Journal of new century innovations


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 340,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix25.12.2023
ölçüsü340,99 Kb.
#195779
1   2   3   4   5
20-25

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–20_Issue-4_January_2023 
22 
yoki kompyuter dasturlash kabi boshqa fanlarga qaraganda, fizikani kollejdan keyin 
(mustaqil yoki ish joyida) o'rganish ancha qiyin.Bugungi kun fizika o'qituvchisi oldida 
turgan dolzarb muammolardan biri ta'limning zamonaviy texnologiyalarini loyihalash 
va uni o'qitish amaliyotida qo'llashdir. Fizika o'qituvchisi o'quvchilarga fizika fanidan 
zaruriy bilimlarni beribgina qolmay, ularda fanga nisbatan qiziqish uyg'ota olishlari 
kerakki, natijada bu sohada yaxshi mutaxassis, yetuk kadrlar yetishib chiqishiga 
erishilsin. O'qituvchi o'tgan har bir dars boshqa darsdan farq qilishi, bugungi o'tiladigan 
dars kechagisiga nisbatan mukammal bo'lishi kerak. Darsni yangi pedagogik 
texnologiyalar: 
— axborot vositalaridan foydalanib; 
— ko'rgazmali qurollari yordamida; 
— interfaol metodlarni qo'llash orqali; 
va h.k.lardan foydalanib tashkil etsak, bu dars o'quvchi ongiga yaxshi yetib boradi va 
xotirasidan joy oladi. O'quvchining ilmiy dunyoqarashi kengayib, bilim darajasi ortadi. 
An'anaviy ta'limdan farqli zamonaviy ta'limni tashkil etishdan maqsad ortiqcha ruhiy 
va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa 
vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni o'quvchilarga yetkazib berish, ularda ma'lum 
faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek o'quvchilar 
faoliyati, bilimini nazorat qilish, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash 
fizika fani o'qituvchisidan katta pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga yangicha 
yondashishni talab etadi. Hozirgi kunda dunyoning ko'plab rivojlangan mamlakatlarida 
o'quvchilarning ilmiy faoliyatini, ijodkorligini oshiruvchi va shu bilan bir qatorda 
ta'lim-tarbiya 
jarayoninig 
samaradorligini 
kafolatlovchi 
yangi 
pedagogik 
texnologiyalarni qo'llash borasida katta tajriba to'plangan. Shu tajriba asosini tashkil 
qiluvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilib, bu metodlarni dars jarayoniga 
qo'llay bilish bugungi zamon fizika o'qituvchisi zimmasiga yuklatilgan yuksak 
vazifadir. Pedagogik texnologiyaning muvaffaqiyatli loyihalanishi va yakuniy 
natija(samara)ning kafolatlanishi o'qituvchining didaktik masalalar mohiyatini anglab 
yetish darajasi va darsda ularni to'g'ri baholay olishiga bog'liqdir.[3] Har bir o'tiladigan 
darsda ta'limning aniq maqsadining belgilanishi o'qitish texnologiyasini loyihalashda 
muhim shartlardan biri sanaladi. Bunda fan mavzulari bo'yicha o'qitishning 
tashxislanuvchi maqsadi aniqlanadi.Fizika fan sifatida o'tilgan vaqtdan boshlab 
fanning ma'lumotlar bazasi ko'payib katta hajmni tashkil etmoqda va u yuqori tezlikda 
yil sayin boyib boryapti. Shu sababdan fizikani o'tish jarayonida faqat zaruriy 
axborotlarnigina tanlab olish va o'quvchining o'zlashtirish qobiliyatlariga mos holda 
ma'lumotlar hajmini miqdoriy o'lchamga keltirish zarur. Ta'lim tizimida multimediali 
elektron o'quv adabiyotlar, ma'ruzalar virtual laboratoriya ishlari, har hil animatsion 
dasturlar slaydlar yaratishda kerak bo'ladigan maxsus dasturlar hisoblanadi. Ta'lim 
tizimida yuqorida keltirilgan dasturlarda tayyor modellar mavjud bo'lib bunda 



Yüklə 340,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin