JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS http://www.newjournal.org/
Volume–31_Issue-2_Iyun_2023 120 “Keys-stadi” - inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, («case» – aniq vaziyat, hodisa,
«study» – o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida
o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi.
Keys stadi metodining mohiyati shundan iboratki, unda ishtirokchilarga haqiqiy
hayotiy vaziyat bo‘yicha fikr yuritish taklif qilinib, bu vaziyat bayonida nafaqat
amaliy masala ifodalanib qolmasdan, undagi muammoni yechish jarayonida
o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan o‘quv materiali ham ifodalanadi. Vaziyatning bunday
usulidagi tahlili, talabaning bo‘lajak kasbiy faoliyati tajribasini oldindan egallashga
ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi, o‘qishga nisbatan qiziqish va motivlarning vujudga
kelishiga asos bo‘lib hisoblanadi.
Bugungi kunda ommalashib borayotgan “Keys-stadi” metodining keys
topshiriqlarini tuzishning matematika fanidagi turlariga to‘xtalamiz. Ular
quyidagilarga bo‘linadi:
1) Amaliy keyslar;
2) O‘rgatuvchi keyslar;
3) Ilmiy tadqiqot keyslari.
Mavzu: Tekislikda to‘g‘ri chiziqlarning turli tenglamalari.
Keysning asosiy maqsadi: “Analitik geometriya” fanini о‘qitishning
nazariy va amaliy masalalarini “
Tekislikda to‘g‘ri chiziqlarning turli tenglamalari ” mavzusi misolida elektron о‘quv moduli ishlanmasini shakllantirish
hamda о‘qitishni takomillashtirish bо‘yicha xulosalar va tasiyalar ishlab chiqishdan
iborat.
О‘quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:
Talabalarda Tekislikda to‘g‘ri chiziqlarning turli tenglamalari haqida bilimlar
hosil qilish.
Talabalarda Tekislikda to‘g‘ri chiziqlarning turli tenglamalariga doir
masalalarni yechish bo‘yicha amaliy ko‘nikma hosil qilish.
Axborot kommunikatsion texnologiyalari yordamida о‘quv mashg‘ulotlarini
tashkil etish.