JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–20_Issue-4_January_2023
24
o’rganishlari uchun poydevor bo’ladi. Impulsning saqlanish qonunini tushunib
olishlari uchun o’quvchilarning o’zlari quyidagi savollarga
kuzatishlari yoki
tasavvuriga tayanib javob topishlari kerak bo’ladi:
- kuch impulsi I=F*t, kuchning ta’sir vaqtiga bog’liq bo’lgan kattalikdir. To’satdan
qo’limizga igna kirib ketdi, bu hodisa bir onda sodir bo’ldi, ammo shu holat sekin sodir
bo’lganda nima bo’lar edi? Bizga bergan bu kuchning turtkisi katta bo’lar edi.
- qiyalikdan bir qop paxta sirpanib tusmoqda, Siz uni bemalol ushlab qola olasiz, ammo
shuncha qum yoki un tezlik bilan sirpanib tushsachi? Sababini tushuntiring kabi
savollar berilishi lozim. Natija esa p= mv formulaga olib keladi.
- suv havzasida qayiqda suzayotganingizda oldinga qarab birorta toshni otdingiz bunda
qayiq qaysi yo’nalishda qanday
tezlik bilan harakatlanadi; ikki aravacha bir-biriga
qarab
kelmoqda, to’qnashuvdan so’ng ular qaysi yo’nalishda qanday tezlikda
harakatlanadi, yoki aravacha kelib tinch turgan aravacha bilan to’qnashdi,
natija
qanday bo’ladi? kabi savollarga o’quvchilarning javob topishi jarayonida ular
aravachalarning massalari va tezliklariga bog’liq bo’lgan vaziyatlarga duch keladilar.
Natijada ular bu hodisalarni to’g’ri
talqin qilishga, formulalarini keltirib chiqara
olishga muvaffaq bo’ladilar.[3]
Xulosa:
O’quvchilarni mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
hozirgi texnika-
texnologiyalar va axborotlar asrida dolzarb muammmolardan biri bo’lib qolmoqda.
Fizik hodisalarni tushunish, ularni tasavvur olamini, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish
uchun har bir darsda mavzuga mos jumboqlar tayyorlanib kelinishi va o’quvchilar
bilan birgalikda muhokama qilinishi ularni to’g’ri fikr yurita olishiga yordam beradi.
Masalan:
- Nima uchun daryoda kichkina qum zarrasi cho’kib ketadi-yu,
katta-katta kemalar,
sollar cho’kmaydi?
- Muzdan olov hosil qilish mumkinmi?
- Nima uchun yo’l belgilari asosan qizil rangda bo’ladi?
- Krandan oqib chiqayotgan suvga e’tibor bersangiz, yuqorigi qismi qalinroq, pastki
qismi ingichkalashib borgan. Nima sababdan?
- Suvning tubi tez oqadimi yoki ustki qismi? [ 1 ]
- Nima uchun baland toqqa chiqqanimizda sog’ligimiz yomonlashadi?
Bugungi kunda ta'lim modernizatsiya jarayonlarini boshdan kechirmoqda. Ta'lim
sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan biri bu "ommaviy foydalanish
imkoniyati, ta'lim tizimining ta'lim tizimiga moslashuvchanlik, talabalarni tarbiyalash
va o'qitish xususiyatlari." Xulosa
qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida keltirilgan
dasturlardan ma'ruza jarayonida qo'llash natijasida qisqa vaqt ichida
kerakli axborotni
tinglovchi va o'quvchilarga ko'rgazmali o'tkazish imkoniyati bor. Bu esa o'quv
samaradorligini oshirishning muhim omili bo'lib xizmat qiladi.