Joriy nazorat ishi



Yüklə 53,08 Kb.
səhifə6/14
tarix18.07.2023
ölçüsü53,08 Kb.
#136871
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Tarmoqlar iqtisodiyoti 1-joriy nazorat

2016

2017

2018

2019

G’o’za ekilgan maydon, ming ga

1265,1

1201,2

1108,2

1050,6

G’o’za hosildorligi, sentner/ga

23,4

23,8

20,7

25,6

Paxta xomashyosi yalpi hosili, ming tonna

2959,0

2853,9

2285,6

2691,7

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Mamlakatimizda 2019-yilda paxta ekin maydoni 1050,6 ming gektarni tashkil etgan bo’lib, 2018-yilga nisbatan 94,8 foizni tashkil etgan. 2019-
yil holatiga g’o’za ekilgan maydon mamlakatimiz jami ekin maydonining 31,7 foizini tashkil etgan. 2019-yilda 2691,7,0 ming tonna paxta xomashyosi yetishtirilgan bo’lib, 2016-yilga nisbatan 90,9 foizni tashkil etgan.
2019-yil holatiga paxta xomashyosi ishlab chiqarish bo’yicha Buxoro (320,6 ming tonna), Andijon (258,1 ming tonna), Xorazm (257,1 ming tonna) va Qashqadaryo (250,4 ming tonna) viloyatlari yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan bo’lsa, Samarqand (178,2 ming tonna), Surxondaryo (149,7 ming tonna) va Navoiy (89,2 ming tonna) viloyatlarida eng past ko’rsatkich qayd etilgan. G’o’za hosildorlik darajasi ko’rsatkichi bo’yicha Andijon (32,6 sentner/ga), Sirdaryo (30,2 sentner/ga) va Buxoro (30,0 sentner/ga) viloyatlari yuqori ko’rsatkichga ega bo’lgan bo’lsa, Jizzax (22,8 sentner/ga), Qoraqalpog’iston Respublikasi (21,7 sentner/ga), Surxondaryo (19,9 sentner/ga) va Qashqadaryo (18,3 sentner/ga) viloyatlarida eng past ko’rsatkich qayd etilgan.
2020-yil holatiga paxta ekin maydonlarining 908 ming gektari yoki 88 foizi klasterlar, qolgan 12 foizi esa kooperatsiyalarga birlashgan fermerlar hissasiga to’g’ri kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi
“Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish choratadbirlari to’g’risida”gi PQ-4633-sonli qaroriga muvofiq, 2020-yil hosilidan boshlab paxta xomashyosiga davlat buyurtmasi va xarid narxlarini belgilash amaliyotidan voz kechildi va paxta tolasi Respublika tovar-xomashyo birjasida erkin sotilishi belgilab qo’yildi. Amalga oshirilgan ushbu islohot paxta yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirishi hisobiga tarmoqni intensiv rivojlantirish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda paxta tolasini eksport qilishdan voz kechib, paxta tolasini toliq o’zimizda qayta ishlab, uni yuqori qo’shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlarga aylantirgan holda ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu orqali mamlakatimizda yangi ish o’rinlari yaratish, paxtachilikni serdaromad sohaga aylantirish, valyuta tushumlarini ko’paytirish maqsad qilib qo’yilgan.
Mustaqillikning ilk yillarida mamlakatimiz aholisining kartoshkaga bo’lgan ehtiyoji to’liq qondirilmas va shu sababli ehtiyojning ma’lum qismi chetdan sotib olingan kartoshka hisobidan qondirilar edi. Ushbu holatga barham berish va o’zimizda yetishtirilgan kartoshka bilan mamlakatimiz aholisi ehtiyojini to’liq qondirish borasida izchil islohotlar olib borildi. Jumladan, yurtimizda kartoshka seleksiyasi va urug’chiligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, mahalliy sharoitlarga mos, yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli navlar yaratildi. Gollandiyadan ham kartoshkaning yuqori hosilli navlari olib kelib ekildi va mahalliy sharoitlarga moslashtirildi. Buning natijasida yurtimizda kartoshka yetishtirish hajmi keskin oshdi.
Mamlakatimizda kartoshka ekin maydoni, hosildorligi va yalpi hosili to’g’risidagi ma’lumotlar 20.10-jadvalda keltirilgan.
20.10-jadval Mamlakatimizda kartoshka ishlab chiqarish to’g’risida ma’lumot



Yüklə 53,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin