RESURSLAR YETISHMAYDIGAN HUDUDNING INVESTITSION JOZIBADORLIGINI SHAKLLANTIRISHNING USLUBIY ASOSLARI
Sa`dullayev Bobur O`ral og`li
O`zbekiston Milliy universiteti
Jizzax filiali talabasi
Email: bsadulllayev65@gmail.com
Tel: +998 99 553 78 57
ANNOTATSIYA: Maqolada resurslar yetishmaydigan hududning investitsion jozibadorligini shakllantirishning uslubiy asoslari va investitsion jozibadorlikni baholash ko‘rsatkichlari mazmuni ilmiy tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar: resurslar tanqis hudud, investitsion jozibadorlik, uslubiy asos, hududning investitsion jozibadorligini baholash ko‘rsatkichlari, investitsion jozibadorlikni shakllantirish va rivojlantirish.
АННОТАЦИЯ: В статье проведен научный анализ методической базы формирования инвестиционной привлекательности малоресурсных территорий и содержания показателей оценки инвестиционной привлекательности.
Ключевые слова: ресурсно-дефицитная территория, инвестиционная привлекательность, методическая база, показатели оценки инвестиционной привлекательности региона, формирование и развитие инвестиционной привлекательности.
ABSTRACT: The article provides a scientific analysis of the methodological base for the formation of investment attractiveness of low-resource territories and the content of indicators for assessing investment attractiveness.
Keywords: resource-deficient territory, investment attractiveness, methodological base, indicators for assessing the investment attractiveness of the region, the formation and development of investment attractiveness.
Kirish. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etishi, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishi, aholi daromadlarining oshishi, turmush sharoitining yaxshilanishi aksariyat holatlarda milliy iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlariga jalb etilayotgan investitsiya mablag‘larining hajmi va tarkibiga bog‘liq. Shunday ekan, har bir mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining ustuvor yo‘nalishi milliy iqtisodiyotga investitsiya mablag‘larini jalb etishning jozibador muhitini shakllantirishga qaratilishi muqarrardir.
Yaqin kelajakda mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini rivojlangan davlatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasiga yetkazib olishni maqsad qilgan O‘zbekistonda respublikaning investitsion jozibadorligini tadqiq etish, investitsiya mablag‘larining ichki kapital resurslar hamda xorijiy investitsiya va kreditlar hisobiga ko‘payishiga erishish yo‘nalishlarini asoslab berish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari, davlatimiz iqtisodiyot, siyosat, madaniyat sohasida modernizatsiya qilishga va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga intilmoqda. Davlatimizni barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish maqsadida, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasini ishlab chiqildi. Ushbu Harakatlar Strategiyasining 5.2. bandida “Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar: davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ekti sifatida o‘rni va rolini kuchaytirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekiston tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik mintaqasini vujudga keltirish; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, jahon hamjamiyatiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida xolis axborotni yetkazish” zarurligi qayd etilgan. Mazkur Strategiyaning dolzarbligi belgilab berilgan vazifalarning amalga oshirishi hamda davlat investitsion jozibadorligini oshirish orqali iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bog‘liq ko‘pgina masalalarning yechimini topishda muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |