Journal of integrated education and research



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix15.07.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136623
1   2   3   4   5
11 TALABALARNING BADIIY VA IJODIY KOMPETENSIYALARINI

IYUN
2023
ISSN: 2181-3558
 

INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
Tadqiqotimizni asoslashda eski va zamonaviy manbalarga tayandik. Biz 
mavzuni tushuntirishda qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan ilmiy farazlarga e’tibor 
qaratdik. Biz tadqiqotimizni yoritishda O’zbekistonlik olimlardan B.B.Baymetov, 
S.S.Bulatov, N.X.Tolipov, R.X.Hasanov, S. Abdirasilovlarning talabalarning
mustaqil badiiy va ijodiy faoliyatini tashkil etish, bo'lajak rassom-pedagog 
shaxsining ijodiy salohiyatini shakllantirishning samarali yo'llari va talabalarning 
badiiy – ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalariga doir fikr-
mulohazalariga tayandik.
Tahlil va natijalar. Biz “Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi” bakalavriat 
yo’nalishi talabalarini umumtaʼlim maktablarida tasviriy sanʼatni oʻqitishni tashkil 
etish usullarini chuqur oʻzlashtirishi, balki realistik rasm chizish, zamonaviy san'at 
masalalariga yaxshi yo'naltirilgan bo'lishi, shuningdek, nazariy bilimlarni, 
rangtasvirning turli turlari va janrlari bo'yicha kasbiy atamalarni o'zlashtirish, 
bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, dunyoqarashini shakllantirishga 
tayyor bo'lish kerak degan fikrga keldik.
Biz tadqiqot ustida ishlash jarayonida talabalarga mavzu jihatidan rang-
barang, kompozitsiyasi va rang-barangligi bilan qiziqarli, yuksak estetik talablarga 
javob beradigan, o‘quvchilarning badiiy didi va ijodiy faolligini rivojlantirishga 
xizmat qiladigan o‘quv-ijodiy vazifalarga muhim o‘rin ajratdik.
I-II kurslarda rangtasvirni o'rganishning asosiy turi uzoq muddatli ko'p soatlik 
o’quv natyurmortini ishlashdir. Shu bilan birga bu vazifa atrof-muhitni va uni 
tasvirlash usullarini o'rganish, akvarel, guash va moyli bo'yoq texnikasini 
o'zlashtirish bilan bog'liq bo'lgan vazifalarning butun majmuasini hal qiladi, bu 
o’quv dasturining majburiy talabidir. Demak bo'lajak rassom-o'qituvchi tabiatni tez 
va ishonchli tasvirlash usullarini egallashi kerak. 
Talabaning mustaqil ishi jarayonida qisqa muddatli eskizlar chizish, nafaqat 
asosiy rang munosabatlarini tezda tushunishga, balki kompozitsion va rangli 
yechimlarda kreativ yondoshib g'ayrioddiy asarlar yaratishga imkon beradi.
Mustaqil nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ana shu talablar bajarilsagina 
bilim va ko‘nikmalar mustahkamlanib, ijodiy faoliyatning mustahkam asosiga 
aylanadi. Har bir talabaning mustaqil faoliyati semestr yakunida oraliq va yakuniy 
nazoratda inobatga olinadi va baholanadi va ayniqsa, ortda qolayotganlar uchun 
qo‘shimcha motiv hisoblanadi. 
Badiiy ta’limdagi mustaqil ishning asosiy vazifalaridan biri bo'lajak rassom-
o'qituvchining o’zidagi barcha zarur bilim, ko'nikma va malakalarini bolalarga 
o’rgatishga tayyorligini shakllantirish, ularning atrofdagi voqelikni ijodiy idrok 
etish qobiliyatini rivojlantirishga yordam berishdan iboratdir. Faqat ijodkor 
o'qituvchigina bolalarni tasviriy faoliyatda ijodiy bo'lishga o'rgatishi mumkin. 
Demak, dasturda ta’lim muammolarining nostandart rang-barangligi va 
kompozitsion yechimi birinchi kursdan bo’lajak rassom-pedagoglarni kamol 
toptirish va shakllantirishning asosiy shartidir. 
Bugungi kunda oliy o’quv yurtlarida rangtasvir mashg’ulotlarini o’rgatishda 
ko’p hollarda talabalarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirmaydigan, ularda 



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin