Journal of Advanced Research and Stability Volume: 02 Issue: 11



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix20.10.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#158076
  1   2   3   4   5   6   7   8


Journal of Advanced Research and Stability
Volume: 02 Issue: 11 | Nov - 2022
ISSN: 2181-2608 
www.sciencebox.uz 
245 
SATIRA JANRINING PAYDO BO'LISHI VA RIVOJLANISHI TARIXI 
Soliyev Rahimjon Ibroximovich 
Farg„ona davlat universiteti Chet tillari kafedrasi o„qituvchisi 
Annotatsiya
: Maskur maqolada jahon adabiyotida, jumladan G„arbiy Evropa adabiyotida satira 
janrining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixi masalalari yoritilgan. Shuningdek, satiri 
janrining asoschilari,satira janriga xos xususiyatlar, satira asarlarida qo„llanilgan badiiy 
uslublariga oid ma‟lumotlar berilgan. 
Kalit sozlar:
satira, janr, anekdot, satirik she‟riy roman, metafora, sinekdoxa, metonimiya, 
parafraza, oksimoron, maqol, metal. 
Kirish 
Ta'rif. 
Satirik janr deganda jamiyat hayotining har qanday hodisalari keskin qoralangan va 
masxara qilingan asarlar tushuniladi. Voqelikni badiiy aks ettirishning oʻziga xos usuli boʻlib, 
unda jamiyatdagi bemaʼni, asossiz, notoʻgʻri hodisalar, illatlar fosh qilinadi. Voqealarning real 
koʻrinishini oʻzgartirib, oshirib, boʻrttirib, mubolagʻa qilish, keskinlashtirish va shartlilikning 
boshqa koʻpgina turlari yordamida yaratilgan obraz orqali Satira obʼyektiga "ishlov" beriladi. 
Satira muallifi komiklikning boshqa turlaridan (yumor, hikoya va boshqalar) ham foydalanishi 
mumkin, biroq satira uchun salbiy tus berib, keskin ifodalangan estetik obyekt xarakterli 
hisoblanadi. 
Asosiy qism 
Satira janrining yaratilishi va tarixi. 
Satira janri Rim adabiyotida vujudga kelgan. Goratsiy, 
Yuvenal, Persiy va Lutsiliy asarlari namunali hisoblanadi. Rim notig„i Kvintilian birinchi bo„lib 
satirani adabiy janr sifatida tavsiflagan. 
Oʻrta asrlarda satira xalq ogʻzaki ijodi va xalq “hajviy madaniyati”ga tayanadi. Anekdot, 
satirik she‟riy roman, hayvonlar haqidagi satirik dostonlar va farslar mashhur. Satira tarixida 
italyan xalqining "maskalar komediyasi" katta ahamiyatga ega bo'lgan.
Uygʻonish davridagi satira oʻrta asrlar hayotining oʻrnatilgan shakllarini qayta koʻrib chiqishga 
qaratilgan (J.Bokachcho, S.Brant, E Rotterdamlik va boshqalar). Shunday qilib, fransuz 
yozuvchisi F.Rable “Gargantua va Pantagruel” romaniga grotesk, giperbolik kulgi obrazlarini 
kiritadi. Bu bilan yozuvchi rasmiy o„rta asr mafkurasining jiddiyligiga putur yetkazadi. Mashhur 
“Don Kixot” romani muallifi M. de Servantes ikki davr chegarasida dunyoning universal hajviy 
panoramasini qayta yaratadi. 
17-asr asarlarda kulgi darajasi pasaydi, shuning uchun satirik janr biroz mavqeyini yuqota 
boshladi. Biroq, fransuz komediografi J.-B.Molyerning satirasi gullab-yashnaydi, yangi turdagi 
personajlar paydo bo'ladi ("Xasis, Tartuf, Jurden). Bu davrdagi satirik shoirlar qadimiy 
andozalarga amal qiladilar (N.Bualo, J. Lafonten ertaklari). 
Ma‟rifatparvarlik davrida satira D.Defo, T.J.Smolettaning makkorlikka oid romanlari va 
P.Bomarshe komediyalarida o„z aksini topgan. Vaqt o'tishi bilan satirik parodiya va satirik 
roman rivojlanadi (D. Didro, Volter, G. Filding, L. Stern). Bu davrdagi badiiy asarlarda tub 
oʻzgarishlarni talab qiluvchi nomukammal dunyo tasvirlangan (masalan, J. Sviftning “Gulliver 



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin