Journal of marketing, business and management(jmbm)/sjif factor: 57



Yüklə 63,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix14.12.2023
ölçüsü63,18 Kb.
#179246
1   2   3   4   5
maishiy-xizmatlar-tarkibiga-kiruvchi-faoliyat-turlari-va-ularni-rivojlantirish

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili 
Xorijiy va mahalliy olimlarimiz tomonidan bugungi kunda maishiy xizmatlarni 
tashkil etish, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari bo’yicha bir qator izlanishlar olib 
borilgan. B.C.Maksyutov maishiy xizmatlar ko’rsatish jarayoni yaratilgan 
qiymatlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish o’rtasidagi bog’liqlikni aks ettirgan 
holda, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan alohida ajralib turishini o’z 
tadqiqotlarida ta’kidlab o’tgan [5]. Bundan tashqarish Maksyutov B.C. o’z 
tadqiqotlarida maishiy xizmat ko’rsatish sohasidagi iqtisodiy resurslardan samarali 
foydalanish, sohada ijtimoiyiqtisodiy samaradorlikni oshirish, iste’molchilarning 
talablariga muvofiq ularga ko’rsatilayotgan maishiy xizmatlar sifatini oshirish, 
mehnat samaradorligiga erishish yo’nalishlarini tadqiq etgan [5]. 
Zvorikina T.I., Platonova N.A. tadqiqot ishida iqtisodiyotni modernizasiyalash 
jarayonida maishiy xizmat ko’rsatish sohasining xizmat ko’rsatish tizimidagi o’rni va 
iqtisodiyotning rivojlanishdagi roli, maishiy xizmat ko’rsatish sohasida mehnatning 
xarakteri va uning samaradorligini baholashning nazariy masalalari, sohada mehnatni 
tashkil qilishga ilmiy yondashuv, xizmat bahosini va qo’l mehnatini kamaytirish 
masalalari, maishiy xizmat ko’rsatish korxonalarida mehnatni tashkil qilishni 
takomillashtirishning asosiy konseptual yo’nalishlari yoritib berilgan [4]. 
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot jarayonida maishiy xizmatlarning o’ziga xos xususiyatlarini 
o’rganishda dialektik va tizimli yondashuv, monografik kuzatuv, maishiy xizmatlarni 
boshqa xizmatlardan farqli jihatlari bo’yicha qiyosiy tahlil, ayrim maishiy xizmatlar 
tarkibiga kiruvchi faoliyat turlarini o’rganish hamda tahlil qilishda statistik va 
dinamik yondashuv hamda guruhlash usullaridan foydalanildi.
 
Tahlil va natijalar 
Xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish O’zbekiston iqtisodiyotining ustuvor 
yo’nalishlaridan biri bo’lib, aholini o’zini o’zi band qilish, mahallalarda 
tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag’allikni qisqartirishning asosiy yo’nalishlari 
sifatida qaralmoqda. Davlat tomonidan xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirishni 
qo’llab-quvvatlanishi va rag’batlantirilishi hisobidan ijobiy natijalarga erishilmoqda. 


JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 11 (February) ISSN: 2181-3000 
Page 70 
Demak, iqtisodiyotning ushbu sohasi iqtisodiy o’sish, aholi bandligi va daromadlarini 
ta’minlash, ichki iste’mol bozoridagi talab va taklifni muvozanatlash va hayot sifatini 
yaxshilashning muhim omillaridan biri bo’lishi bilan birga, kambag’allikni 
qisqartirish, aholining o’zini o’zi band qilishni rivojlantirishning muhim vositasi 
bo’lmoqda.
Aholining kundalik hayoti bilan bevosita bog’liq bo’lgan xizmatlardan biri 
maishiy xizmatlar hisoblanadi. O’zbekiston milliy ensiklopediyasining izohli 
lug’atiga ko’ra “maishiy xizmat – bu aholiga noishlab chiqarish va ishlab chiqarish 
xizmati ko’rsatish sohasining bir qismi bo’lib, kishilarning kasbiy va ijtimoiy-siyosiy 
faoliyatiga bog’liq bo’lmagan moddiy hamda ma’naviy ehtiyojlarini bevosita 
qondirish bo’yicha amalga oshiriladigan ijtimoiy-tashkiliy usullar va shakllar” deb 
tavsiflangan.
Maishiy xizmatlar ko’rsatish sohasi – mamlakat milliy iqtisodiyoti 
tuzilmasidagi ko’p funksiyali soha bo’lib, jismoniy va yuridik shaxslarning alohida 
ijtimoiy-madaniy va moddiy ehtiyojlarini qondirish asosida bo’sh vaqtidan oqilona 
foydalanishini tashkil etishga qaratilgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 
xarakteridagi maishiy xizmatlarning yaratilish va ko’rsatilishini amalga oshiruvchi 
xo’jalik yurituvchi subyektlaridir. 
Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish ko’p funksiyali soha bo’lib, qulay yashash 
sharoitlarini yaratadi, fuqarolarning o’z-o’zini tarbiyalashi, dam olish va madaniy 
ehtiyojlarini qondirish uchun vaqtini tejashga ham yordam beradi. Soha rivoji aholi 
farovonligini yuksaltirish, hayot sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Shu boisdan 
ham, aholiga maishiy xizmatlar butun mintaqa, ayniqsa mahalliy moliya va ijtimoiy 
sohaning juda istiqbolli yo’nalishidir. 
Xorijiy manbalarga ko’ra, maishiy xizmatlarning 63 foizi bolalarni parvarish 
qilish, qaram yoki nogironlarga qarash, ijtimoiy-tibbiy xizmatlar va 37 foiz ovqat 
tayyorlash, bog’dorchilik, ko’kalamlashtirish, obodonlashtirish, uylarni ta’mirlash 
bilan bog’liq xizmatlar kirishi ta’kidlab o’tiladi
1

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar samarasi ularoq 
o’zini o’zi band qilish, o’zini o’zi band qiladigan faoliyat turlari tasdiqlandi. Aynan 
maishiy xizmatlar o’zini o’zi band qiladigan muhim yo’nalishdagi faoliyat turlari 
hisoblanadi. Ayrim maishiy xizmatlar tarkibiga kiruvchi faoliyat turlarini ko’rib 
chiqamiz (1-jadval).

Yüklə 63,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin