaxshilash va

sug’orishning zamonaviy, tejamkor usullarini qo’llash ;

  • ishlab chiqarish vositalaridan samarali foydalanish;

  • urug’larning serhosil, tezpishar, kasallik va suvsizlikka chidamli navlarini ekish;

  • mineral va mahalliy o’g’itlardan oqilona foydalanish;

  • o’simliklarni kimyoviy himoyalsh vositalardan samarali foydalanish;

  • agrotexnik tadbirlarni o’z muddatida va sifatli bajarish;

  • almashlab ekishni joriy etish;

  • ishchi va xizmatchilarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish lozim. d) mahsulot yetishtirishda xarajatlarni tejash uchun:

  • zamonaviy texnikalarni, ilg’or texnologiyalarni joriy etish;

  • mahsulot yetishtirish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirishga e’tibor berish.

  1. ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va ekinlarni maqsadga muvofiq joylashtirish zarur;

  2. yetishtirilgan hosilni tashish va saqlash jarayonlarini samarali tashkil etish lozim;

  3. mahsulotlarni bozor talablari asosida sotishni amalga oshirish kerak.

O’simlikchilik mahsulotlari yetishtirishni ko’paytirishning ikkita – ekstensiv va intensiv usullari mavjud. Ekstensiv usulda mahsulot miqdori asosan ekinlar maydonini ko’paytirish hisobiga, intensiv usulda esa ekinlarning hosildorligini oshirish hisobiga ta’minlanadi. O’simlikchilik mahsulotlari miqdorini intensiv usul orqali ko’paytirish uchun tuproq unumdorligi oshishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, masalan, irrigatsiya-melioratsiya tizimini qurish, ta’mirlash, yerlarni tekislash, o’g’itlardan samarali foydalanish, almashlab ekishni joriy etish kerak.
Yetishtirilayotgan mahsulotlar samaradorligini yuksaltirish uchun esa ishlab chiqarish va boshqarish xarajatlari tejalishini ta’minlaydigan tadbirlarni oqilona amalga oshirish zarur. Buning uchun mehnatni tashkil etishning bozor iqtisodiyoti talablariga mos shakllarini tatbiq qilish, ishlab chiqarish, hosilni yig’ishtirib olish, saqlash jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, ishlab chiqarish vositalaridan to’liq va samarali foydalanish, zamonaviy texnika, ilg’or texnologiyalarni joriy etish, ishchi-xizmatchilarning moddiy va ma’naviy rag’batlantirilishini izchillik bilan amalga oshirish kerak.


Yüklə 53,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin